Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...


06/11/2008
Lavhani tinglang - Download (MP3) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (MP3) audio clip

Wall Street traders, 05 Nov 2008
Amerikada Barak Obamaning prezidentlikka tanlangani O’zbekiston va butun Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi?

Oq Uyga ilk bora qora tanli arbob saylangani, qolaversa AQShda hukumat o'zgarayotgani siz uchun qanday ahamiyatga ega?

Saylovni Amerikada kuzatgan o’zbekistonliklar, qolaversa Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridan kelgan vakillar bu mamlakat fuqarolari vatanparvar, erkin fikrlaydigan, soddadil va kelajakka umid bilan qaraydigan xalq ekan deydi.

O’zbekiston xalqi bu jamiyat bilan yaqinlashishni istasa va eng asosiysi, o'zi bir millat sifatida oldinga qadam tashlamoqchi bo'lsa, bu olis yurtdan o'rnak olishi kerak, deydi advokat Shuhrat G’aniyev.

President-elect Barack Obama waves after giving his acceptance speech at Grant Park in Chicago, 04 Nov 2008
"Xalqning ishonchi - Amerikaning eng muhim boyligi. Davlat hozir qiyin ahvolda, inqiroz ketayapti. Lekin, qarangki, xalq shu paytda o'z davlati bilan. Davlat tizimiga ishonayapti. Xalq nihoyatda faol. Hamma narsa ochiq va oydin",- deydi kuzatuvchi. “O’zbekistonda xalq hukumatga ishonmaydi, ishona olmaydi ham”.

Qo'shma Shtatlar Markaziy Osiyoning har bir davlati bilan o'zaro xohish va idoradaga qarab munosabat yuritayotganini, aloqalar zaminida iqtisodiy taraqqiyot, erkinlik va xavfsizlik kabi strategik maqsadlar yotishini ta'kidlab keladi. Amerika diplomatlari rishtalar murakkab ekanini, har bir respublika bilan o'ziga yarasha kelishmovchilik va hamfikrlik mavjud ekanini aytadi.

Tojikistonning “Xovar” axborot agentligi muxbiri Murodali Umarov nazarida so’nggi saylovlar Amerikada haqiqiy demokratiya hukmron ekanini isbotladi.

Barak Obama, deydi jurnalist, AQSh davlatchiligining asosi bo'lmish erkinlik, tenglik va demokratiya tushunchalari targ’ibotiga urg’u berishi tayin. "AQSh hamisha shunday yo’l tutib kelgan",- deydi Umarov.

Markaziy Osiyo
"Obama O’rta Osiyoda avvalgi prezidentlarning siyosatini davom ettiradi. Balki ko’proq vaqt va kuch sarflar. O’tgan administratsiyalar haqiqatdan ham O’rta Osiyoda ko’p ish qildi”,- deydi Murodali Umarov, Sovet Ittifoqi bo’linganidan beri olib borilgan siyosatga ishora qilib.

“Masalan, Jorj Bush, Bill Klinton va mana bugungi prezidenti Jorj Bush juda katta xizmat qildi. Menimcha,Obama davrida mintaqaga demokratiya sohasida yordam davom etadi va munosabatlar yanadarivojlanadi”.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov fikricha ham Amerikada demokratiya g’alaba qildi va bu davlatdan umid katta.

“Barak Obamaning yutishi inqilobdek tuyuldi menga.Butun dunyoda demokratiyaning o’ziga xos g’alabasi deyish mumkin. Barak Obama O’zbekiston bilan, demokratik nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, munosabatlar o’rnatadi. Agar O’zbekiston bilan demokratik nuqtai nazardan muloqot boshlanadigan bo’lsa, unda albatta O’zbekistonda ijobiy natijalarga erishish mumkin.Barak Obama o’zini demokrat deb bilgan tomonlarni, siyosiy muxolifatni va demokratik fikrlovchilarni qo’llab-quvvatlaydi.

[insert caption here]
Muxolifatdagi “Ozod Dehqonlar” Partiyasi vakili Bahodir Namozov fikricha, AQShda Barak Obamadek yangi avlod vakili hokimiyatga kelishi tub siyosiy burilish. 

Ammo, deydi u, O’zbekiston bu davlat bilan yaqindan ishlamoqchi bo’lsa, bu respublikada ham siyosiy o’zgarishlar bo’lishi kerak.

“Hamma narsa O’zbekistondagi hukmron doiralarga bog’liq. Mening nazarimda O’zbekiston hukumati faqat o’zining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda munosabat o’rnatadi”.

Markaziy Osiyo xalqlari, jahonning boshqa elatlari kabi, Barak Obamaning saylanishini chuqur hayajon, quvonch va umid bilan kutib olgan. Biroq hukumatlar ancha o’ylanib qolgan, deydi qirg’izistonlik tahlilchi, hozirda Vashingtonda tadqiqot ishlari olib borayotgan Alisher Hamidov.

“Obama hali chopmagan toychoqqa o’xshagan yangi prezident. U qanday chopadi? Qayerda chopadi? Bu hali hech kimga ayon emas, xususan mintaqamizdagi siyosatchilarga”.

