VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

06 May 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
O'zbekistonda korrupsiyani yengib bo'ladimi?


21/04/2009

O'zbekiston Adliya vazirligi
O'zbekiston Adliya vazirligi
O'zbekistonda hukumat korrupsiyaga qarshi kurash boshlamoqchi. Ayni paytda bu borada milliy dastur loyihasi ishlab chiqilmoqda. Uning boshida esa korrupsiyaga daxldor davlat idoralari turganligi chuqur e'tirozga sabab bo'lmoqda. 

O'zbekistonda korrupsiya aralashmagan sohani yoki unga qo'l urmagan amaldorni topish qiyin.

Korrupsiyaning asosiy ko'rinishi amaldorlarning o'z mansabini suiste'mol qilishidir. Ularga belgilangan maosh bilan tirikchilik qilib bo'lmas ekan, deydi ayrim o'zbekistonliklar, poraxo'rlikka qarshi chora haqida gapirib bo'lmaydi.  

Respublika korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha BMT Konvensiyasini imzolagan. 

O'zbekiston Bosh prokuraturasi qoshidagi maxsus ishchi guruh hozir yulg'ichlikka qarshi milliy dastur tuzish bilan band.

"Hozir korrupsiyaga qarshi kurash dasturi bo'yicha asosiy mas'ul idoralar sifatida prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy Xavfsizlik Xizmati ekanligi aytilayapti. Bu juda kulgili holat, chunki bu idoralarning o'zi korrupsiya botqog'iga botgan. Ularning o'zi korrupsiyadan himoyaga muhtoj", - deydi "Tezkor guruh " analitik markazi xodimi Suhrob Ismoilov.

"Tezkor guruh" masala yuzasidan o'z tavsiyalari bilan chiqqan.

Birinchi navbatda hukumat rahbari korrupsiyaga qarshi kurash boshlanganini rasman, ochiq e'tirof etishi kerak.

Ikkinchidan, deydi tahlilchilar, milliy dastur bir necha davrga bo'linishi va har bir bosqich nihoyasida oshkora hisobot berilishi shart.

Korrupsiya ortidagi omillar orasida davlat idorasi xizmatchilarining maoshi kamligi tez tez tilga olinadi. Demak, deydi mutaxassislar, oylikni oshirish kerak. 

Bu degani avvalo mamlakatda iste'mol savatining miqdori aniqlanishi va e'lon qilinishi zarur.

"Agar davlat hozirgi loyihadan samara bo'lishini istasa, davlat xizmatchisini ijtimoiy himoya qiluvchi yangi qonun qabul qilishi kerak. Unda davlat xizmatchisining maoshi bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak. Bizning ma'lumotlarga ko'ra o'rta tabaqadagi sudya 100 dollar atrofida oylik oladi. Qanday qilib u korrupsiyaga qarshi kurashadi?", - deydi Suhrob Ismoilov.

"Tezkor guruh" milliy dasturni tayyorlayotgan ishchi guruh tarkibiga nodavlat tashkilot vakillari kiritilishini, keyinchalik maxsus tashkilot tuzilib, uni aksilkorrupsiya idorasiga aylantirishni taklif qilmoqda.

"Bu guruhda faqatgina davlat idoralari bo'lishidan samara kutish qiyin. Ular ishlagan dastur to'liq bo`lmasligi mumkin. Keyinchlik ishchi guruh ijroiya va adliyadan mustaqil ravishda korrupsiyaga qarshi kurashni nazorat qiluvchi alohida idora sifatida shakllanishi kerak", -  deydi Suhrob Ismoilov.

"Korrupsiya taraqqiyot yo'lidagi g'ov" degan sarlavha ostidagi bu mustaqil loyiha ustida ishlagan faollardan biri Abdirahmon Tashanov fikricha korrupsiya ortida amaldorlarning o'zi turgan ekan, rasmiy harakatlar samara bermaydi.

"Hukumatdan korrupsiyani tan olishni kutish qiyin. Shunday ekan yaxshi takliflar inobatsiz qolishi mumkin.  Bizda axir korrupsiyaning barcha ko`rinishlarini uchratish mumkin. Korrupsiyadan avvalo hukumatning o'zi manfaatdor", - deydi Tashanov.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Iqtisodiy tanazzul dunyo ahli uchun siyosiy-ijtimoiy sinov
Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro sahnadagi rolini oshirish harakatida
Markaziy Osiyo bo'ylab inson huquqlari og'ir ahvolda
Amerika-O'zbekiston aloqalarida inson huquqlari hamon nozik masala
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Barak Obama musulmon dunyosini muloqotga chorlamoqda
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor  
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Amerikada korrupsiya va oshkoralik yonma-yon yuradi
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz alomatlarini yashirib bo'lmaydi
O'zbekistonda korrupsiya ortida hukumatning o'zi turibdi
O'zbekistonda matbuot kishanlanganicha qolmoqda
O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda
Jahon bozoridagi tanglik O'zbekistonga qanday ta'sir qilmoqda?
O'zbekistonda qonunlar yaxshi, lekin amalda hali foyda bermayapti
Tojikiston korrupsiya chuqur ildiz otgan davlatlar ro'yxatida
Demokratiya - qator muammolarga javob
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
Neftga boy davlatlarda avtoritarizm rivojlanmoqda
O'zbekiston qishloq xo'jaligi sovet o'tmishida muzlab qolgan
Korrupsiya afg'on xalqiga qoradoridan qutulishga yo'l bermayapti
Tojikiston yosh va malakali kadrlardan ayrilmoqda
Qirg'iziston muxolifati: Qozog'iston o'zini gegemonlarcha tutmoqda
Dunyo xavfsizligini ta'minlash kimning ishi?
Tushkunlikka tushgan davlatlarga nisbatan siyosat muhokamada
Ukrainada o'zbekistonlik muhojirlar tazyiqdan shikoyat qilmoqda
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda
Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash boshlagan
Hukumat fuqarolarga siyosiy, iqtisodiy erkinlik berishi lozim
Markaziy Osiyoda hali ham sovetcha illatlar hukmron
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekan, yechim xalq qo'lida
O'zbekiston paxtasi ustidan xalqaro bahslar davom etmoqda
O'zbekiston hali ham erkinlikka zor jamiyatlar qatorida
O'zbekiston taraqqiyoti mintaqaviy integratsiya bilan bog'liq
Alisher Soipov - haqiqiy jurnalist va chin inson
Alisher Soipovni uning hamkasblari xotirlaydi
Amerikalik olim: O'zbekiston iqtisodiyoti o'smoqda, lekin muammo ko'p
O'zbekistonda muammo ko'p, yechimi ko'rinmaydi
Abituriyentlar kirish imtihonlarida uyali telefondan foydalangan
Korrupsiya ishini ko'rgan sudya Karimovdan iste'fo so'ramoqda
Tojikiston iqtisodi oyoqqa turmoqda, lekin qashshoqlik hamon muammo
 
  Bosh mavzu