VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

08 Yanvar 2009 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin


08/01/2009

[insert caption here]
Bahorda Afg’onistonda prezident saylovlari o`tishi kerak. 

Biroq saylov kuni hali ham belgilanmagan.

Mamlakatda korrupsiya chuqur ildiz otgan. Tolibon safi kengaymoqda.

G’azo sektoridagi urushga qarshi norozilik chiqishlari Afg’onistonda ham bo’lib o’tgan. 

Sharhlovchilar fikricha toliblar islom dunyosida kechgan bu norozilikdan unumli foydalanmoqda.

“U yoqqa borib o`z hissamizni qo`shamiz deganlar ham bo’ldi. Afg’onistonda asosiy aholi axir musulmonlar”, - deydi afg'on-o'zbek tadbirkori Ustoz Hamidulla.

Toliblar safi markaziy hukumatdan va vaziyatdan norozi aholi hisobiga kengaymoqda. Hukumat zaif ekan mamlakatda 7 yildan beri jang qilayotgan xalqaro qo’shin ham qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

“Keyingi paytda afg’onlar orasida NATOga nisbatan ishonchsizlik kuchaygan. Bunga harbiy amaliyotlar chog’ida tinch aholi ham qurbon bo`layotgani sabab. Shuning uchun harbiy amaliyot barobarida qayta qurish, tiklash ishlari tez sur'atlarda olib borilishi kerak”, - deydi siyosatshunos Farhod Tolipov.

Mutaxassislar nazarida bu oson emas. Bir tomonda korrupsiya, boshqaruv samarasiz, ikkinchi tomonda esa ishonchsizlik va mahalliy sharoitni yaxshi bilmaslik.

[insert caption here]
“Afg’onistonga shunday vazirlar kelganki, hammasi tashqaridan. Ularning oilasi chet elda yashaydi. O`zlari bu yerda vazir. Albatta, korrupsiya bo’ladi-da”, - deydi Ustoz Hamidulla. 

Toliblar bilan muzokara boshlangani faqat harbiy kuch bilan maqsadga erishib bo’lmasligini ko`rsatmoqda. Bu tashabbus mintaqa aholisi - shimoldagi turkiylar va tojiklar tomonidan qarshilikka uchrashi mumkin.  

Sharhlovchi Komron Aliyevning aytishicha, hukumat shimoldagi yetakchilar bilan murosa qilishi kerak bo’ladi.

“Mamlakatni toliblardan ozod qilishda, Karzayning hukumatga kelishida Shimoliy Alyans vakillarining xizmati katta bo`ldi. Karzay kelgach, alyans vakillarining imkoniyatlari cheklana boshladi. Millatlar o’rtasida munosabatlar hali to'g'ri hal etilmagan”, - deydi Aliyev.

Avvalgi prezident saylovlarida shimoldagi turkiylar va tojiklar ham o'z nomzodi bilan qatnashgan edi. 

[insert caption here]
Bu gal shimol aholisi yagona nomzod ko’rsatishi ehtimoldan holi emas.

“Afg`onistonda turkiylar yashayotgan mintaqa nisbatan osuda, lekin ular juda qashshoq. Davlat ahamiyat berayotgani yo’q. 100 yildan buyon ezilib kelayotgan xalq. Shimolda Abdurashid Do`stum bo. U hozircha, yanglishmasam, saylov haqida bir qarorga kelmagan”, - deydi Ustoz Hamidulla.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar