VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

16 Yanvar 2009 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Markaziy Osiyo
[insert caption here]
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
Huquq faollariga ko'ra respublikada inson manfaatlari himoya qilinmayapti. Amaldagi siyosatni tanqid qilib, erkin so'zlashga urinayotganlar ta'qib ostida.
[insert caption here]
Obama Al-Qoida yanchiladi desa, guruh uni kofir demoqda
Eskpertlar fikricha Obamaning saylanishi Al-Qoida uchun shumxabar. Guruh Obamani islom dushmani deb chiqmoqda. Bu bilan, deydi tahlilchilar, Al-Qoida musulmon dunyosida Obamaga qarshi nafrat uyg'otmoqchi.
[insert caption here]
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Siyosatdonlar nazarida jahonda kim qanday qudratga ega bo'lishini hozirgi moliyaviy tanazzul oqibatlari ko'rsatib beradi. Bugun mahalliy, milliy va global muammolarni bir-biridan ajratish qiyin. Masala borki umumbashariy.
General David Petraeus prepares to testify before Senate Armed Forces Committee, 08 Apr 2008
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
AQSh Markaziy Qo'mondonligi rahbari general Deyvid Petreus Ostonaga safar qilib, Qozog'iston rahbariyati bilan harbiy hamkorlik borasida so'zlashmoqda.
[insert caption here]
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

Rossiya-Ukraina o'rtasidagi gaz mojarosi Markaziy Osiyo davlatlariga o'z tabiiy boyliklarini jahon bozoriga chiqarishda asosan bir davlatga tobe bo'lish xavfli ekanini eslatmoqda.
[insert caption here]
Yevropa-O'zbekiston: Afg'oniston va energetika bosh mavzu
O'zbekiston G'arbga yaqinlashish harakatida. Afg'oniston va zaxiralarni ustun qo'ygan Yevropa huquq mavzusiga ko'z yumishni ma'qul ko'rmoqda.
[insert caption here]
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
Matbuot va elektron ommaviy axborot vositalari nazorat qilinayotgan bir sharoitda internet erkin fikr bildirishning yagona yo'li bo'lib qolmoqda. Biroq bu imkoniyat ham tobora cheklanib borayapti.
[insert caption here]
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil-Xamas orasidagi urushni dialog orqali to'xtatishga chaqirgan. Jamoatchilik esa Isroilni musulmonlarga qarshi tajovuzda ayblamoqda.
Natiq Aliyev
Ozarbayjon: Nabukkoga jiddiy qarash payti yetdi
Ozarbayjon Sanoat va energetika vaziri Notiq Aliyev fikricha Kavkaz va Markaziy Osiyo zaxiralarini G'arbga Rossiyani chetlab o'tgan holda yetkazishi rejalangan Nabukko loyihasini amalga oshirish kerak.
[insert caption here]
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin
Bahorda Afg'onistonda prezident saylovlari o'tishi kerak, biroq saylov kuni hali ham belgilanmagan. Mamlakatda korrupsiya chuqur ildiz otgan va Tolibon safi kengaymoqda.
[insert caption here]
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev shu oy oxirida O'zbekistonga safar qilishi kutilmoqda. Sharhlovchilar fikricha, bu tashrif Rossiya-O'zbekiston aloqalari bir qadar sovuqlashgan pallaga to'g'ri kelmoqda.
[insert caption here]
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?  Audio Clip Available
Neft, tabiiy gaz va siyosat bobida izlangan ayrim olimlar fikricha ona zamin in'omlari har doim ham jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilavermaydi.
Markaziy Osiyo, photo by Michael Filder
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak  Audio Clip Available
Hukumatlar suv zaxiralari yuzasidan mavjud kelishmovchiliklarga yechim topishi, ob-hayotni to'g'ri taqsimlash uchun zamin yaratishi kerak.
