Jorj Bush prezidentligining so’nggi haftasini boshladi. Bugun Amerika xalqiga
murojaat qilib, Oq Uyda jurnalistlar oldida so’nggi marotaba anjuman
o’tkazdi.
Bushning
aytishicha uning sakkiz yillik boshqaruvi davomida Amerika o’z xavfsizligini
kuchaytirdi va dunyo bo’ylab demokratik harakatlarni quvvatlashda davom etdi.
Terrorni yengish va erkinlik uchun kurash bugunning eng oliy maqsadi, deydi
Bush.
Bush “mening siyosatim
ko’p odamlarga yoqmaganini, nafaqat Amerikada, balki jahonning turli burchaklarida qarshilikka
uchraganini bilaman”,- deydi. "Lekin vaqt xolis hakam", - deydi Bush.
“Uzoq muddatda mening
qarorlarim ijobiy samara berganiga guvoh bo’lasiz”,- deydi Bush uni savolga
tutgan jurnalistlarga qarata.
Bush Oq Uyni hayotdan va o'z ishidan rozi ruhda tark
etayotganini aytmoqda.
20 yanvar kuni inauguratsiya ketidan Barak Obama prezidentlik kursisini egallaydi.