Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Suv taqchilligi O'zbekistonda hosildorlikni pasaytirishi mumkin


27/05/2008

Amudaryo
Amudaryo
Markaziy Osiyoda suv taqchilligi kelasi yillarda qator yangi muammolar tug’dirishi va bugun yechimini kutayotgan masalalarni yanada murakkablashtirishi tayin.

O`zbekistonda ekinlarni, jumladan g`alla va g'o'zani sug`orish mavsumi boshlangan. Dehqonlar qurg'oqchilik hosildorlikni kamaytirishi mumkin deydi. 

Jamoatchi faollarning aytishicha suv yetishmovchiligi Farg'ona vodiysida qator noroziliklarga sabab bo`lgan. 

Muxolifatdagi “Birlik” partiyasi rais o`rinbosari Po`lat Oxun nazarida suv talashish salbiy oqibatlarga yetaklaydi.

“Andijon viloyatidagi fermer xo`jaliklaridan ham kechki payt suvni dalasiga ochib, suv yetib borguncha uni boshqa fermer ochib ketayotgani va bu orqali turli janjallar chiqayotgani muammoga aylanib bormoqda. Suvsizlik sabab g`o`za yaxshi emas deyishayapti. Demak, hosildorlik xavf ostida. Qoradaryo va Norin daryosida suv juda kam. Hali endi may oyi. Sug`orish mavsumi endi boshlanayapti. Yozga borib qishloq xo'jaligida juda katta inqiroz kuzatilishi mumkin”,-  deydi Po`lat Oxun.

dehqon
Ekinlarni sug'orish mavsumi boshlangan
Sirdaryolik huquq himoyachisi Isroil Rizayevning aytishicha esa viloyat yerlariga ekilgan g`alla yaxshi rivojlanmagan.

“Fermerlarning ko`pi hozir nasos orqali sug`oryapti. Xo'jaliklarga suv navbat bilan berilayapti. Odamlar talashib tortishib, o`z tomorqalarini sug'orib olishyapti”, - deydi Rizayev.

Sirdaryoda suv sathi ancha yillardan buyon kuzatilmagan darajada pasaygan. 

“Baliqchilik bilan shug'ullanayotgan yigitlar ham aytishayaptiki, yaqin yillarda daryoning suvi bunchalik pastga tushmagan ”, - deydi u.

O`zbekistonda bu yil qish o`ta qattiq keldi. Qor ko'p yog'di. Biroq bahorda yog`ingarchilik kuzatilmagani dehqonchilik uchun ancha zararli bo`lgan.

Ayrim mutaxasislar qahraton qish oqibatidagi sersuvlik yoz oylariga bo`rib o`zini ko`rsatishi mumkin degan fikrda.  Biroq ungacha suvsizlik ekinlarni yo`qqa chiqarishi ham mumkin. 

Birinchi o`rinda bu yozda o`rimga tayyor bo`lishi lozim g`alla hosildorligiga ta`sir qilishi mumkin. Sharhlovchilarga ko`ra ahvol ancha tahlikali.

“Qirg`iziston hukumati bilan hamkorlikda vodiyni suv bilan ta`minlashda aniq harakatlar bo`lmasa, bu juda katta inqirozga olib kelishi mumkin. Qirg`iziston hukumati ham qayta zarba berayapti. Gaz masalasida siz aytgan tarzda to`ladik, endi suv masalasida biz aytganimizni qilasiz deyapti. Odamlar Qirg`ziston suv bermayapti deyapti. U yerdan yetarli suv kelmayapti. O`zbekiston zaxiralarida suv yo`q”, - deydi Po`lat Oxun.

Mintaqada davlatlari o`rtasida suv zaxirasidan foydalanish bo`yicha aniq bir kelishuv yo`q. 

Mintaqa suv zaxiralaridan foydalanish bo`yicha, deydi mutaxassislar, O`zbekiston pozitsiyasi shuki, suv  umumiy va undan foydalanganlik uchun haq to`lanmasligi kerak. 

Qo`shni davlatlar energetik bosimdan qutilish va elektr tokini o`zlarida ishlab chiqarish va uning eksportini yo`lga qo`yish uchun yangi gidrostansiyalar qurishni rejalagan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor