VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

09 Yanvar 2009 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar

Uzbek Broadcasters


CevdetCevdet Seyhan
(uzbek@voanews.com)

Javdat “Amerika Ovozi” O’zbek xizmati mudiri hamda radio va teledasturlar prodyuseri. Televidenie va radio sohasida 1985 yildan beri ishlab keladi. Ota-bobolari aslida Farg’ona vodiysidan, ammo o’zi Turkiyada tug’ilib, katta bo’lgan. Istanbul Davlat Universitetida muhandislik fakultetini bitirgan. Keyinchalik Vashingtondagi Amerika Universitetida (American University) tasviriy media bo’yicha magistrlik darajasini olgan. Mudirlik lavozimiga tayinlanishidan avval, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo’limi bosh prodyuseri, undan oldinroq esa O’zbek xizmati bosh prodyuseri hamda “Amerika Ovozi” TV da rejissyor vazifalarida faoliyat ko’rsatgan.



Navbahor Imamova
(uzbek@voanews.com)

Navbahor “Amerika Manzaralari” turkumi ostidagi ilk televizion ko’rsatuvlar muallifi va boshlovchisi. Shuningdek, kundalik radio dasturlarni olib boradi. “Amerika Ovozi” O’zbek xizmatida 2002 yildan beri ishlab keladi. Jurnalistik faoliyatini 1996 yilda O’zbekiston Davlat Teleradiokompaniyasining “Xalqaro Hayot” redaksiyasida muxbir sifatida boshlagan. 2000-2001 yillarda O’zbekiston Davlat Jahon Tillar Universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Jurnalistika, ommaviy axborot vositalari va siyosiy fanlar bo’yicha Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore) bakalavrlik darajasini, AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) esa magistrlik unvonini qo’lga kiritgan. Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Qo’shqo’rg’on qishlog’ida ziyoli oilasida tug’ilib voyaga yetgan.
Navbahor



OdilOdil Ruzaliev
(uzbek@voanews.com)

Odil “Amerika Ovozi” O’zbek xizmatida 2005 yilning boshidan buyon ishlab kelmoqda. Kundalik radio dasturlarda boshlovchilik qiladi.  2002-2004 yillarda Boston yaqinidagi Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar yo’nalishi bo’yicha magistrlikka erishdi. Avval O’zbekiston televideniesining Birinchi kanalida, 1995 yildan beri havola etilayotgan ingliz tilida yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko’rsatuvining muallifi va boshlovchisi bo’lgan va “Axborot” dasturida mehnat qilgan. Odil ko’p yillar davomida AQShning Toshkentdagi elchixonasida axborot ishlari bo’yicha elchi maslahatchisining yordamchisi bo’lib, faoliyat ko’rsatgan. O’zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg’ona shahrida tug’ilgan.