VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

06 Yanvar 2009 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Arablar BMTdan urushni to'xtatish uchun chora ko'rishni talab qilmoqda

06/01/2009

[insert caption here]
Arab davlatlari BMT Xavfsizlik Kengashini zudlik bilan diplomatik chora ko’rishga chaqirmoqda.

BMT G’azodagi urushni qoralamoqda, ammo Xavfsizlik Kengashi mojaro yuzasidan bir fikrda emas. 

Arab davlatlari diplomatlari kecha va bugun Nyu-Yorkda muzokaralar o’tkazib, Bosh kotib Pan Gi Mundan urushni darhol to’xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya ma'qullanishi uchun barcha vositalarni ishga solishni so’ramoqda.

Arab League Secretary-General Amr Moussa, 19 Dec 2008
"Muhokamadagi rezolyutisya",- deydi Arab Ligasi rahbari Amir Musa, "hujumlarni bas qilish va doimiy sulh tuzish talabini qo’yadi, ya’ni xalqaro hamjamiyat Isroil-Falastin mojarosi qon bilan hal etilmasligini qayd etishi va tomonlarni bir-biriga hujum qilishini man etishi lozim".

Liga nazarida Isroil bosqinchidir va G'azoni tark etishi shart.

Musaning aytishicha, mintaqaga xalqaro kuzatuvchilar kiritilishi va insonparvarlik tashkilotlari ishlashi uchun sharoit yaratilishi lozim.

AQSh rezolyutsiya loyihasini rad etishi mumkin. Falastin rasmiylari bo’lajak prezident Barak Obamani sukut saqlayotganlikda ayblamoqda.

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy fikricha, Obama aniq bir munosabat bildirishi va dunyo ahliga Yaqin Sharqqa nisbatan qanday siyosat yuritmoqchi ekanini tushuntirishi shart.

[insert caption here]
Obama prezidentlik kursiga o’tirmasdan turib, mojaroga bosh suqmoqchi emas. Masala hozircha Jorj Bush qo’lida.

“Isroil davlati o’zini himoya qilishga haqli va biz uni tushunamiz”,- deydi Bush.

“Urushda, yana bir bor qayd etaman, Xamas aybdor. Xamas agar falastinliklar taqdiri haqida qayg’urganida G’azodan turib qo’shni yurtni nishonga olmasdan, Falastin davlati tuzamiz deb turgan Mahmud Abbos va uning Fath harakati bilan kelishib ishlagan bo’lardi”,- deydi AQSh rahbari.

“G’azo aholisiga achinamiz va ularga hamdardmiz”,- deydi Bush. “Shu bois Amerika insonparvarlik yordami ko’rsatish uchun o’n millionlab dollar ajratmoqda”.

UN Secretary-General Ban Ki-moon (Mar 2008 file photo)
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun esa Isroil va Xamasni birdek tanqid qilib, tomonlarni qurol tashlashga undamoqda.

“Isroildan hujumni bas qilishni talab qilish kerak. Nazarimda harakatlarni juda haddidan oshirib yubordi”,- deydi Pan Gi Mun. “Xamas ham raketa xurujlarni to’xtatib, falastinliklar kulini ko’kka sovurayotganini tan olishi kerak”,- deydi BMT bosh kotibi.

Bugun BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida Falastin rahbari Mahmud Abbos ham qatnashadi. Eslatish joiz, Xamas ham, G’azo ham uning nazorati ostida emas.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar