Hozirda G’azoning markaziy qismlarida harakat qilayotgan Isroil harbiylari sektor poytaxtini bombardimon qilishda davom etmoqda. Urushda bugungacha 900 dan oshiq falastinlik, 13 isroillik halok bo’lgan.
Isroilning Iordanya chegarasidagi
harbiy punktiga hamla qilingan.
Iordanya
rasmiylari xuruj haqidagi xabarlarni rad etmoqda. Isroil va Iordanya 1994 yilda
tinchlik bitimi imzolagan.
Insonparvarlik tashkilotlari G’azo
aholisiga yordam ko’rsatishga urinmoqda. G’azoda bugun zulmatda kun
kechirmoqda. Elektr energiya tarmoqlari vayron bo’lgan; suv va oziq-ovqat taqchil.
BMT, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Rossiyadan
iborat Yaqin Sharq to’rtligi rahbari Toni Bleyer Qohirada sulh ustida muzokaralar
olib bormoqda.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Isroil
va Xamasni urushni tugatishga chaqirmoqda. Xavfsizlik Kengashining bu boradagi
talabiga na Isroil va na Xamas amal qilmoqda. Pan Gi Mun Isroil, Iordaniya,
Falastin, Livan, Suriya, Turkiya va Quvaytga safar qilib, hammani tinchlik
bitimi imzolanishi uchun harakat qilishga undamoqda.
Maqsad diplomatik tashabbuslarni
ildamlashtirish va urush jabrdiydalariga insonparvarlik yordami ko’rsatish,
deydi BMT bosh kotibi.BMT G’azodagi faoliyatini jadallashtirmoqda.
Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi ham G’azoda uy-joyidan judo bo’lgan 23 ming
falastinlikni boshpana bilan ta’minlashga urinmoqda. Bugun sektor aholisining
uchdan bir qismi ichimlik suvidan mahrum.
BMT Isroildan hujumlarni har kuni faqat uch soat emas, uzoqroq vaqtga
to’xtatib, aholi holidan xabar olish uchun ko’proq fursat ajratishni talab
qilmoqda.