"Poytaxtlarda, jumladan Bishkekda, Toshkentda, qolaversa Ostonada Amerikadagi saylovlarga ehtiyotkorlik bilan nazar tashlashmoqda. Sababi shuki Makkeyn agressiv, qattiqqo'l respublikachi singari ish tutadigan odam edi",- deydi Hamidov.

[insert caption here]
"Lekin demokratlarning bir xususiyati borki, ular inson huquqlari va demokratiya masalalarini, respublikachilardan ko'ra ko'proq olg'a surib kelgan. Bu narsa bizning avtoritar rahbarlarimizni o'yga solayapti deb o'ylayman",- deya qayd etadi u. 

Barak Obama saylov ketidan Chikagoda yig'ilgan 100 mingdan oshiq odam oldida gapirar ekan, dunyo ahliga ham murojaat qildi: 

"Bizni xorijdan turib, turli parlament va saroylarda tomosha qilayotgan, dunyoning unutilgan nuqtalarida bizga radiodan quloq tutayotgan odamlarga shunday so'zim bor: bizning shaxsiy qissamiz turlichadir, ammo taqdirimiz bir. Amerikada yangicha yetakchilik davri boshlanmoqda. Bu dunyoni barbod qilmoqchi bo'lsangiz, biz sizni yengishga qodirmiz. Tinchlik va xavfsizlik tarafdori bo'lsangiz, biz sizga do'stmiz. Amerika mash'ali so'na boshlagan deya o'ylagan bo'lsangiz, bu kecha xalqimiz uning qudrati qurollarimiz yoki mol-davlatimizda emas, balki uning asosi - demokratiya, erkinlik, imkoniyat va bitmas-tuganmas umidda ekanini namoyon etdi".  

Alisher Hamidov ta’biricha AQShning chet eldagi nufuzini tiklashga bel bog’lagan Barak Obama har bir davlat bilan alohida, ohista muloqot qiladi. Agressiv, keskin qadamlar tashlanmaydi, deydi Alisher Hamidov.

[insert caption here]
"Obamaning Makkeyndan farqi shundaki, Obama Rossiya yoki O'rta Osiyo respublikalariga nisbatan qattiq va achchiq so'zlar aytmagan. U bilan birga xizmat qiladigan vitse-prezident Jo Bayden juda katta tajribaga ega odam va ikkalasi juda ehtiyotkor siyosat olib borishi mumkin".

Barak Obama hozir o’z ma’muriyatiga a'zolar tanlash bilan band.

Tashqi siyosat uchun mas’ul - davlat kotibi kim bo’lishi hozircha noma’lum, ammo lavozimga nomzodlar orasida tajribali diplomat va arboblar bor.

Jumladan, demokrat senaor Jon Kerri, respublikachi senator Richard Lugar, AQShning BMTdagi sobiq elchilari - Bill Richardson va Richard Xolbruk.Ularning hammasi Markaziy Osiyodai vaziyat bilan tanish va mintaqaga ko’p marta safar qilgan.

Kerri va Lugar Senatningxalqaro masalalar bo’yicha qo’mitasining keksa a’zolari. Lugar raqib partiyadan bo’lsa-da, Barak Obama u bilan Senatda yaqindan ishlagan va uni yaqin maslakdoshi deb biladi. Davlat kotibi kim bo’lishidan qat’iy nazar Lugar AQShning O’zbekiston va qo’shni davlatlarga nisbatan siyosatida muhim rol o’ynaydi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Oq Uy uchun kurash murakkab, ammo demokratik jarayon
Makkeyn yo Obama? O'zbekiston uchun kim ma'qul?
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
Obama va Makkeyn: g'olib va mag'lubga yaqindan nazar
47 yoshli, qora tanli Barak Obama Amerika ishonchini qozondi
Amerika prezidentlikka Barak Obamani tanladi
"W" – prezident Jorj Bush haqida yangi film katta ekranlarda
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
Amerika siyosati tahlili
AQSh-Markaziy Osiyo aloqalari
 
  Bosh mavzu
Amerika inauguratsiya kayfiyatida, irqiy tenglikni tantana qilmoqda

  Boshqa xabarlar
Ziyolilari fikricha Obama aloqalarda katta o'zgarish qilmaydi
Martin Lyuter King - Amerika xalq qahramoni
Isroil va Xamas tinchlik tarafdori ekanini isbotlashi kerak
AQSh-O'zbekiston munosabatlarida Afg'oniston muhim omil
G'azo: Isroil va Xamas sulhga ko'ndi, ammo vaziyat qaltis
Barak Obama Avraam Linkoln izidan ketmoqda
Turkiya vaziri Bryusselda Yevropa tanqidlariga javob beradi
Obama uchun Kreml bilan til topishish oson kechmaydi
8 yillik prezidentlik ketidan Jorj Bush Texasga qaytmoqda
Madaniyatlar to'qnashuvi - oddiy nazariyami yoki haqiqat?
Amerikada o'tish davri - Jorj Bushdan Barak Obamaga
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
AQSh huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan
Obama Al-Qoida yanchiladi desa, guruh uni kofir demoqda
Barak Obama AQShning 44-prezidenti bo'lishga tayyor
Prezident inauguratsiyasi  Amerikada qanday o'tadi?