VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Baktibek Beshimov: Bakiyev Rossiya nog'orasiga o'ynamoqda


10/03/2009

Bakitbek Beshimov, Qirg'iziston Sotsial-demokratlar partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari.
Baktibek Beshimov, Qirg'iziston Sotsial-demokratlar partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari.
AQSh harbiylarini "Manas" aviabazasidan chiqarish masalasi Qirg'iziston parlamentida ovozga qo'yilganida bir deputat qarshi chiqqan. Baktibek Beshimov, Sotsial-demokratlar partiyasi fraksiyasining rahbari. Uning aytishicha, prezident Qurmanbek Bakiyev Rossiya nog'orasiga o'ynamoqda. 

Sotsial-demokratlar partiyasidan 90 o'rinli Qirg'iziston parlamentida 11 deputat bor. Ulardan ikki nafari ovoz berishda betaraf bo'lgan, fraksiya rahbari Bakit Beshimov qonun loyihasiga qarshi chiqqan, qolgan a'zolar esa ovoz berishda ishtirok etmagan. Beshimovning aytishicha, partiya "Manas" aviabazasi bo'yicha o'z pozitsiyasiga ega.

"Afg'onistonda ahvol yaxshi emas. Bu Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda. Mintaqaviy hamkorlikni ta'minlash uchun AQSh, Yevropa va Rossiya bilan hamkorlik qilishi lozim. Baza bo'yicha qaror - Moskvaning o'yini", deydi Beshimov.

Uning fikricha, Markaziy Osiyo rahbarlari har bir yirik davlat bilan o'z manfaatlaridan kelib chiqqan holda maslahatli siyosat yuritishi kerak.

"Ammo hozir Rossiya nog'orasiga o'ynalmoqda. Bu - eski kolonial siyosat. AQSh harbiylarining Markaziy Osiyoda bo'lishi mintaqa davlatlari manfaatlariga javob berar edi," deydi deputat.

Kuzatuvchilar AQSh harbiylarini "Manas"dan chiqarish ortida bir necha sabab bor deydi. Prezident Bakiyevning qayta saylanish ishtiyoqi, Rossiya tomonidan millionlab dollar pulning va'da qilingani, Qirg'izistonga Kreml tomonidan siyosiy bosim qo'yilayotgani.

Puldan hali darak yo'q, berilgan taqdirda ham qo'shma loyihalar Rossiya manfaatlari doirasida amalga oshiriladi, deydi qirg'izistonlik qonunchi.

"Rossiya Qirg'iziston hukumatini sotib olishga harakat qildi va buning uddasidan chiqdi. Rossiya qaysi loyihaga pul bersa, o'shani o'z qo'liga olishga harakat qiladi. Qambarota GESiga pul va'da qilgan, chunki mintaqa suviga xo'jayin bo'lmoqchi. Markaziy Osiyo davlatlarini o'ziga qaram qilmoqchi," deydi muxolifat yetakchisi.

O'tgan hafta matbuotda chiqqan xabarlarga ko'ra, prezident Bakiyev AQSh bilan muzokara eshigi hali yopilmagan deb aytgan edi. Ammo Beshimov bu ikkiyuzlamachilik deydi. 

"Bakiyev shu so'zlarni aytib, ertasiga baza ijarasi bo'yicha shartnoma tuzgan barcha 11 davlat bilan bitimni bekor qildi. Bu Moskvaning buyrug'iga ko'ra qilindi, deb o'ylayman. Bakiyev Rossiya qo'liga tushdi. AQSh va Yevropa buni allaqachon tushunib yetdi," deydi Beshimov.

2005 yil mart oyida Qirg'izistonda inqilob bo'lganida, ba'zilar buning ortida  G'arb, Qo'shma Shtatlar turibdi degan edi. Ammo, deydi Baktibek Beshimov, Bakiyevning hokimiyat tepasiga kelishida Kremlning roli katta bo'lgan.

"Inqilobdan ikki oy oldin Bakiyev boshliq bur guruh siyosatchilar Moskvaga yo'l olib, Rossiya matbuotida qator chiqishlar qilgan. Aybni esa Amerikaga to'nkashgan. Ammo so'nggi uch yil inqilob ortida aslida kim turganini ko'rsatib berdi."

Baktibek Beshimovning aytishicha, inqilobdan ko'p narsa kutilgan edi, demokratiya barq uradi deya umid qilingan edi, ammo so'nggi uch yil buning aksini ko'rsatdi.

"Qirg'izistonda muxolifat a'zolariga bosim kuchaygan. Hukumat ularni jinoyatchi qilib ko'rsatishga harakat qilmoqda, ammo haqiqiy jinoyatlar haligacha ochilmagan. Nazarimda, bugungi Qirg'iziston hukumati Islom Karimov siyosatiga o'xshash siyosat yuritmoqda."


Download Baktibek Beshimov: Bakiyev Rossiya nog'orasiga o'ynamoqda
Download  (MP3)
Listen to This Report Baktibek Beshimov: Bakiyev Rossiya nog'orasiga o'ynamoqda
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Qirg'iziston AQShni bazadan nega ayirmoqchi?
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasiga a'zo davlatlar qo'shin tuzmoqda
Qirg'iziston: AQSh havo kuchlari Manas bazasini tark etadi
 
  Bosh mavzu
O'zbek ziyolilari Afg'onistondagi saylovoldi vaziyatni sharhlaydi

  Boshqa xabarlar
Turkiya-Armaniston chegarasi ochilishi mumkin
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi  Audio Clip Available
Pokistonga noharbiy yordam berish masalasi muhokamada
Hamid Karzay ikkinchi muddatga saylanmoqchi
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
Obama soliq kodeksini isloh qilmoqchi
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat  Audio Clip Available
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan
Kreml Markaziy Osiyodagi siyosiy nufuzini boy bermoqchi emas
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar  Audio Clip Available