VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

12 Yanvar 2009 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi

12/01/2009

President Bush talks to reporters during White House press conference, 12 Jan 2009
Jorj Bush prezidentligining so’nggi haftasini boshladi. 

Bugun Amerika xalqiga murojaat qilib, Oq Uyda jurnalistlar oldida so’nggi marotaba anjuman o’tkazdi.

Bushning aytishicha uning sakkiz yillik boshqaruvi davomida Amerika o’z xavfsizligini kuchaytirdi va dunyo bo’ylab demokratik harakatlarni quvvatlashda davom etdi. 

Terrorni yengish va erkinlik uchun kurash bugunning eng oliy maqsadi, deydi Bush.

Bush “mening siyosatim ko’p odamlarga yoqmaganini, nafaqat Amerikada, balki jahonning turli burchaklarida qarshilikka uchraganini bilaman”,- deydi. "Lekin vaqt xolis hakam", - deydi Bush.

“Uzoq muddatda mening qarorlarim ijobiy samara berganiga guvoh bo’lasiz”,- deydi Bush uni savolga tutgan jurnalistlarga qarata.  

Bush Oq Uyni hayotdan va o'z ishidan rozi ruhda tark etayotganini aytmoqda.

20 yanvar kuni inauguratsiya ketidan Barak Obama prezidentlik kursisini egallaydi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar