VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh Afg'onistonga yuk yetkazishning yangi yo'llarini izlamoqda


09/02/2009

[insert caption here]
Qirg`iziston hukumati AQSh kuchlarini “Manas” harbiy bazasidan chiqarishga qaror qilgach, Afg’onistonga yuklarni O`zbekiston va Tojikiston orqali yuborish ehtimoli muhokama qilinmoqda. 

Tojikiston prezidenti bu borada Qo’shma Shtatlar bilan hamkorlikka tayyorligini rasman ma`lum qilgan. 

O`zbekiston pozitsiyasi esa hozircha mavhum. Ba’zi xabarlarga ko`ra AQSh va O`zbekiston harbiy hamkorlikka xufyona kelishib olgan, biroq bu ma`lumot rasman tasdiqlanmagan.

AQShning Tojikistondagi elchxonasi tarqatgan ma`lumotga ko`ra, AQSh yuklarini Tojikiston orqali yetkazish muhokamada. Biroq AQSh harbiy bazasini ochish haqida ma’lumot yo’q.

Qirg’iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyev AQSh harbiy bazasini chiqarishga qaror qilgach, Qo’shma Shtatlar mintaqaning boshqa davlatlari bilan muzokara boshladi.

Taxminlarga ko’ra, O`zbekiston bilan bitim imzolanish arafasida, biroq hozircha AQSh Davlat departamenti ham, rasmiy Toshkent ham biror izoh bermagan. 

Ayni paytda O`zbekiston orqali Afg`onistonga insonparvarlik yordam, shuningdek, NATO qo`shiniga tegishli yuklar o`tadi.

Gansi aviabazasi
Siyosiy sharhlovchi Avduvali Soyibnazarov fikriga ko’ra, AQSh Afg’onistonga boruvchi mavjud yo`llar borasida muzokara qilayotgan bo’lishi mumkin.

“Meningcha, Hayraton ko`prigidan o`tuvchi yuklar hajmini ko`paytirish yoki AQSh noharbiy yuklarini yetkazishda Termizdagi harbiy bazadan kengroq  foydalanish haqida gap borishi mumkin”, - deydi sharhlovchi.

So`nggi voqealar O`zbekistonda AQSh harbiy bazasi qayta ochilishi mumkin degan taxminlarni uyg’otgan.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi AQSh Qo`zog`iston va O`zbekistonda harbiy baza ochayotgani haqida bayonot bergan edi.

Bu bayonot AQShning O`zbekistondagi elchxonasi tomonidan rad etilgan.

“Mintaqa davlatlari baza ochish yuzasidan munosabat bildirmayapti. Afg`onistonga yuklarni yetkazish haqida gap borayapti, xolos. Turkmaniston ham yaqinda harbiy  siyosatini e`lon qildi. Unga ko`ra mamlakat harbiy bloklarga qo`shilmaydi”, - deydi Abduvali Soyibnazarov.
Sharhlovchilarning aytishicha, Afg’oniston bo’yicha mintaqa bilan hamkorlik Rossiyaning kuchli qarshiligiga uchramoqda.

“Rossiya Qirg`izistonga ta’sir qilmaganida baza Bishkek uchun kerak edi. Moskva Qirg`izistonga qattiq bosim qildi. Bir tomondan, Obama kelgach vaziyat yumshashi mumkin; ikkinchi tomondan, Rossiya Obamaga qudratini ko’rsatib qo’ymoqchi. Lekin O`zbekiston oxirgi paytlarda nisbatan mustaqil siyosat yuritayapti. Masalan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasidagi Tezkor qo`shinlarga to`liq qo`shilmadi; alohida qo`shilish shartini saqlab qoldi”, - deydi siyosatshunos, tarixchi professor Goga Hidoyatov.

Dmitriy Medvedevning O`zbekistonga tashrifi chog`ida Afg`oniston masalasida gapirgan O`zbekiston prezidenti Islom Karimov Barak Obamaning Afg`oniston bo`yicha tashabbusi umid uyg`otayotgani, Afg`oniston masalasiga birinchi navdatda qo’shni davlatlarni ham jalb etgan holda yondashish  zarurligini ta`kidlagan edi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbek ziyolilari Afg'onistondagi saylovoldi vaziyatni sharhlaydi

  Boshqa xabarlar
Turkiya-Armaniston chegarasi ochilishi mumkin
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi  Audio Clip Available
Pokistonga noharbiy yordam berish masalasi muhokamada
Hamid Karzay ikkinchi muddatga saylanmoqchi
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
Obama soliq kodeksini isloh qilmoqchi
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat  Audio Clip Available
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan
Kreml Markaziy Osiyodagi siyosiy nufuzini boy bermoqchi emas
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar  Audio Clip Available