|
Vatanda ishlab oila boqish qiyin ekan, odamlar nima qilib bo'lsa-da xorijga ketish harakatida
|
Hozirda millionlab o'zbekistonlik
xorijdagi ishidan ayrilib, vatanga qaytgan. Norasmiy hisoblarga ko'ra, chet elda ishlab, oilasini boqayotganlar soni respublikada 5 milliondan oshadi. Ular topgan pul O'zbekiston iqtisodiyotining tayanchiga aylanayotgan edi. Tabiiyki, ular ishini yo'qotishi bilan millionlab oilalar turmushi ham qil ustida.
"Tezkor guruh" tahlil markazi xulosasiga ko`ra
mehnat muhojirlari biror siyosiy kuchga ega bo'lmasa-da, ancha uyushgan qatlam.
Yurtida
ish topa olmagach bu insonlar yana chet elga chiqishga majbur, deydi tahlilchi
Suhrob Ismoilov.
"Chunki
ularda boshqa imkoniyat yo'q. Maosh kam,
dollarga nisbatan rublning qadri tushib ketganiga qaramasdan odamlar
yana ish izlab ketmoqda", - deydi mutaxassis.
"Rossiya uchun bu muhojirlar faqat arzon ish
kuchi emas, balki geosiyosiy qurol ham bo`lib kelgan. Hozir diasporalar turli
jamiyatlar tuzmoqda, nodavalat tashkilot bo`lib ro`yxatdan o`tmoqda.
Bu vaziyatga Rossiya aralashishi, nazorat qilishi va keyinchalik bu karta
Rossiya tomonidan o`ynalishi mumkin. Hozir ma`lumki, O`zbekiston G`arb, AQSh
bilan yaqinlashishga harak qilmoqda. Shunday ekan yoppasiga deportatsiya
varianti ham qo`llanishi mumkin", - deydi Suhrob Ismoilov.
Sharhlovchilar
nazarida O`zbekistonda muxolif siyosiy partiyalar keskin siquvda ekani vaziyatni
tashqi kuchlar ixtiyoriga o`tkazuvchi holat.
Muxolifat
muhojirlar singari birdam emas. Tarqoqlik ularni yanada zaiflashtirgan, deydi
mustaqil tahlilchilar.
Hukumat
viloyatlarda va Toshkent shahrida mehnat bozorlari tashkil etib turadi. Ularda taklif
qilinayotgan ish haqlari esa aholi talabiga javob bermaydi.
Yaqinda
Toshkent shahrida o`tgan ikki kunlik mehnat bozorida 25 ming kishi qatnashgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ulardan 12
ming nafari ish o`rni bilan ta`minlangan.
Biroq
bu rasmiy manbalarda mehnat bozorida ishtirok etish uchun asosan kollej
o`quvchilari majburan olib chiqilgani haqida hech narsa deyilmaydi.
Bu
yarmarkalarda e'lon qilinayotgan o'rtacha oylik faqat transport xarajati
va tushlik qilish uchun ketadigan mablag'ni qoplaydi.
Shunday
ekan, aholi mehnat bozoridan emas, mardikor bozoridan ish topishni afzal
biladi.
"Hozircha
shu bozorda ishlab turibmiz, ish haqi har xil",- deydi "Amerika Ovozi" bilan
suhbatlashgan fuqarolardan biri.
"Ayollar
ham ishlayapti. Ro`zgo`rini tebratishi kerak. Harakat qilmasak, hech kim hech
narsa bermaydi. Non kerak, yog' kerak, sabzi-kartoshka, bu tirikchilik ", - deydi
mardikor.
Prezident
Islom Karimov yaqinda Vazirlar Mahkamasi yig`ilishida gapirganida, moliyaviy
inqirozga qarshi qabul qilingan davlat dasturi hozirdanoq natijalar bera boshlayapti,
deya qayd etdi.
Xalqaro
Valyuta Jamg`armasi hisobicha 2009-2910 yillarda O`zbekistonda iqtisodiy o'sish
7 foizni tashkil etishi mumkin.