VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

06 May 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj


22/04/2009

John R. Tunheim
Jon Tunxaym O'zbekistonda sud, prokuror, tergovchi va advokatlar malakasini oshirgan
AQSh federal sudyasi Jon Tunxaym (John R. Tunheim) O'zbekiston bilan inson huquqlari bobida hamkorlik qilish lozim, bu xalqqa qonunni hurmat qilish va huquqni kafotlash borasida yordam berish kerak deb chiqmoqda.  

"Hukumatda o'zgarish istaganlar bor"

Jon Tunxaym Minnesota shtatida sudyalik qiladi, lekin O'zbekiston bilan uzoq yillardan beri tanish.

AQSh Davlat departamenti 10 yilcha burun O'zbekiston bilan inson huquqlari sohasida muloqot boshlaganida Tunxaym ana shu tashabbusga qo'shilgan va 2005 yilgacha bu dasturda faol ishtirok etgan. Andijon voqealari ketidan bu hamkorlik to'xtab qolgan.  

Sudya fikricha, Amerika hozir ana shu muloqotni yangilab, huquqiy islohotlar bobida O'zbekistonga yordamni oshirishi kerak.

"Karimov ma'muriyati, sizningcha, bunga tayyormi"?- deya so'raymiz Jon Tunxaymdan.

"O'zbekiston hukumatida fuqaro erkinliklari va siyosiy huquqlar e'zozlanishi uchun nima qilmoq zarurligi hamda o'z vazifa-mas'uliyatlarini tushunishga harakat qilayotgan odamlar bor. Ular qayerda qanday muammo borligini biladi. Ularni tuzatishga ham harakat qilmoqda",- deydi Jon Tunxaym.

"Ulkan o'zgarishlar bo'layapti deyolmaymiz, ammo oldingiga qaraganda ahvol ancha tuzuk",- deya fikr bildiradi AQSh sudyasi.  

Huquq himoyasi bilan mashg'ul tomonlarning bayon qilishicha, respublikada insonning uzviy huquqlari kundalik ravishda buziladi.  So'z erkinligidan tortib, siyosiy norozilikni ochiqchasiga bildirishgacha, militsiya zo'ravonligi, adliya tizimining korrupsiyaga botgani… Muammolar cheksiz.

"O'zgarishlarni adliya tizimining quyi pog'onasidan boshlash kerak",- deydi u.  

"Shaxsni qachon qamoqqa olish mumkin, kimning buyrug'i bilan, uni sudga tortish uchun qanday va qancha dalil va isbot kerak? Ayblanuvchi qanday huquqlarga ega? Jabrlanuvchi-chi? Har bir jarayon o'ziga xos nozik bosqich. O'zbekistonda qamoqqa olish masalasi endi faqat sudyalar qo'lida ekan, vaziyat yaxshilanishi kerak",- deydi sudya Jon Tunxaym.

Assenova
Margarita Assenova fikricha O'zbekistonda qonun ustuvor bo'lishi uchun hukumat bilan ishlash kerak

Ayrim tashkilotlar hukumat bilan ishlashni tavsiya qilmoqda

Vashingtonda asoslangan Yangi Demokratiyalar Instituti (Institute for New Democracies) tahlilicha, O'zbekistonda huquq hurmat qilinishi uchun zarur qonunlarning barchasi muhayyo.

Tashkilot rahbari Margarita Assenova "Hukumat bilan ishlash kerak",- deydi.

"Tashkilotimiz asosiy urg'uni malaka oshirishga bermoqda. Maqsad sud, prokuror va himoyachilarga milliy va xalqaro qonunlar doirasida ishlashi uchun yordam berish",- deydi Margarita Assenova.

Bugungi kunda Toshkentda o'z vakolatxonasiga ega Yangi Demokratiyalar Instituti, ayrim huquq himoyachilar nazarida, O'zbekiston hukumatiga yon bosadigan, huquqiy ahvolning og'ir ekanini tan olishdan bosh tortadigan guruh. 

"To'g'ri, hukumat bilan hamkorlik qilamiz va qilishda davom etamiz", -deya tan oladi Margarita Assenova.

"Biz inson huquqlari himoyasi bilan shug'ullanmaymiz, balki uning ta'minlanishi uchun zamin hozirlash, ya'ni adliya tizimini yaxshilash uchun hissa qo'shishga harakat qilayapmiz",- deydi mutaxassis. 

