Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Kollektiv xavfsizlik a'zolari Kavkaz mojarosiga doir bayonot chiqardi


05/09/2008

[insert caption here]

Kollektiv Xavsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXShT) Moskvadagi sammitida ishtirok etgan Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg'iziston va O`zbekiston rahbarlari Kavkazdagi urushni muhokama qildi. Kechagi uchrashuvda mudofaa vazirlari Rossiya pozitsiyasini qo’llab-quvvatlamagan edi.

4 sentyabr kuni Moskvada Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo`lib o`tgan edi. Rossiya matbuotiga ko’ra, bugun rahbarlar Rossiyaning Kavkazda tinchlik o'rnatish yo'lidagi harakatlarini qo`llovchi deklaratsiya imzolab, Gruziyaning harakatlarini salbiy baholagan.

Rossiya-Gruziya urushidan bir oy o`tib shu paytgacha harbiy harakatlarga nisbatan MDH doirasida aniq bir munosabat shakllanmagan edi. Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oldi, biroq boshqa davlatlar undan o’rnak olishga shoshmayapti.

Sharhlovchilarga ko`ra, Moskvada o`tayotgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti sammiti Rossiya tomonidan Kavkaz bo`yicha ittifoqchilar topishdagi so`nggi urunish bo’ldi.

[insert caption here]

Rossiya KXShTdan ancha yirik tashkilot bo`lgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida Kavkaz bo`yicha yakdillikka erisha olmadi. Sharhlovchilar nazarida bu Xitoy tutgan pozitsiya o`laroq amalga oshdi.

KXShTda Xitoy singari Rossiya bilan tenglashishi mumkin bo`lgan davlatning yo`qligi tufayli mintaqa davlatlari Rossiya pozitsiyasiga yon berishga moyil. Lekin Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olishgacha bormaydi, deydi tahlilchilar.

“Bu yig`ilish Rossiya kutgan natijaga olib kelmaydi. Xitoy bo`lmaganda edi, mintaqa davlatlariga Rossiya qattiq bosim o`tkazishi mumkin edi. Janubiy Osetiya va Gruziyani Rossiyadan boshqa hech kim tan olgani yo`q. Rossiya Xitoyga ishonayotgan edi, teskarisi b`oldi. Xitoy ayirmachilik harakatini yoqlamaydi”, - deydi sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov.

Tahlilchilar fikriga ko`ra, sammit boshlanishidan avval Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putinning O`zbekistonga tashrifida bu borada gaplashilgan.

Mustaqil davlatlar hamdo`stligi sobiq a`zosi Gruziyaning hududiy jihatdan bo’lingani ko’pchilikni og’ir ahvolda qo`ygan.

Bir tomondanm mustaqil davlatlarning har birida hududiy mojaralar mavjud, ikkinchi tomondan esa, Rossiya bosimiga uchrash xavfi mavjud. Mintaqa mustaqillikka erishgan bo’lsa-da, Rossiyaning kuchli ta`siri ostida.   

“Ukraina, Gruziya kabi g`arb tomonda joylashgan davlatlardan farqli ravishda, mintaqadagi boshqa davlatlar NATOga qo`shilish imkoniyatiga ega emas. Bir tomondan, Rossiya, ikkinchi tomondan esa, Xitoy qurshovida. Biz o`z pozitsiyamizni ishlab chiqar ekanmiz, faqatgina Rossiya manfaatlarini hisobga olmasligimiz kerak. Hududiy yaxlitlik degan tushuncha quruq tushuncha emas, hali bu vaziyatga xalqaro jamoatchilik qanday baho beradi? Xalqaro me’yorlarga ko`ra qanday baholanadi? Shu tomonlarni ham inobatga olishimiz kerak”, - deydi siyosiy sharhlovchi Farhod Tolipov.  

Xalqaro maydonda Rossiyaning izolyatsiyalanish xavfi kuchaygan bir paytda mintaqa davlatlarining Kavkaz bo`yicha pozitsiyalari qanday bo`lishi ancha muhim, deydi tahlilchilar.

Markaziy Osiyoni uzoq yillardan beri o'rganib kelayotgan amerikalik olim Frederik Starr fikricha  mintaqa davlatlari uchun eng ma'qul yo'l - Kavkaz masalasida sukut saqlashdir.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbek ziyolilari Afg'onistondagi saylovoldi vaziyatni sharhlaydi

  Boshqa xabarlar
Turkiya-Armaniston chegarasi ochilishi mumkin
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi  Audio Clip Available
Pokistonga noharbiy yordam berish masalasi muhokamada
Hamid Karzay ikkinchi muddatga saylanmoqchi
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
Obama soliq kodeksini isloh qilmoqchi
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat  Audio Clip Available
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan
Kreml Markaziy Osiyodagi siyosiy nufuzini boy bermoqchi emas
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar  Audio Clip Available