Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekistonda immunitet taqchilligidan azob chekayotganlar soni mavhumligicha qolmoqda


01/12/2005

Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti chiqargan hisobotga ko`ra, O`zbekiston immunitet taqchilligi virusi va uning oqibatida vujudga keluvchi SPID kasalligiga chalinganlar soni keskin o`sib borayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda immunitet taqchilligi virusini yuqtirgan va SPID kasalligidan aziyat chekayotganlar soni besh yarim mingdan oshadi. Bu yil O`zbekistonda qancha odam bu virusga va uning kuchayishi natijasida vujudga keluvchi xavfli kasallikka chalinganligi haqida  rasmiy ma’lumotlar e`lon qilinmagan. Respublika SPID markazining bildirishicha, rasmiy hisobot shu yilning oxiriga qadar e’lon qilinadi.

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasiga ko'ra, odatda immunitet taqchilligi virusiga  chalinganlarning taxminiy sonini aniqlash uchun rasmiy ko'rsatkichni o'nga ko'paytirish lozim.  . 

“SPID muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus xalqaro tashkilotlar bor. Ularning hisoblariga ko`ra, har qanday rasmiy ko`rsatkichlarni o`nga ko`paytirish zarur. Men aytgan ko`rsatkichlar ham bundan mustasno emas,”- deydi tashkilot mutaxasisi Iskandar Ismoilov.

O`zbekistonda 1995-1996 yillarda immunitet taqchilligi virusi va SPIDga chalinganlar soni 90-100 kishi atrofida edi.

Mutaxassislarning fikricha, O`zbekistonda kasallik avvaliga asosan jinsiy aloqalar orqali yuqayotgani haqidagi qarash ustun bo`lsa, bugunga kelib virus 80 foiz hollarda giyohvandlik orqali orttirila ekan. 

O`zbekistonga SPID kasalliligiga qarshi kurashish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan turli grantlar ajratilmoqda. Yaqinda Jahon banki tomonidan 25 million AQSh  dollari berildi.

Mutaxassislarga ko`ra, hozir O`zbekistondagi asosiy muammo bu mamalakat aholisining qanchasi immunitet taqchilligi virusi va SPIDga chalinganligini aniqlashtirishdir. Bu borada yuritilayotgan targ`ibotlar va tashviqotlar qanchalik foyda berishidan qat’iy nazar, samarali natijaga erishish qiyin kechayotganligi aytilmoqda.

Shu bois rasmiy ma’lumotlarni o`nga ko`paytirish lozimligiga urg`u beriladi. Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga ko`ra,  biror davlat aholisining bir foizi virusga chalinganligi aniqlansa,  u yerda SPID kasalligi epidemiya sifatida e’tirof qilinadi. O`zbekistonda bu xavfli kasallikka chalinayotganlar sonini aniq emasligi sabab ham epidemik holat haqida gapirish  qiyin.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbek ziyolilari Afg'onistondagi saylovoldi vaziyatni sharhlaydi

  Boshqa xabarlar
Turkiya-Armaniston chegarasi ochilishi mumkin
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi  Audio Clip Available
Pokistonga noharbiy yordam berish masalasi muhokamada
Hamid Karzay ikkinchi muddatga saylanmoqchi
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
Obama soliq kodeksini isloh qilmoqchi
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat  Audio Clip Available
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan
Kreml Markaziy Osiyodagi siyosiy nufuzini boy bermoqchi emas
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar  Audio Clip Available