Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Yoshlar orasida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p


16/06/2008

[insert caption here]
Iqtisodiy va ijtimoiy muammolar odamlarni o'z joniga qasd qilishga yetaklamoqda. Aksariyati yoshlar.
Tojikistonda o'z joniga qasd qilish hollari yildan-yilga  ko'payib bormoqda. Mutaxassislar nazarida buning asosiy sababi – mamlakatdagi og'ir iqtisodiy vaziyat. Jamiyat, qariyb 20 yildirki, tanazzuldan chiqa olmayapti deydi ular. 

Mustaqil tahlilchilar hisobicha Tojikistonda har 2 ming odamdan biri o'z joniga qasd qilishga moyil va har 5 mingdan biri bunga qo'l uradi.  

So'g'd viloyatida oxirgi 4 yil orasida 600 ortiq odam o'z joniga qasd qilgan. 

Respublika Bosh prokurori o'rinbosarlaridan birining ma'lum qilishicha, shu yilning birinchi choragida 66 kishi o'zini o'ldirgan. Shundan 49 holati So'g'd viloyatida qayd qilingan.

Omon qolganlarning aksariyati oilaviy mojaro va og'ir iqtisodiy ahvol sabab o'z jonidan to'yganini bildirgan.

Salohiddin Mirzoahmedov ismli yigitning aytishicha, uning tengdoshlari ko'p hollarda ruhiy iztirobni ko'tara olmaydi va ruhiy yordamga muhtoj. 

"Qishloqlarda yoshlar o'zini osmoqda. Men o'zim sevgilisi boshqa qizga sovchi jo'natganini eshitib, o'zini osgan qizni bilaman. Oilada ta'lim-tarbiya ishlari yaxshi olib borilsa, yoshlar bunga qo'l urmaydi deb o'ylayman",- deydi Salohiddin.

Sharif Mullo Xo'jandiy ismli tojikistonlikning fikricha esa odamlar o'zini o'ldirayotgan odamlarni odatda ruhiy kasal deb biladi.

Lekin, deydi u, asl sabab odamlarning iqtisodiy imkoniyatlari cheklanganidir.

"Qachonki, bir kishi baland pog'onada tursa-yu, hayoti faravon bo'lib borsa, boshqaniki pastda qolaversa va hayoti qashshoqlikda o'taversa, bu – iztiroblar o'z-o'zini o'ldirishga olib boradi. O'zini o'ldirayotganlar qattiq iztirobdan asablari zo'riqqan odamlar. Tojikistonda narx-navoning ko'tarilishi tufayli qashshoqlarning ko'payib borayotganligi va o'rta pog'onaning haligacha shakllanmaganligi ham aholiga jiddiy ta'sir o'tkazmoqda",- deydi Sharif Mullo.

Isfara shahridan Saida Xalloqulova ham yosh oilalardagi kelishmovchiliklar va uning ortidagi ruhiy azob tufayli kelinlar o'z jonlariga qasd qilayotganiga urg'u beradi.

"Yoshlar bir-birini sevishadi, tushinishadi, ammo kelinchak yangi oila tabiatini qabul qila olmaydi, yangi sharoitga ko'nika olmaydi. Ko'proq qaynona, qaynisingillar bilan chiqisha olmaydi. Og'ir iztirobni ko'tara olmay o'zlarini osishadi",- deydi Saida.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi So'g'd  viloyat boshqarmasi xodimi Parviz Atoning bildirishicha, o'tgan oylarda o'z joniga qasd qilganlarning 22 nafari yosh ayol va  4 nafari esa o'smir bo'lgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor