VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

06 May 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar


24/04/2009

Ahmad Rashid
Ahmad Rashid Vashingtonga tez tez tashrif buyurib, Amerika siyosiy arboblariga maslahat berib turadi
“Jihod” va “Tolibon” nomli tahliliy kitoblari tanilgan pokistonlik jurnalist Ahmad Rashid fikricha Barak Obama Afg’onistonda oddiy xalq hayotini yaxshilashga e’tibor qaratib to’g’ri yo’l tutmoqda.

“Terrorizm va ekstremizm ortidagi asosiy sabablar qashshoqlik, zulm va ijtimoiy tengsizlikdir”,- deydi Ahmad Rashid. 

Uningcha AQSh Afg’onistonga tinchlik olib kelishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilayotgani ma’qul.  

Ammo, deydi tahlilchi, Vashington bu tuzumlar diktatura ekanini unutmasligi kerak.  

Ahmad Rashid Vashingtonga tez tez safar qilib, Amerika siyosiy doiralariga maslahat berib keladi. Bu mamlakat matbuotida Tolibon, Afg'oniston, qolaversa Markaziy Osiyo hayoti, islomiy guruhlar haqida gap ketganda, bu mutaxassis fikrlari tinglanadi.

Ahmad Rashid fikricha Barak Obama va uning ma'muriyati Markaziy va Janubiy Osiyo barqaror bo'lsin desa, masalaga ham siyosiy, ham ijtimoiy yondashishi, ektremizmga qarshi ham qurol bilan, ham erkinlik bilan kurashishi kerak. Xalq dardi tinglansin, amaliy qadamlar tashlansin, deydi Ahmad Rashid. 

"Obama strategiyasi nafaqat harbiy harakatlarni kuchaytirishni balki afg'on va Pokiston jamiyatlarini rivojlantirish, boshqaruvni mustahkamlash, demokratik tamoyillar uchun yo'l ochish, qayta qurish va islohotlar olib borishni ham o'z ichiga oladi. Xalqlar uchun bu eng muhimi",- deydi Ahmad Rashid.

Vashington Afg'onistonga qo'shni davlatlar - O'zbekiston va Tojikiston yordam taklif qilayotganidan mamnun. 

"Qanchalik ko'maklashishsa, biz shunchalik minnatdormiz", - deydi AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha bosh diplomati Richard Boucher.

"Mintaqa rahbarlari Afg'onistondagi vaziyatdan xavotirda ekanini, u yerda tinchlikni ta'minlash hammaning manfaati uchun xizmat qilishini yaxshi biladi",- deydi rasmiy.  

Xususan qoradoriga qarshi kurash, infrastrukturani tiklash, maorif, sog'liqni saqlash, iqtisod, yengil va og'ir sanoatni rivojlantirishda ham O'zbekiston singari davlatlar ulkan rol o'ynashi mumkin.   

Qirg'iziston hukumati talabiga ko'ra AQSh Manas aerodromini tark etish taraddudida. Lekin rasmiy Bishkek bilan muloqot davom etmoqda. 

"Muzokaralar  faqat aviabazalar ustida ketayapti deyish to'g'ri emas, biz har tomonlama hamkorlik haqida gaplashayapmiz",- deydi Boucher. "Bu O'zbekiston bilan aloqalarga ham tegishli gap",- deydi u.

Ahmad Rashid kabi tahlilchilar esa Vashingtonga Markaziy Osiyoning uzoq yillik hukmdorlari bilan kompromisga bormaslikni maslahat bermoqda.

"Markaziy Osiyoda aksariyat aholi, xususan O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'izistonda xalq yetishmovchilikda kun kechirmoqda. Na iqtisodiy erkinlik bor, na siyosiy. Odamlar kunlik nonini topish uchun nimalarga qo'l urmayapti. Bugungi mashaqqatli hayotda ular hukumatni ayblaydi. Hokimiyatdagilar faqat o'zini o'ylab ish tutishga o'rgangan ",- deydi Ahmad Rashid.

Uning nazarida Vashington odamlar dardiga quloq tutmay faqat rahbarlar bilan oldi-berdi qilishi Amerikaga har tomonlama zarar bo'ladi. "Bu Bush davrida yo'l qo'yilgan eng katta xato bo'lgan. Umid qilamanki, Obama buni tushunib yetadi",- deydi Ahmad Rashid.

Barak Obama va tashqi aloqalar uchun mas'ul Xillari Klinton oldida Afg'onistondagi vaziyatni o'nglash orqali nafaqat bu xalq uchun imkoniyatlar yaratish, balki Markaziy va Janubiy Osiyo ahli erkinligi va farovonligiga hissa qo'shishdek o'ta muhim vazifa ham turibdi.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
Musulmon adib dindoshlarini uyg'onishga chaqirmoqda
Markaziy Osiyo jangarilari yana jahon diqqatida
Ijtihodchi, islohotchi musulmonlar ko'paymoqda
Vaziristonda pashtun va o'zbeklar o'rtasida qonli mojarolar
Ahmad Rashid: Pokiston shimolida jangari o'zbeklar ko'paymoqda
"Markaziy Osiyoda musulmonlar o'zlik izlamoqda"
AQSh-Markaziy Osiyo harbiy hamkorligida burilish yuz bermoqda
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Makkeyn yo Obama? O'zbekiston uchun kim ma'qul?
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
Afg'oniston qo'shnilaridan yordam kutmoqda
AQSh: Afg'onistonga yuk yetkazishning muqobil yo'llari bor
Sovet qo'shinlari Afg'onistonni tark etganiga 20 yil bo'ldi
AQSh generali Toshkentda O'zbekiston rahbari fikrini tinglagan
O'zbekistonda jamoatchilik G'arb bilan yaqinlik tarafdori
Obamaning Afg'oniston bo'yicha rejasi ish beradimi?
O'zbekistonlik olimlar: mintaqa rahbarlari kelishib ishlashi lozim
Ziyolilar fikricha Obama aloqalarda katta o'zgarish qilmaydi
AQSh-O'zbekiston munosabatlarida Afg'oniston muhim omil
O'zbekiston, Afg'oniston temir yo'l aloqalarini rivojlantirmoqda
Afg'oniston rasmiylari: O'zbekiston yordami muhim
Markaziy Osiyo Afg'onistonga qanday yordam berishi mumkin?
O'zbekiston Afg'onistonda tinchlikni tiklashga yordam berishi kerak
Afg'oniston qo'shni O'zbekiston yordamiga muhtoj
Afg'onistondagi beqarorlik O'zbekistonni imkoniyatlardan ayirmoqda
 
  Bosh mavzu