A Palestinian security force officer carries a wounded girl into the emergency room at Shifa hospital in Gaza City, 27 Dec 2008
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nazarida urush Yaqin Sharq muammosini hal qilmaydi. G'azo sektorida vaziyatning keskinlashishi jamoatchilik orasida xavotir bilan tilga olinmoqda. Taqvodorlar Isroilni falastinliklarga nisbatan shafqatsizlikda ayblaydi.
Guantanamo detainees stand side by side during midday prayers (file photo)
Tahlil: Guantanamo qachon yopiladi?
Barak Obama ushbu qamoqxonani yopishga so'z bergan. Xalqaro hamjamiyat unga ishonch bilan qaramoqda. Lekin bu harbiy turmadagi asirlar taqdirini hal etish tez va oson kechmaydi.
[insert caption here]
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor  
O'tgan yili oliygohlarda o'qish yanada qimmatlashdi. Darsliklar kam, ta'lim sifati past. Milliy mafkuradan saboq olayotgan yoshlarning ko'pi tarix, respublika oldida turgan muammolar haqida yaxshi bilmaydi.
[insert caption here]
Yangi yildan yangi umidlar... Hozircha qishloqlar chiroqsiz
Odamlar yangi yildan iqtisodiy ravnaq va adolat kutmoqda. 2008 yil O'zbekiston aholisi uchun og'ir davr bo'ldi. Jamoatchi faollar nazarida o'tgan yil tazyiq va bosimlar davri bo’ldi. Mamlakatda ishsizlik va taqchillik kuchaydi.
[insert caption here]
Yangi yilda O'zbekistonni nimalar kutmoqda?
Tahlillarga ko'ra, O'zbekiston og'ir davr bo'sag'asida. Global iqtisodiy bo'hron kelasi yil mamlakatda o'zini namoyon etadi. Inqiroz ta'sirini yumshatishda G'arb bilan tiklanayotgan aloqalardan foydalanish, integratsion aloqalarni kuchaytirish lozim.
[insert caption here]
Tojikiston xalqi 2009 yilga ulkan umidlar bog'lagan
2008 yil Tojikiston xalqi uchun qahraton qish va serhosil yerlarda unumdorlikning pasayishi bilan esda qoladigan bo'ldi. Paxtadan yaxshi hosil olinmadi. Lekin hayotdan mamnun fuqarolar ham yo'q emas.
iqtisod
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz alomatlarini yashirib bo'lmaydi
2009 yil iqtisodiy jihatdan og'ir kelishi mumkin. O'zbekistonda inflyatsiya darajasi yuqori. Ishsizlik keng. Rahbariyat asl vaziyat haqida xalqqa hisobot berishi zarur.
[insert caption here]
Obama ma'muriyati va O'zbekiston  Audio Clip Available
Jahon davlatlari AQSh tashqi siyosati Obama rahbarligida qanday bo'lishi haqida o'ylanmoqda. Yangi ma'muriyat O'zbekiston bilan qanday aloqada bo'ladi? Bush siyosatidan farq qiladimi?
[insert caption here]
Tojikiston xalqi Barak Obamaga umid bilan qaramoqda
Tojikiston Amerikada musulmon va qora tanli ota, nasroniy va oq tanli ona farzandi – Barak Obama prezidentlikka saylanganidan hamon hayratda. AQShning bo'lajak rahbari shu kunlarda oddiy xalq og'zidan tushmay qolgan.
[insert caption here]
AQSh Afg'onistonda yangi mudofaa dasturini sinaydi
Pentagon Afg'onistonda yangi dastur boshlamoqda. Maqsad – mahalliy aholini ogohlikka va ularni vatan mudofaasi uchun mas'uliyatni his qilishga chaqirish. Bu dastur avval Iroqda qo'llangan va xavfislikni ta'minlashda ish bergan.
[insert caption here]
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak  Audio Clip Available
"Markaziy Osiyo iqtisodiyoti global bozorning bir qismi",- deydi ishbilarmon Aleksandr Mirtchev. "Inqiroz haqida xulosa qilishga erta... Choralar har bir davlatda siyosiy-iqtisodiy tajribadan kelib chiqqan holda ko'rilmoqda".