VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekiston hukumati nogironlarni himoya qilishni va'da qilmoqda


18/03/2009

[insert caption here]
BMT va O'zbekiston hukumati nogironlarga munosabatni o'zgartirish ustida ishlamoqda. www.undp.uz saytidan olindi
O'zbekiston yaqinda nogironlar huquqlarini kafolatlovchi BMT konvensiyasini imzolagan edi. 

Hujjat nogironlar ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ularni ish bilan ta`minlash, ijtimoiy hayotdagi rolini oshirishni nazarda tutadi. 

Bu insonlar O`zbekiston aholisining salkam uch foizini tashkil etadi.  

Sharhlovchilar nazarida mamlakatda sog’lom aholi huquqlari to’liq ta’minlanmagan bir paytda, hukumat nogironlar uchun imkoniyat yaratishi gumon.

Mutaxassislar ta'biricha, O’zbekiston tomoni BMT konvensiyasini imzolashdan avval ancha tayyorgalik ko’rgan.

BMT Taraqqiyot dasturi O`zbekiston Mehnat vazirligi bilan hamkorlikda nogironlarni ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash loyihasini (ACCESS) amalga oshirmoqda.

Mazkur loyiha mutaxassisi Shahnozaxon Ikromova BMT konvensiyasini imzolash ortida aniq maqsadlar bor, deydi.

“Avval vaziyat o`rganilgan, ancha ishlar olib borilganidan keyin konvensiya imzolandi, deb hisoblayman. Hozir ko`p o`zgarishlar bo`layapti. Mehnat, Oliy ta`lim, Sog`liqni saqlash vazirliklari loyihamizga ko`pdan ko`p yordam berayapti”, - deydi u.  

Shahnozaxon Ikromova so’zlariga ko`ra, BMT loyihasi nogironlarga nisbatan munosabat ustida ishlamoqda.

“Asosiy muammo nogironlarni ish bilan ta`minlash. Birinchidan, nogironlar ishlashga tayyor emas. Ikkinchidan, ularni ishga joylash ham qiyin kechyapti. Kasanachilikni rivojlantirish bo`yicha imkoniyat yaratilgan. Nogironlarni professional o`qitish yo`lga qo`yilmoqda. Ularning malakasi hozir mavjud vakansiyalarga javob bermayapti. Loyiha tomonidan bandlik markazlari bilan hamkorlikda nogironlarni o`qitish kurslari yo`lga qo`yilmoqda”, - deydi Ikromova. 

Yaqinda Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi O`zbekiston nogironlar jamiyatining sobiq raisi Oybek Isoqov ishi bo`yicha hukm chiqardi.

Isoqov davlat mulkini o`zlashtirishda ayblanib, 2 yil shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Unga 12 million so`m miqdorida jarima solingan.

O`zbekiston huquq himoyachilari uyushmasi vakili Yelena Urlayeva mazkur sud jarayonini kuzatgan.

Uning aytishicha, O`zbekistonda insonparvarlik yordamlarini o`zlashtirish holatlari ko`p, nogironlar juda qiyin sharoitda yashaydi.

“Uyushmamizga O`zbekistonning turli burchaklaridan nogironlar murojaat qiladi. Ularni qiynayotgan muammolar - ijtimoiy yordam yetishmaydi, huquqlari buziladi, ijtimoiy muhofaza ta`minlanmagan, davlat  ajratayotgan yordam miqdori tobora kamayib bormoqda”, - deydi Yelena Urlayeva.

BMT konvensiyasini imzolash bilan nogironlar huquqlarini ta`minlanadi deb o`ylash noto`g`ri, deydi u.

“O`zbekiston ko`plab konvensiyalarni imzolagan, lekin amalda nafaqat nogironlar, oddiy fuqarolar, yosh bolalar huquqlari poymol etilmoqda. Davlat, hech bo`lmaganda nogironlarni qo`llab-quvvatlashi kerak, lekin aksincha. Hozir, ayniqsa yo`l-transporti hodisasi tufayli nogiron bo’lgan kishilar og`ir ahvolda”, - deydi Urlayeva.

Rustam Safarov nogiron bolalarni qo`llab-quvvatlovchi “Umr” nodavlat tashkiloti rahbari bo`lib ishlagan.

Uning o`zi nogiron. Bir yildan beri ishlamaydi. Ikki nafar farzandi bor, hozir onasining qaramog`ida.

“Ishdan ketganidan keyin qattiq tushkunlikka tushib qoldi. Mening pensiyamga qarab qolgan. O`zi 55 ming so`m pensiya oladi, dori-darmon degan gap yo`q, hech qayerdan yordam ko`rsatilmaydi. Uyda o`tirib qolgach, qattiq tushkunlikka tushib qoldi”, - deydi Rustam Safarovning onasi.

Sharhlovchilar nazarida nogironlar muhofazasini avvalo nogironlar muammosini ochiq muhokama qilishdan boshlash kerak.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekistonda nogironlar hayoti og'irlashgan
O'zbekiston xalqi saxovat-muruvvatni unutdimi?
O'zbekistonlik yetim bolalar AQShda panoh topishi mumkin
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
"Maxsus Olimpiyachilar" - aqlan zaif bolalar uchun najot manbai
O'zbekiston viloyatlarida boshpanasiz daydi kishilar ko'paymoqda
2007 yil - O`zbekistonda “Ijtimoiy himoya yili”
O'zbekiston ayollari orasida ichkilikka berilish hollari ko'paymoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbek ziyolilari Afg'onistondagi saylovoldi vaziyatni sharhlaydi

  Boshqa xabarlar
Turkiya-Armaniston chegarasi ochilishi mumkin
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi  Audio Clip Available
Pokistonga noharbiy yordam berish masalasi muhokamada
Hamid Karzay ikkinchi muddatga saylanmoqchi
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
Obama soliq kodeksini isloh qilmoqchi
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat  Audio Clip Available
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan
Kreml Markaziy Osiyodagi siyosiy nufuzini boy bermoqchi emas
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar  Audio Clip Available