VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

06 May 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?

29/04/2009

Obama
Obama asosiy diqqatni iqtisodiyotga qaratmoqda
Sir emaski, Barak Obamaga Jorj Bush davridan katta siyosiy mashmashalar, urushlar, qolaversa yaqin tarixdagi eng ulkan iqtisodiy inqiroz meros bo'lib qoldi. 

Obama asosiy diqqatni moliyaviy tushkunlikdan chiqishga qaratmoqda. Ammo bugungacha nimaga erisha oldi?

Barak Obama Oq Uyni umid uchquni bilan egalladi. Amerika o'tgan yarim asrdan beri bu qadar iqtisodiy tushkunlikka tushmagan edi.

"Bugundan binoan boshni ko'tarib, loqaydlikni bas qilib, mamlakatimiz ravnaqi uchun ter to'ka boshlaymiz",- degan edi Obama o'zining birinchi prezidentlik nutqida.

Bu so'zlardan 100 kun o'tib Amerika hamon tanazzul domida. Qayerga qaramang, ishsizlik, moliyaviy yetishmovchilik. Prezident hali ishni eplay olgani yo'q, deydi muxolifatchilar.

"Prezidentning birinchi 100 kunini qoniqarli deb baholagan bo'lardim. Qarorlari hali samara bergani yo'q",- deydi Alan Viard, respublikachilar va ularning siyosiy qarashlarini quvvatlovchi ilmiy institut xodimi.  

Barak Obama, deydi u, Amerika xalqiga byudjetdagi kamomadni kamaytiraman deb va'da bergan. Qanday qilib, deya so'raydi mutaxassis.

Uch yarim trillion dollarlik byudjet bilan chiqqan prezident o'rtahol oilalar uchun daromad solig'ini pasaytirmoqchi.

"Mayli, o'rta sinf uchun soliqni kamaytirdik ham deylik. Lekin xarajatlarni qanday qoplaymiz? Ijtimoiy ta'minot uchun mablag'ni qayerdan olamiz"? – deya taajjublanadi Alan Viard. 

"Prezidentning iqtisodiy dasturini tushunmayapman. Soliqlarning kamaygani yaxshi, ammo byudjet asosi soliq ekanini unutmaslik kerak", -deydi bu konservativ sharhlovchi.

Obama va uning tarafdorlari esa respublikachilarni tirnoq tagidan kir qidirayotganlikda ayblaydi. Iqtisodni ishdan chiqargan o'zi ular, deydi demokratlar. Obama ko'rayotgan iqtisodiy choralar albatta meva beradi, deya ishonch bildiradi tahlilchi Joshua Piker. 

"Odamlar iqtisodiyotga yana umid bilan qaramoqda",- deydi olim. "Xarid ko'lami oshgan. Sarmoya oqimi ham yomon emas. Ko'chmas mulk bozorida biroz jonlanish bor. Inqirozdan chiqish oson emas, vaqt kerak",- deydi Joshua Piker.

Prezidentning har bir qarori a'lo bo'lmasligi mumkin; qoqilish, afsuslanish tabiiy hol. Lekin, eng muhimi, bugun amerikaliklarning o'ziga ishonchi oshgan. Obamani xorij ham quvvatlamoqda, deydi Joshua Piker.   

"Prezident muammolarni ochiq tan oladi. Vaziyat murakkab ekanini yashirmaydi. 100 kunga qarab uni yaxshi yoki yomon prezident deb baholash qiyin. Vaqt xolis hakam. Obama ishni eplashiga ishonaman",- deydi liberal sharhlovchi.

Amerikaliklar oshkoralikni sevadi; rahbar konkret ish yurita olsin va xalqqa aniq va lo'nda gapirsin, deydi ular. Har bir amerikalik prezidentni ana shu talablar asosida baholayotgan bo'lsa ajabmas.    


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Krizisdan aziyat chekkan davlatlarga yordam va'da qilinmoqda
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
O'zbekistonda biznes muhitini yaxshilash uchun nima zarur?
O'zbekistonda korrupsiyani yengib bo'ladimi?
Obama iqtisod tiklanmoqda deydi
Qishloq farovonligi yilida yangi banklarga ishonch past
O'zbekistonda tadbirkorlar turli to'siqlardan shikoyat qilmoqda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
Bu yil iqtisodiy jihatdan og'ir davr bo'ladi
Dunyo Barak Obamadan amaliy qadamlar kutmoqda
Katta Yigirmalik umumiy dasturga kelishib oldi
Obama iqtisodiy inqirozni bartaraf etishda hamkorlikka chaqirmoqda
Amerikadagi vatandoshlar bir-biriga tayanch
Yangi xalqaro valyuta joriy etish vaqti yetdimi?
Obama iqtisodiyot tiklanishiga ishonadi
AQSh banklarni jonlantirish uchun yangi reja qo'llamoqda
Inqiroz kengayarkan, moliyaviy tashkilotlardan najot kutilmoqda
AQSh Markaziy banki raisi: krizis bir yilda tugashi mumkin
Amerika iqtisodiyotida biroz jonlanish kuzatilmoqda
 
  Bosh mavzu