VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

06 May 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar

Uzbek Broadcasters


CevdetCevdet Seyhan
(uzbek@voanews.com)

Javdat "Amerika Ovozi" O’zbek xizmati mudiri hamda radio va teledasturlar prodyuseri. Televidenie va radio sohasida 1985 yildan beri ishlab keladi. Ota-bobolari aslida Farg'ona vodiysidan, ammo o'zi Turkiyada tug'ilib katta bo'lgan. Istanbul Davlat Universitetida muhandislik fakultetini bitirgan. Keyinchalik Vashingtondagi Amerika Universitetida (American University) tasviriy media bo'yicha magistrlik darajasini olgan. Mudirlik lavozimiga tayinlanishidan avval Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo'limi bosh prodyuseri, undan oldin esa O'zbek xizmati bosh prodyuseri hamda "Amerika Ovozi" TV da rejissyor vazifalarida faoliyat ko’rsatgan.



Navbahor Imamova
(uzbek@voanews.com)

Navbahor "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi va boshlovchisi. Kundalik radio eshittirishlarni ham olib boradi. "Amerika Ovozi" O'zbek xizmatida 2002 yildan beri ishlab keladi. Jurnalistik faoliyatini 1996 yilda O'zbekiston Davlat Teleradiokompaniyasining "Xalqaro Hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. 2000-2001 yillarda O'zbekiston Davlat Jahon Tillar Universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlik darajasini Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlik unvonini esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan.  Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida tug'ilib voyaga yetgan.
[insert caption here]




OdilOdil Ruzaliev
(uzbek@voanews.com)

Odil "Amerika Ovozi" O’zbek xizmatida 2005 yilning boshidan buyon ishlab kelmoqda. Kundalik radio dasturlarda boshlovchilik qiladi.  2002-2004 yillarda Boston yaqinidagi Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar yo'nalishi bo'yicha magistrlikka erishdi. Avval O'zbekiston televideniyesining Birinchi kanalida, 1995 yildan beri havola etilayotgan ingliz tilida yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallifi va boshlovchisi bo'lgan va "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar davomida AQShning Toshkentdagi elchixonasida axborot ishlari bo'yicha elchi maslahatchisining yordamchisi bo'lib ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.