VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

02 Yanvar 2009 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak


02/01/2009

Markaziy Osiyo, photo by Michael Filder
Energetika sohasi egalari nazarida yaqin kelajakda tabiiy boyliklar, xususan suv uchun kurash yanada avj oladi.

Bugun Vashingtondek siyosat o’chog’ida shu bashorat tez-tez quloqqa chalinadi.

Markaziy Osiyoda suv taqsimoti azaldan nozik masala bo’lib kelgan. Mamlakatlar orasida shu paytgacha ob-hayotdan unumli foydalanishga zamin yaratuvchi birorta kelishuv yo’q.

O’zbekiston Markaziy Osiyodagi suv zaxiralarining 50 foizini iste’mol qiladi. Vaholanki, deydi soha egalar, mamlakatdagi suv manbalarining 85 foizi tashqarida hosil bo’ladi.

Sirdaryo va Amudaryoning boshi aslida qisman Tojikiston va Qirg’izistonda. Bugunga kelib har ikki daryoda suv sathi pasayib ketgan.

Mintaqa aholisining 65 foizi kam ta’minlangan va zamonaviy qulayliklar yetib bormagan qishloq joylarda yashab, dehqonchilik bilan kun ko’radi. Suv tanqisligi esa turmushni yanada qiyinlashtirgan.

[insert caption here]
Dehqon hali Markaziy Osiyoning hech bir qismida yerning asl egasi emas. “Amerika Ovozi” bilan muloqot qilgan fermerlarning aytishicha ijaraga olingan yer 80 gektardan kam bo'lsa, u dehqondan tortib olinib, katta xo’jaliklarga qo’shib yuborilyapti.

Dehqonlar manfaati uchun kurashayotgan juda kam sonli mutaxassislarning aytishicha, shirin-shakar ho’l mevasi va mazali, barra sabzavotlari bilan faxrlanadigan yurtda uni ekkan odamlar xor.

Suv qahat bo’lgani sari esa dehqonning ahvoli yanada og’irlashadi. Mahsulot ta’minoti pasayib, narx-navo yanada ko’tariladi. Oziq-ovqat manbalari uchun kurash ajv oladi.

Bu nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun jahon bo’ylab kuzatilayotgan holat, deydi iqtisod va siyosat bobida izlanuvchi olim Yoxannes Linn.

“Tabiiy resurslarga boy davlatlar odatda ulardan unumli foydalana olmasligiga xalqaro miqyosda ko’p guvoh bo’lamiz. Suv manbalaridan tortib, neft-u tabiiy gazgacha. Chunki siyosiy tuzum boylikning samara berishiga yo’l qo’ymaydi va bunga moslashmagan ham",- deydi Vashingtonda asoslangan Brukings (Brookings Institution) ilmiy instituti xodimi.

Johannes Linn
"Resurslardan qanday foydalanishni biladigan davlatlar ana shu yosh jamiyatlarga yo’l ko’rsatishi, ularga ichki tizimlarni rivojlantirish uchun yordam berishi kerak. O’z mahsulotlari uchun ishonchli xaridorlar topish, oshkoralik va mas’uliyat haqida maslahat berishi lozim”.

Suv noto’g’ri ishlatilgani uchun ham bugun mintaqa qurg’oqchilik xavfi bilan yuzlashmoqda, deydi Yoxannes Linn.

"Suv inshootlari boshqaruvi va irrigatsiya tizimlarini isloh qilish kerak. Hozirda mavjud suvning katta qismi isrof qilinadi. Qadim suv yo’llari siyosiy chegara tanlamaydi. Hukumatlar ham kelishmovchiliklarga yechim topishi, bir mintaqa sifatida ob-hayotni ayab, to’g’ri taqsimlab ishlatishga zamin yaratishi shart".

Aks holda, deydi taraqqiyot masalalari bo'yicha mutaxassis, yaqin yillarda Markaziy Osiyo mushkul vaziyatda qoladi. 

dehqon
"Dolzarbligi jihatdan suv muammosi birinchi o’ringa chiqishi kerak”, - deydi Yoxannes Linn.

Rivojlanayotgan davlatlarga xos kasallik shuki, deydi tadqiqotchilar, hukumat hamma yoqni egallab olishga intiladi.

Taraqqiyot esa erkinlik talab qiladi. Xususiy bizneslar rivoji uchun tadbirkorlikni targ’ib qilish kerak. Bu esa o’z navbatida innovatsiya, yangicha ish uslubi, yangicha texnologiya va yangicha, xilma-xil qarashlarga yo’l ochadi.

Amerikada Barak Obama prezidentlikka kelar ekan, mutaxassislar unga Markaziy Osiyo bilan ko’p yo’nalishli aloqalarni yo’lga qo’yishni maslahat bermoqda.

Markaziy Osiyo ittifoqining vujudga kelishi, mintaqa<br />rahbarlarning shaxsiy ambitsiyalariga qarab qolmoqda
AQSh mintaqaga faqat harbiy yoki faqat moliyaviy sarmoya nuqtai-nazaridan qarasa, katta xato bo’ladi, deydi ular.

Maqsad Markaziy Osiyoni siyosiy va iqtisodiy barqaror hudud sifatida ko’rish bo’lsa, unga har sohada yordamni oshirish kerak, deydi Yoxannes Linn.

“G’arbu-sharqda tez-tez tilga olinadigan “buyuk o’yin”, go’yoki tabiiy boyliklar ustidan keskin raqobat ketayotgani haqidagi gaplar, mening fikrimcha, kuchli asosga ega emas. Sarmoya kiritaman degan tomon uchun, masalan, Rossiya, Xitoy, Amerika yoki Yevropa Ittifoqi bo’lsin, Markaziy Osiyoda imkoniyatlar to’lib-toshib yotibdi", - deydi Linn.

"Markaziy Osiyo energetik jihatdan boy, ammo butun jahon miqyosida olib qarasak, u qadar yirik ulushga ega emas. Muhimi shuki, resurslar o’z aholisining farovon hayot kechirishi uchun yetadi. Buni ta’minlash esa bu xalq va ularni boshqarayotgan rahbarlar iznida”.


Listen to This Report Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Markaziy Osiyo davlatlari suv va energiyani baham ko'rishga rozi
O'zbekistonning yuzini shuvut qilgan milliy boylik
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
Energiyaga ehtiyoj Yevropani Markaziy Osiyoga yaqinlashtirmoqda
Suv taqchilligi muammosi yaqin 10 yilda tabiiy ofat tusini oladi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
G'allakorlar: dehqonchilik bugun to'qchilik emas, azob
O'zbekiston qishloq xo'jaligi sovet o'tmishida muzlab qolgan
Suv taqchilligi O'zbekistonda hosildorlikni pasaytirishi mumkin
Suv tanqis O'zbekistonda tuproq ham yaroqsiz holga kelmoqda
Orol qo'ldan boy berildimi? Qozog'iston bunday fikrda emas
Markaziy Osiyoda suv uchun kurash ketmoqda
O'zbekiston xorij doniga zor ekan, tirikchilik yanada qimmatlashadi
O'zbekistonda maosh va narx-navo birga oshadi
Markaziy Osiyo suv zaxiralari tejalsa, hammaga yetadi
O'zbekiston - silning og'ir turi tez tarqalayotgan mamlakatlardan
O'zbekiston hali ham Orolni asrab qolish yo'llarini izlamoqda
O'zbekiston paxtasi ustidan xalqaro bahslar davom etmoqda
O'zbekiston-Tojikiston munosabatlari hamon chigal va tang  
O'zbekiston taraqqiyoti mintaqaviy integratsiya bilan bog'liq
O'zbekiston-Tojikiston chegarasi hamon xavfli zona
Amerikalik olim: O'zbekiston iqtisodiyoti o'smoqda, lekin muammo ko'p
Sharhlovchilar: O'zbekiston integratsion jarayonlardan chetda qolyapti
O'zbekiston-Tojikiston aloqalari tarangligicha qolmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy ittifoq uchun tayyormi?
Qirg'iziston ob-hayotni qo'shnilar bilan baham ko'rmasligi mumkin
Markaziy Osiyoda irrigatsiya tizimi eskirgan, dehqon mashaqqatda
Mutaxassislar nazarida O'zbekistonni katta ekologik fojea kutmoqda
Orolga hayot qaytmoqda, Qozog'iston tomonda
O'zbekistonda sholi ekish cheklanmoqda
Amudaryo va Sirdaryo suvini tejash usullari izlanmoqda
AQSh O'zbekistonga strategik hamkorlik shartlarini eslatmoqda
Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik yetishmaydi
 
  Bosh mavzu