|
|
|
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Siyosatdonlar nazarida jahonda kim qanday qudratga ega bo'lishini hozirgi moliyaviy tanazzul oqibatlari ko'rsatib beradi. Bugun mahalliy, milliy va global muammolarni bir-biridan ajratish qiyin. Masala borki umumbashariy.
|
|
|
|
|
|
|
|
Ozarbayjon: Nabukkoga jiddiy qarash payti yetdi
Ozarbayjon Sanoat va energetika vaziri Notiq Aliyev fikricha Kavkaz va Markaziy Osiyo zaxiralarini G'arbga Rossiyani chetlab o'tgan holda yetkazishi rejalangan Nabukko loyihasini amalga oshirish kerak.
|
|
|
|
|
|
|
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nazarida urush Yaqin Sharq muammosini hal qilmaydi. G'azo sektorida vaziyatning keskinlashishi jamoatchilik orasida xavotir bilan tilga olinmoqda. Taqvodorlar Isroilni falastinliklarga nisbatan shafqatsizlikda ayblaydi.
|
|
|
Tahlil: Guantanamo qachon yopiladi?
Barak Obama ushbu qamoqxonani yopishga so'z bergan. Xalqaro hamjamiyat unga ishonch bilan qaramoqda. Lekin bu harbiy turmadagi asirlar taqdirini hal etish tez va oson kechmaydi.
|
|
|
|
|
Yangi yilda O'zbekistonni nimalar kutmoqda?
Tahlillarga ko'ra, O'zbekiston og'ir davr bo'sag'asida. Global iqtisodiy bo'hron kelasi yil mamlakatda o'zini namoyon etadi. Inqiroz ta'sirini yumshatishda G'arb bilan tiklanayotgan aloqalardan foydalanish, integratsion aloqalarni kuchaytirish lozim.
|
|
|
|
|
Obama ma'muriyati va O'zbekiston
Jahon davlatlari AQSh tashqi siyosati Obama rahbarligida qanday bo'lishi haqida o'ylanmoqda. Yangi ma'muriyat O'zbekiston bilan qanday aloqada bo'ladi? Bush siyosatidan farq qiladimi?
|
|
|
Tojikiston xalqi Barak Obamaga umid bilan qaramoqda
Tojikiston Amerikada musulmon va qora tanli ota, nasroniy va oq tanli ona farzandi – Barak Obama prezidentlikka saylanganidan hamon hayratda. AQShning bo'lajak rahbari shu kunlarda oddiy xalq og'zidan tushmay qolgan.
|
|
|
AQSh Afg'onistonda yangi mudofaa dasturini sinaydi
Pentagon Afg'onistonda yangi dastur boshlamoqda. Maqsad – mahalliy aholini ogohlikka va ularni vatan mudofaasi uchun mas'uliyatni his qilishga chaqirish. Bu dastur avval Iroqda qo'llangan va xavfislikni ta'minlashda ish bergan.
|
|
|
|