"Amerika Ovozi" - radio, televizion va internet axborot vositasidir.
2003 yilning 1 dekabridan boshlab tayyorlanayotgan ko'rsatuvlar sun'iy yo’ldosh orqali Qirg'izistonda Keremet TV va Afg'onistonda Oyna TV kabi mahalliy kanallarda namoyish etilmoqda. O'zbekistondagi hamkor-telestansiyalar hukumat bosimi ostida "Amerika Ovozi" bilan hamkorlikni to'xtatganiga qaramay, ko'rsatuvlarni sun'iy yo'ldoshda hech qanday to'siqsiz tomosha qilish mumkin. Signallarni qabul qilish va kanalni topish uchun maxsus qo'llanmadan foydalaning.
"Amerika Manzaralari" ko'rsatuvida xalqaro maydondagi dolzarb masalalar, AQSh tashqi siyosati va AQSh-Markaziy Osiyo aloqalari yoritiladi. Shuningdek, Amerikadagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar aks ettiriladi. Dasturlardan ilm-fan, salomatlik, tabiat, sport, kino va musiqiy mavzudagi lavhalar ham o'rin oladi.
Quyidagi jadvalda hozirgi va yaqin o'tmishdagi hamkor telestansiyalar ro'yxati keltiriladi.
Mezon TV
O'sh, Qirg'iziston
Keremet TV
O'sh, Qirg'iziston
Oyna TV
Mozori-Sharif, Afg'oniston
30 Kanal
Toshkent shahri
Aloqa TV
Guliston, Sirdaryo viloyati
Denov TV
Denov, Surhondaryo viloyati
Qizilqum TV
Qizilqum, Navoiy viloyati
Marg'ilon TV
Marg'ilon, Farg'ona viloyati
Osiyo TV
Vobkent, Buxoro viloyati
Samarqand TV Xalqaro kanal
Samarqand, Samarqand viloyati
To'rtko'l TV
To'rtko'l, Qoraqalpog'iston
O'zbekiston Kabel TV
Toshkent
Muloqot TV
Qo'qon shahri
Istiqlol TV
Buxoro shahri
O'zbekiston Davlat TV- Sport kanali
Toshkent va boshqa viloyatlar
"Amerika Ovozi" Youtube.comda ham o'z muxlislariga ega. Ushbu sahifada ko'plab lavhalarni tomosha qilish va dasturlar haqida muhim ma'lumotlar olish mumkin. Youtube.comdan ularni topish uchun "voa uzbek" yoki "amerika ovozi uzbek" so'zlarini tering.