Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Kongress Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni tanqid qilmoqda


09/04/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

Kapitoliy, Vashington
Kapitoliy, Vashington
AQSh Vakillar Palatasining Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasi Vashingtonning Markaziy Osiyoga nisbatan amaldagi siyosatini savolga tutmoqda.

Amerika mintaqada Qozog’iston bilan eng yaqin iqtisodiy aloqalarga ega. Siyosiy sohada esa deyarli har bir davlat bilan munosabatlar ancha murakkab deydi AQShning Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati Richard Baucher (Richard Boucher), kongressmenlar oldida hisobot berarkan.

Uning aytishicha bugungi rishtalar zaminida uch maqsad yotadi: xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va demokratiya targ’iboti.

Congressman Faleomavaega
Kongressmen Eni Faleomavega
“AQSh terrorizm, qoradori va inson savdosiga qarshi kurashda mintaqa bilan ishlab kelmoqda va bundan ham Amerika, ham Markaziy Osiyo birdek manfaatdor”,- deydi Richard Baucher.

O'zbekiston bilan o’tgan yillar ichida sovuqlashgan aloqalar bugun asta ilimoqda, lekin Vashington bu mamlakatda demokratik taraqqiyot juda sust ekanidan tashvishda deydi diplomat. Uning ta’kidlashicha demokratiya va inson huquqlari, siyosiy islohotlar bobida Markaziy Osiyodagi deyarli har bir davlat bilan til topishish qiyin.

Lekin, deydi janob Baucher, hukumatlar AQSh sarmoyasiga, ta’lim va texnologiya sohasida yordamga muhtoj ekanini yashirmaydi.

Richard Boucher
Richard Baucher    AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini 
Baucherni savolga tutgan kongressmen, Amerikaning Samoa orolidan saylangan demokrat qonunchi Eni Faleomavega (Eni Faleomavaega), “Biz, oddiy amerikaliklar, ochig’ini aytganda Markaziy Osiyo xalqlari haqida hech vaqo bilmaymiz”,- deydi. Natiajada, deydi kongressmen, siyosiy jihatdan ham bu mintaqaga kuchli e’tibor qaratilmaydi.

“AQSh Markaziy Osiyoni Afg’oniston bilan bog’laymiz va shu tariqa uni Janubiy Osiyoga yaqinlashtiramiz deya jar solmoqda”,- deya tanqid qiladi Faleomavega. “Lekin Afg’onistondagi bugungi ahvolga qarasak, kim bu davlat bilan hamkorlik qilgisi keladi. Nega AQSh Markaziy Osiyo davlatlariga bunday nasihat qilmoqda”?- deya so’raydi kongressmen.

AQSh Davlat kotibi muovini Richard Baucher esa bu tanqidga “chunki Afg’onistondagi beqarorlik avvalo Markaziy Osiyo tinchligiga rahna soladi” va bu mamlakatni qayta qurish mintaqa uchun o’ta muhim deya javob beradi. Afg’onistonda deyarli har bir sohani tiklash kerak. Vaziyat yaxshilansa, qo’shni davlatlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar ochiladi deydi Baucher.

Kongressning ayrim a’zolari Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo bilan yaqin ishlay olayapti-ku, nega O’zbekistondek yirik va G’arbdan katta ko’mak olishi mumkin bo’lgan davlatlar bilan AQShning til topishishi qiyin bo’layapti deya ajablanadi. 

Chunki, deydi Vashingtonning Markaziy Osiyo bo’yicha bosh rasmiysi, Rossiya va Xitoy mintaqadagi hukumatlarni demokratiya va inson huquqlari ahvoli yuzasidan tanqid qilmaydi va bu bilan qiziqmaydi. “Ular uchun iqtisodiy manfaatlar muhimroq”,- deydi Richard Baucher.

Balki, deya xulosa qiladi diplomatni tinglagan konressmenlar, AQShga mintaqada ham iqtisodiy, ham siyosiy taraqqiyotni ko’zlagan mukammal  strategiya yetishmayapti.

Sir emaski, repressiv boshqaruv va yakkahokimlikni ma’qul ko’radigan hukumatlar shart va nasihatni yoqtirmaydi.

“Ularga amaliy yo’l ko’rsatish, islohotlar G’arb uchun emas, o’z xalqi istiqboli uchun xizmat qilishini tushuntirish qiyin vazifa”, deydi kongressmen Eni Faleomavega.

AQSh ular bilan muloqotni davom ettirishi va qaysi muhim sohada bo’lmasin, hamkorlikni oshirishi kerak deydi u.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Amerika inauguratsiya kayfiyatida, irqiy tenglikni tantana qilmoqda

  Boshqa xabarlar
Ziyolilari fikricha Obama aloqalarda katta o'zgarish qilmaydi
Martin Lyuter King - Amerika xalq qahramoni
Isroil va Xamas tinchlik tarafdori ekanini isbotlashi kerak
AQSh-O'zbekiston munosabatlarida Afg'oniston muhim omil
G'azo: Isroil va Xamas sulhga ko'ndi, ammo vaziyat qaltis
Barak Obama Avraam Linkoln izidan ketmoqda
Turkiya vaziri Bryusselda Yevropa tanqidlariga javob beradi
Obama uchun Kreml bilan til topishish oson kechmaydi
8 yillik prezidentlik ketidan Jorj Bush Texasga qaytmoqda
Madaniyatlar to'qnashuvi - oddiy nazariyami yoki haqiqat?
Amerikada o'tish davri - Jorj Bushdan Barak Obamaga
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
AQSh huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan
Obama Al-Qoida yanchiladi desa, guruh uni kofir demoqda
Barak Obama AQShning 44-prezidenti bo'lishga tayyor
Prezident inauguratsiyasi  Amerikada qanday o'tadi?