VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Turkiston-Amerika uyushmasi 50 yilligini nishonladi


19/12/2008

Turkiston-Amerika Uyushmasiga 1958 yil Nyu-York shahrida asos solingan. U payt Amerikada markaziy osiyoliklar ko'p bo'lmagani uchun oz sonli vatandoshlar bilan aloqada bo'lish juda muhim edi. Asta-sekin AQShga Turkiya, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni, Xitoy va boshqa mamlakatlardan o'zbeklar ko'chib kela boshlagan.

Yillar davomida jamiyat a'zolari O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarning ozod bo'lishini orzu qilishgan, chunki Sovet davrida ota-yurtga borish ular uchun amri mahol edi. O'zbekiston mustaqilligi ularga vatan tuprog'ini ko'zga surtish imkoniyatini berdi.

Uyushmaning ko'p yillik raisi Abdulla Xo'jaga ko'ra, bugunga kelib jamiyatga mingga yaqin kishi a'zo. Aksariyati Nyu-Jersi shtatining Parsippani shahrida yashaydi.

Amerikada o'zbeklar soni oshgan sari yangi markazga ega bo'lish zarurati paydo bo'ldi. O'tgan yili jamiyat shtatning Dover shahrida ikki qavatli imorat sotib olgan. Respublikadan kelgan usta va naqqoshlar esa uni o'zbekona uslubda bezagan.

Kechaga tashrif buyurgan O'zbekistonning AQShdagi elchisi Abdulaziz Komilov prezident Islom Karimovning o'zbek jamoasiga tabrigini yetkazdi.

Jamiyat a'zolarining 90 foizi o'zbeklar. Keksalar Turkistonni qo'msab yashaydi. Yoshlar esa Amerikada tug'ilgan bo'lsada, katta yoshdagilar nasihati bilan o'zbek madaniyati va urf-odatlari, tili hamda islom dinidan boxabar bo'lishga harakat qiladi.

Kechada amerikalik o'zbek qizaloqlar vatan va ona haqida she'r aytib, milliy raqs ijro etdilar.

Turkiston-Amerika Uyushmasi rahbarlariga ko'ra, jamiyat so'nggi paytda siyosiy tarafdan faollashmoqda. O'zbeklar yashaydigan Parsippani shahar meri uchun bo'lgan saylovlarda jamoa ovoz bergan nomzod g'alaba qozondi.

Prezident saylovlarida amerikalik o'zbeklarning aksariyati Barak Obamaga ovoz bergan. Saylovlardan so'ng esa jamoa rahbariyati unga tabrik maktubini yo'llab, AQShning bo'lajak prezidentini Markaziy Osiyo va xususan O'zbekiston bilan faol hamkorlikka chaqirgan.


Listen to This Report Turkiston-Amerika Uyushmasi 50 yoshda
Download  (MP3)
Listen to This Report Turkiston-Amerika Uyushmasi 50 yoshda
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbek ziyolilari Afg'onistondagi saylovoldi vaziyatni sharhlaydi

  Boshqa xabarlar
Turkiya-Armaniston chegarasi ochilishi mumkin
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi  Audio Clip Available
Pokistonga noharbiy yordam berish masalasi muhokamada
Hamid Karzay ikkinchi muddatga saylanmoqchi
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
Obama soliq kodeksini isloh qilmoqchi
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat  Audio Clip Available
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan
Kreml Markaziy Osiyodagi siyosiy nufuzini boy bermoqchi emas
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar  Audio Clip Available