VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

06 May 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 


28/04/2009

[insert caption here]
Vatanda ishlab oila boqish qiyin ekan, odamlar nima qilib bo'lsa-da xorijga ketish harakatida
Hozirda millionlab o'zbekistonlik xorijdagi ishidan ayrilib, vatanga qaytgan. Norasmiy hisoblarga ko'ra, chet elda ishlab, oilasini boqayotganlar soni respublikada 5 milliondan oshadi.  

Ular topgan pul O'zbekiston iqtisodiyotining tayanchiga aylanayotgan edi. Tabiiyki, ular ishini yo'qotishi bilan millionlab oilalar turmushi ham qil ustida.

"Tezkor guruh" tahlil markazi xulosasiga ko`ra mehnat muhojirlari biror siyosiy kuchga ega bo'lmasa-da, ancha uyushgan qatlam.

Yurtida ish topa olmagach bu insonlar yana chet elga chiqishga majbur, deydi tahlilchi Suhrob Ismoilov.

"Chunki ularda boshqa imkoniyat yo'q. Maosh kam,  dollarga nisbatan rublning qadri tushib ketganiga qaramasdan odamlar yana ish izlab ketmoqda", - deydi mutaxassis.   

"Rossiya uchun bu muhojirlar faqat arzon ish kuchi emas, balki geosiyosiy qurol ham bo`lib kelgan. Hozir diasporalar turli jamiyatlar tuzmoqda,  nodavalat tashkilot bo`lib ro`yxatdan o`tmoqda.  Bu vaziyatga Rossiya aralashishi, nazorat qilishi va keyinchalik bu karta Rossiya tomonidan o`ynalishi mumkin. Hozir ma`lumki, O`zbekiston G`arb, AQSh bilan yaqinlashishga harak qilmoqda. Shunday ekan yoppasiga deportatsiya varianti ham qo`llanishi mumkin", - deydi Suhrob Ismoilov.

Sharhlovchilar nazarida O`zbekistonda muxolif siyosiy partiyalar keskin siquvda ekani vaziyatni tashqi kuchlar ixtiyoriga o`tkazuvchi holat.

Muxolifat muhojirlar singari birdam emas. Tarqoqlik ularni yanada zaiflashtirgan, deydi mustaqil tahlilchilar.  

Hukumat viloyatlarda va Toshkent shahrida mehnat bozorlari tashkil etib turadi. Ularda taklif qilinayotgan ish haqlari esa aholi talabiga javob bermaydi.  

Yaqinda Toshkent shahrida o`tgan ikki kunlik mehnat bozorida 25 ming kishi qatnashgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ulardan 12 ming nafari ish o`rni bilan ta`minlangan.

Biroq bu rasmiy manbalarda mehnat bozorida ishtirok etish uchun asosan kollej o`quvchilari majburan olib chiqilgani haqida hech narsa deyilmaydi.

Bu yarmarkalarda e'lon qilinayotgan o'rtacha oylik  faqat transport xarajati va tushlik qilish uchun ketadigan mablag'ni qoplaydi.

Shunday ekan, aholi mehnat bozoridan emas, mardikor bozoridan ish topishni afzal biladi.

"Hozircha shu bozorda ishlab turibmiz,  ish haqi har xil",- deydi "Amerika Ovozi" bilan suhbatlashgan fuqarolardan biri.

"Ayollar ham ishlayapti. Ro`zgo`rini tebratishi kerak. Harakat qilmasak, hech kim hech narsa bermaydi. Non kerak, yog' kerak,  sabzi-kartoshka, bu tirikchilik ", - deydi mardikor.   

Prezident Islom Karimov yaqinda Vazirlar Mahkamasi yig`ilishida gapirganida, moliyaviy inqirozga qarshi qabul qilingan davlat dasturi hozirdanoq natijalar bera boshlayapti, deya qayd etdi.

Xalqaro Valyuta Jamg`armasi hisobicha 2009-2910 yillarda O`zbekistonda iqtisodiy o'sish 7 foizni tashkil etishi mumkin.  


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Markaziy Osiyoda savdo va chegara hali ham muammo
Nohukumat tashkilotlar tanqidga qaramay xalqaro siyosiy o'yinchilar
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Ishsizlik O'zbekistonda vaziyatni izdan chiqarishi mumkin
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz alomatlarini yashirib bo'lmaydi
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda moliyaviy tanglik oqibatlari ko'zga tashlanmoqda
O'zbekistonda jamoatchilik G'arb bilan yaqinlik tarafdori
Tahlilchilar: Chetdan kelayotgan pul miqdori kamayishi mumkin
Moliyaviy inqiroz – o'zbekistonlik muhojirlar ishsiz, yurtiga qaytmoqda
Jahon bozoridagi tanglik O'zbekistonga qanday ta'sir qilmoqda?
O'zbekistonda qonunlar yaxshi, lekin amalda hali foyda bermayapti
O'zbekiston bozorlaridagi kayfiyat Navro'z tantanalaridan yiroq
Iqtisodiy nochor O'zbekistonda ayol qiyofasi o'zgarib bormoqda
Huquq faollari: Iqtisodiy nochorlik odam savdosiga zo'r bermoqda
O'zbekistonda islohotlarni qanday amalga oshirgan ma'qul?
O'zbekistonda hayot Karimov aytganidek farovonlashyaptimi?
O'zbekiston-Rossiya hamkorligi kimning manfaatini ko'zlamoqda?
Iqtisodiyot amalda rivojlanyaptimi yoki qog'ozda?
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti - geosiyosiy ziddiyatlar maydoni 
Sud qarori xorij sarmoyasini kamaytirishi mumkin
Karimov Ostonada hamkorlik bitimlari imzoladi
Toshkentda AQSh oltin qazuvchisiga nisbatan bankrot ishi qo'zg'atildi
Yevrosiyo iqtisodiy tashkiloti doirasida markazlashgan siyosat yuritiladi
Qozog'iston-O'zbekiston iqtisodiy aloqalarni qayta ko'rib chiqmoqda
 
  Bosh mavzu