"O'zbekistondagi muammolar bilan yaqindan tanishmiz va ularning yechimi mavjud qonunlar amaliyotida deb bilamiz. Buning uchun esa jamiyatning huquqiy uquvini oshirish kerak, toki odamlar qonun buzilayotganini bilsin, huquqini talab qila olsin",- deydi Margarita Assenova. 

"O'zbekistonda biror o'zgarish bo'lishi uchun davlat idoralari bilan ishlashga majburmiz. Chunki qonunni tanishtirish va uning ijrosi hukumat qo'lida. Huquq tashkilotlari avholni kuzatib borishi kerak albatta. Ammo muloqot olib borilmasa, muammolar hal bo'lmaydi",- deydi Margarita Assenova.  

Uning aytishicha, O'zbekiston hukumati tanqiddan to'ygan. "Bizning harakatlarimiz samara berayapti. Biz bugun huquq-tartibot organlari bilan gaplasha olamiz. Ular bilan fikr almashamiz",- deydi Assenova. 

Sud va huquq himoyasi siyosiy bosimga uchramasligi kerak

Jon Tunxaym fikricha inson huquqlari jamiyatni jamiyat qiladigan nozik omil.

"Adliya tizimi mustaqil organ bo'lishi va amalda shunday ishlashi shart",- deydi sudya.

"Hukumat hozir unga yoqmagan sudyani olib tashlaydi. Bu odatdan voz kechilishi kerak. Korrupsiya va siyosiy bosimlar ostida suddan adolat kutib bo'lmaydi",- deydi u.

Jon Tunxaym O'zbekistonda sudya, prokuror va advokatlar malakasini oshirganini aytib, "Mamlakat yuristlari nimaga qodir va qodir emasligini bilaman",- deydi.  

O'zbekistonda advokatlar sinovdan o'tayotgani haqida esa sudyaning fikri shunday:

"Advokatlik qilaman deganlarni imtihondan o'tkazish, mustahkam yuristlar bazasiga ega bo'lish, vazifasini ado eta olmaganlarni javobgarlikka tutish mexanizmini yangilash – maq'ul ish. Hozircha bu attestatsiya natijalarini bilmaymiz",- deydi Jon Tunxaym.

Jarayon, deydi u, faol advokatlarni kasbdan ayirish uchun xizmat qilmasligi kerak. 

"Sinovni hamma kuzatib turibdi. Hukumat bosim ostida ekanini biladi. Bu tuzum uchun bir imtihon. Adliya mustaqil bo'lishi tarafdorimiz",- deydi AQSh federal sudyasi.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Faollar: Huquqiy ahvolni tuzatish jamoatchilik qo'lida
Markaziy Osiyo bo'ylab inson huquqlari og'ir ahvolda
Huquq faoli Dilmurod Sayid qamoqqa olingan
Amerika-O'zbekiston aloqalarida inson huquqlari hamon nozik masala
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Yevropa-O'zbekiston aloqalari - huquq masalasi chetda qolmoqda
Mahbuslarga o'z haq-huquqini himoya qilish imkoni berilmoqda
O'zbekistonda Amerikaning yangi rahbaridan umidlar katta
Ziyolilar fikricha Obama aloqalarda katta o'zgarish qilmaydi
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Tahlil: Guantanamo qachon yopiladi?
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz alomatlarini yashirib bo'lmaydi
Qamoqxonalarda ahvol ayanchli, deydi mahbuslarning yaqinlari
O'zbekistonlik qochqinlarning o'g'irlanishi davom etmoqda
O'zbekiston saylov qonunlariga o'zgartirish kiritilgan
Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi 60 yoshda
O'zbekistonda e'tiqod erkinligi kafolatlanganmi?
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
AQSh: O'zbekistonda qamoqdagi faollar ozod etilsin
O'zbekistonda matbuot kishanlanganicha qolmoqda
O'zbekistonda huquq faoli A'zam Turg'unov 10 yilga qamalgan
Alisher Soipov o'ldirilganiga bir yil bo'ldi
O'zbekistonda matbuot hamon erkin emas, deydi kuzatuvchilar
Faollar: O'zbekiston - siyosiy mahbuslar makoni
O'zbekistonning yuzini shuvut qilgan milliy boylik
Huquq faollari Yevropa Ittifoqining so'nggi qaroridan norozi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda
Human Rights Watch qamoqdagi faollar taqdiridan xavotirda
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
 
  Bosh mavzu