Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Markaziy Osiyoda suv uchun kurash ketmoqda


21/04/2008

Suv taqchilligi Markaziy Osiyoda katta muammoga aylanib bormoqda. Asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan mintaqada obi-hayot ham ichki, ham tashqi siyosatni belgilovchi muhim omil.

Qirg’izistonlik jurnalist Egamberdi Qobulov suv masalasida mintaqada xatarli vaziyat mavjudligini inkor qilmas ekan, qo’shni davlatlar rahbarlari bu masalada kelishib olishi zarur deb biladi. Unga ko’ra Qirg’iziston va O’zbekiston o’rtasidagi suv va gaz bahslari cheksiz davom etmoqda.

“Qirg’iziston va Tojikiston suv yetkazib berar ekan, boshqa turdagi energiya zaxiralariga ega Qozog’iston va O’zbekiston o’zaro kelishib olishi kerak,” deydi E. Qobulov.

Dushanbelik taniqli jurnalist Hulkar Yusupov Tojikistonda qurilishi loyihalashtirilayotgan GESlar qo’shni mamlakatlarga suvni kamaytirib qo’yishi mumkin degan xulosani safsata deb hisoblaydi.

“Men O’zbekistonning xitoyliklar tomonidan Tojikistonda bir qator kichik GESlar qurishiga qarshi ekanini bilaman. Nizolarning yechimi davlatlarimiz rahbarlarining donoligi, sabr-toqati va aqlu-idrokiga bog’liq. Bu masalada ko’p siyosatshunoslarga xos ambitsiyalar bo’y ko’rsatmoqda. Bu salbiy hol. Bir-birining harakatidan zarar izlash amaliyoti qo’llanmoqda,” deydi  dushanbelik tahlilchi H. Yusupov.

Moskvalik tahlilchi Aleksandr Sobyaninning aytishicha, XXI asrda Markaziy Osiyoda chegara muammolari emas, balki suv taqchilligi O’zbekiston va Tojikiston, Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasidagi katta ziddiyatlarga olib keladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor