VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda


06/02/2009

[insert caption here]
Qirg'iziston Manas aerodromidan AQSh havo kuchlarini chiqarish harakatida ekan, mamlakatda yangrayotgan bayonot va mulohazalarga tayangan holda, jamoatchilik fikrini ikkiga bo'lish mumkin. 

Bir tomon "Amerika ketsin, Rossiya bilan hamkorlik - iqtisodiy foyda" desa, ikkinchi taraf davlat nega chet el bilan hamkorlik qilishni eplay olmayapti, barqaror siyosat bilan chiqa olmayapti deya hunob.

Qirg'izistonda hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan Dan Malinovich IFES – Saylov Tizimlari bo'yicha Xalqaro Jamg'armaning bu mamlakatdagi vakili. Qirg'izistonda fuqaro jamiyati faol, ammo hukumat va xalq hamon bir-biridan uzoq, deydi u.

[insert caption here]
"Hukumat jamoatchilikka o'z siyosatini aniq tushuntirmaydi va maqsadini aniq ayon etishga qiynaladi. Rahbarlar ongiga - xalqqa har bir siyosiy qadam haqida hisobot berish kerak - degan tushuncha hali singmagan",- deydi Malinovich. 

Natijada odamlar mish-mishlarga ishonishga majbur. Ammo, deydi mutaxassis, qo'shni davlatlar bilan qiyoslaganda Qirg'iziston matbuoti ozmi-ko'pmi ochiq muhokama maydoni. Odamlar fikr bildira oladi. Lekin so'nggi paytda prezident Kurmanbek Bakiyev muxolifatga bosimni oshirmoqda, deydi Dan Malinovich. 

"Muxolifat bahorga borib hukumatga qarshi namoyishlarni boshlaymiz der ekan, harakatning yetakchi a'zolariga jinoiy ayblar qo'yilmoqda. Ularni yomonotliq qilishga urinishmoqda".

[insert caption here]
Qirg'izistonning ko'zga ko'ringan muxolifatchilaridan biri, "Ata-Meken" partiyasi rahbari, o'tmishda parlament spikeri bo'lib ishlagan Omurbek Tekebayev  noqonuniy ravishda qurol olib  yurganlikda ayblanmoqda.

Tekebayev  yaqinda Vashingtonga safar chog'ida "Amerika Ovozi" bilan suhbatlashib, "Qirg'iziston bugun nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va hatto ahloqiy-ma'naviy inqiroz ichida",- degan edi.  

"Qirg'izistondek ma'muriy-byurokratik usulda boshqariladigan davlatda bir guruh amaldorlarning shaxsiy manfaati hamisha xalq va fuqaro manfaatlaridan ustun turadi",- deya ta'kidlagan edi Tekebayev.  

Mamlakatda turmush darajasi past va rivojlanish sekin. Xalq orasida Amerikaga nisbatan munosabat ancha ijobiy bo'lsa-da, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni oshirish kerak degan umumiy qarash ham mavjud. Odamlar, deydi Dan Malinovich, Manas masalasiga ana shu nuqtai nazardan qaramoqda. 

[insert caption here]
"Rossiya bu yerda uzoqni ko'zlab siyosat yuritmoqda. Kreml bir emas, bir necha yuz yil o'z hukmronligini saqlab qolish va oshirishga harakat qilmoqda. Amerika ana shu strategiyadan kelib chiqqan holda mintaqaga nisbatan o'z siyosatini belgilab olishi kerak",- deydi mutaxassis.  

Rossiya va amerikalik ayrim ziyolilar fikricha, Kreml Qo'shma Shtatlarni Markaziy Osiyodan bir amallab siqib chiqarib, butun sobiq Sovet hududi bo'ylab o'zi ya'kka siyosiy o'yinchiga aylanmoqchi. Nimaiki hamkorlik yoki muammo bo'lsa, "biz bilan gaplashing va ishlang" deya ishora qilmoqda.

Undated file photo shows Kyrgyz passenger jet Tu-154 (background) and US military aircraft at  airfield of Manas airport
Qirg'izistonni Manasdan Amerika kuchlarini chiqarib yuborishga undab, o'zi Vashingtonga yordam taklifi bilan chiqayotgani bunga yaqqol misol, deydi siyosatdonlar.

Dan Malinovich, mintaqa hayoti bilan yaqindan tanish mutaxassis, masalaga kengroq qarashni maslahat beradi. Qirg'izistondek kichik jamiyat uchun iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yo'lida turgan to'siqlarga diqqatni qaratadi. 

Davlat tizimida korrupsiya va mas'uliyatsizlik chuqur ildiz otgan. Bunday jamiyatlarda rahbarlardan ichki va tashqi siyosat bobida ma'qul qarorlar qabul qilish, xalq manfaatini o'ylab qadam tashlashni kutish qiyin. 

Jamoatchilik bugun Qirg'izistonni qisqa muddatli hamkorlik bilan bog'liq masalalar emas, yuqorida tilga olingan – yulg'ichlik, manmanlik va qonunni pisand qilmaslik kabi illatlar qiynayotganini yaxshi biladi. 


Listen to This Report Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Download  (MP3)
Listen to This Report Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Oq Uy uchun kurash murakkab, ammo demokratik jarayon
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Makkeyn yoki Obama? Markaziy Osiyo bilan aloqalar kelajagi
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Qon orqali yuqumli kasalliklar yuqtirish ehtimoli yuqori
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
AQSh: Afg'oniston Markaziy Osiyo yordamiga muhtoj
Kongress Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni tanqid qilmoqda
Afg'oniston O'zbekistonni G'arbga yaqinlashtirishi mumkin
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda
AQSh Qozog'istonda demokratiyaga umid bog'lagan
AQSh O'zbekistonga yordamni davom ettiradi, islohot talabi ostida
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekan, yechim xalq qo'lida
"Demokratik imkoniyat boy berildi"
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
AQSh: O'zbekistonda siyosat o'zgarishi kerak
Alisher Soipovni uning hamkasblari xotirlaydi
 
  Bosh mavzu
O'zbek ziyolilari Afg'onistondagi saylovoldi vaziyatni sharhlaydi

  Boshqa xabarlar
Turkiya-Armaniston chegarasi ochilishi mumkin
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi  Audio Clip Available
Pokistonga noharbiy yordam berish masalasi muhokamada
Hamid Karzay ikkinchi muddatga saylanmoqchi
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
Obama soliq kodeksini isloh qilmoqchi
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat  Audio Clip Available
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan
Kreml Markaziy Osiyodagi siyosiy nufuzini boy bermoqchi emas
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar  Audio Clip Available