VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

16 Yanvar 2009 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
  “Amerika Ovozi” Jurnalistlarining Nizomi


“Amerika Ovozi” 1942 yildan e’tiboran ishonchli va muntazam axborot uzatib, dunyo hamjamiyati o’rtasida e’tibor qozongan. Muxlislar “Amerika Ovozi” dan aniq, xolis, haqqoniy va muvozanatli axborot kutadilar. Bu me’yorlar “Amerika Ovozi” qomusida belgilangan. (Public Laws 94-350 va 103-415).

“Amerika Ovozi” shu me’yorlarga tayangan holda, dunyo xalqlari o’rtasida ishonchli axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

Qisqacha mazmuni

Qomusda belgilangan qoidalarga binoan “Amerika Ovozi” jurnalistlari aniq va xolis axborot uzatishlari lozim. Ular AQSh hukumati nomidan gapirish huquqiga ega emaslar.

Xodimlar xususiy axborot agentliklaridan tashqari boshqa hech bir manbadan yordam olmaydilar, jumladan AQSh hukumati rasmiylari yoki agentliklaridan.

Shuningdek, “Amerika Ovozi” jurnalistlari tashkilotning haqqoniyligini himoya qilgan holda ko’rsatuv va eshittirishlarda mukammallikka va betaraflikka intiladilar.

“Amerika Ovozi” tizimi Sovuq urushdan keyingi davrda turli mojarolar va beqarorlik hukm surayotgan paytda faoliyat ko’rsatmoqda. Ko’rsatuv va eshittirishlarda jahon ahliga aniq, xolis va muvozanatli tarzda tayyorlangan ma’lumotlar yetkazadi. Bu ma’lumotlar, aniq axborot olishdan mahrum, ayni paytda erkinlik va demokratiyaga intilayotgan xalqlar uchun umid va ilhom manbaidir.

Nizom

“Amerika Ovozi” ning barcha muharrirlari, boshlovchilari, muxbirlari hamda markaziy va boshqa tillarda xabar tarqatuvchi xizmatlarning xodimlari quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:

Manbalar 

“Amerika Ovozi” dasturlari va yangiliklari aniq va tekshirilgan manbalar asosida tayyorlanishi lozim. Tizimning har bir jurnalisti tayyorlagan lavha yoki maqola kamida ikkita mustaqil (“Amerika Ovozi” iga tegishli bo’lmagan) manbaga asoslanib yozilishi kerak. Siyosiy mavzular mualliflari, muxbirlar yoki jamoatchi hamkorlar (stringerlar) ma’lumotlarni dalillarga asoslangan holda kerakli tilda uzatishlari mumkin.

“Amerika Ovozi” muxbiri dalillarni bevosita aniqlagan holda yoki biron bir rasmiy tashkilot tarqatgan ma’lumotlarga tayangan tarzda yuqoridagi ikki manbaga asoslanish talabi istisno qilinishi mumkin. Ayrim hollarda, masalan, ikkinchi manba bo’lgan axborot agentliklari tomonidan tezkor yangilik berilgan yoki davlat rahbari bilan shoshilinch interv’yu o’tkazilgan taqdirda, o’sha manba nomi ko’rsatiladi.

Aniqlik va Muvozanat

* Aniqlik va muvozanat birinchi darajali bo’lib, bu jihatlar “Amerika Ovozi” ning yuksak xususiyati hisoblanadi. “Amerika Ovozi” uchun aniqlik tezkorlikdan muhimroqdir va markaziy hamda boshqa tillarda xabar tarqatuvchi xizmatlarda ham shu qoidaga amal qilinadi.

Tizim voqea va hodisalarni har tomonlama va betaraf tarzda yoritadi, degan huquqiy majburiyatni o’z zimmasiga oladi. Moddiy jihatdan AQSh hukumati tomonidan quvvatlansa-da, “Amerika Ovozi” turli yangiliklar, ko’p-yoqlama fikrlar va o’rinli dalillarni mustaqil ravishda efirga uzatadi. Tashkilot o’z materiallarida yo’l qo’yilgan xatolarni tezlikda tuzatishga tayyordir.

* Muayyan mahalliy yoxud ajnabiy guruhlarning o’z manfaatlarini himoya qilish, shaxsiy fikrlarini targ’ib etish maqsadida “Amerika Ovozi” dan minbar sifatida foydalanishlariga yo’l qo’yilmaydi.

Ayni qoidaga “Amerika Ovozi” dagi barcha dasturlar va ruknlar, muhokama qilinadigan maktublar, tinglovchilar sharhlari va yangiliklarda amal qilnadi. Agar muqobil fikrlarga ehtiyoj sezilsa, interv’yu berayotgan odam faqat bir tomonlama fikr bildirsa, dasturni olib borayotgan jurnalist qo’shimcha savollar berishi lozim.

Davlat rahbarlari bilan o’tkazilishi kerak bo’lgan suhbatlarning muhokama mavzulari haqida, iltimosga binoan, oldindan ma’lumot berilishi mumkin. Biroq, “Amerika Ovozi” jurnalistlari bunday suhbatlar chog’ida mavzuga yangilik kirita oladigan butunlay boshqa va yangi savollar berish mas’uliyuati huquqiga egadirlar.

* “Amerika Ovozi” muayyan bir guruhning ikkinchi guruhga nisbatan iddaolari yoxud biron ziddiyatli masala haqida biryoqlama ma’lumot e’lon qilgan taqdirda, ayni shu xabar oxiri yoki mavzu yoritilgan birinchi dasturda muvozanatni saqlaydigan izoh beriladi.

Agar asosiy axborot dastur oxiriga qadar yetib kelmasa yoki ayblangan guruh o’ziga nisbatan iddaolarni sharhlashdan bosh tortsa, “Amerika Ovozi” bu haqda xabar qiladi va asosiy axborot olingan zahoti efirga uzatiladi.

Haqqoniyat

Muassislar so’zlariga muvofiq “Amerika Ovozi” fikrva mulohazalarga nisbatan ehtiromli munosabatda bo’ladi. Lekin “Amerika Ovozi” dan voqelikni to’la va haqqoniyat-la aks ettirish talab qilinadi.

“Amerika Ovozi” xodimlari axborotni tanlashda zo’ravonlikka chorlaydigan, biryoqlama, shov-shuvli, mubolag’ali har qanday ig’voni rad etadilar. Qaydlar to’la va aniq ko’rsatilmog'i kerak. 

“Amerika Ovozi” xodimlari (muxbirlar, jamoatchi hamkorlar va mualliflar) shaxslar va tashkilotlarni ta’riflashda haqoratli so’zlar, tamg’alar va laqablar qo’llamaydilar. O’sha shaxs yoxud tashkilotlarning o’zlari hatti-harakatlarini izohlash uchun shunday so’zlardan foydalangan hollar bundan mustasno.

“Amerika Ovozi” xodimlari o’z joriy eshittirishlari davomida voqelikni qalbakilashtirish, yanglish talqin qilish yoxud voqelikka fojeaviy tus bermaydilar.

Jurnalistning ovozi uning voqelikka nisbatan shaxsiy munosabatini bildirsa hamda vaqt nisbatida tahrir qilinsa, xabar boshqa tovush effektlari yordamida, aniqlik va muvozanat asosida uzatiladi. Axborot uzatilayotganida faqat voqea joyidan yozib olingan ovozlardan foydalaniladi.

Qamrov va miqyos

“Amerika Ovozi” Qo’shma Shtatlar hamda jahon yangiliklarini atroflicha yoritadi va dasturlar davomida voqea-hodisalardan voqif etadi.  Xodimlar “Amerika Ovozi” dasturlarida uzatilayotgan xabarlar va voqea-hodisalarni atroflicha yoritish uchun izlanadilar. 

“Amerika Ovozi” jurnalistlari o’z dasturlari davomida voqea-hodisalarga siyosiy bo’yoq yoxud muayyan yo’nalish bermaydilar.  Musiqa tahririyat munosabatini ta’kidlash maqsadida qo’llanilmaydi. “Amerika Ovozi” jurnalistlari muayyan bir tomon fikrini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan har qanday holatni chetlab o’tadilar.

Tartiblar

“Amerika Ovozi” xodimlari o'z vazifalarini bajararkanlar, shaxsiy siyosiy qarashlarini unutadilar. Aniqlik, sifat, haqqoniyat –“Amerika Ovozi” ning ajralmas jihatlaridir.

Bu jihatlar muxlislar “Amerika Ovozi” ni dunyo, mintaqa hamda Amerika yangilik va voqea-hodisalarini xolislik bilan yoritadigan axborot manbai sifatida qabul qilishlariga asoslangan.

Qayd etilganlarga tayanib, “Amerika Ovozi” jurnalistlari quyidagilarga amal qiladilar:

1. Faqat oddiy va nodiplomatik passport bilan safarga borish hamda “Amerika Ovozi” jurnalistlari qo’llanmasida qayd etilgandek, xorijdagi AQSh tashkilotlarining faqat xususiy bo’lim muxbirlaridangina yordam olish;

2. Xodimlarning (muxbirlar, jamoatchi hamkorlar) “Amerika Ovozi” dan tashqari maxsus ruxsatsiz boshqa AQSh Davlat agentliklari, xorijiy mamlakatlarning rasmiy ommaviy axborot vositalari hamda xalqaro tashkilotlarda ishlamaydilar;

3. Mualliflik huquqi haqidagi qonunlarga hamda agentlik qoidalariga qat’iy rioya qilib, iqtibos keltirilganda, boshqa axborot agentliklari, kitoblar, nashrlar yoki har qanday ommaviy axborot vositalari xabarlariga tayanilgan holda xabar beradilar

“Amerika Ovozi” xodimlari bu me’yor va qoidalarga qo’shimcha, xizmat o’rinlaridagi yoxud xizmatdan tashqari xatti-harakatlari “Amerika Ovozi” jamosiga bevosita aloqador ekanini tushunadilar. 

Ular jurnalistikaning eng oliy kasbiy mahorat va haqqoniyat me’yorlariga tayanadilar. Xodimlar “Amerika Ovozi” faoliyatining samaradorligi hamda ishonchliligini oshirish uchun o’z xizmat o’rinlarida va dunyo bo’ylab hamkorlik, sofdillik va fuqarolik masalalarini muhokama qilishni yo’lga qo’yishda hamkasblariga ko’maklashadilar.

  Buni ham ko'ring