VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari

21/11/2008

Toyota Prius hybrid car
Toyota Prius
Jahonda gibrid mashinalarga, ham benzin, ham elektr quvvatida yuradigan avtomobillarga talab oshib bormoqda.

Elektr-ulovlar ilk bor 1970-yillarda paydo bo’lgan. Bugunga kelib esa ular ancha takomillashgan.

2010 yilga borib Mersedes va General Motors kompaniyalari o’z elektr avtomobillarini tanishtirishi kutilmoqda.

Brayan Murta Vashingtondan yashaydi. Ishga har kuni elektr avtomobilida qatnaydi. "Mashinam yomon emas",- deydi u.

The Chevy Volt, an entirely electric automobile
Chevy Volt
Brayanning Toyota va Ford rusumidagi elektr ulovlari bor. Ular bir necha yil oldin juda oz miqdorda ishlab chiqarilgan edi.

Avtomobillar uning tomiga o’rnatilgan, quyosh nuridan quvvat oluvchi tizimga ulangan. Batareyalar undan energiya oladi.

"Havo kuchlari ofitseri edim. Nafaqaga chiqqach energiya va yonilg’i iste’molini kamaytirishga va bu borada hech kimga qaram bo’lmaslikka qaror qildim",- deydi Brayan.

Amerika avtosanoat egalari Brayan kabi mijozlar kelajakda yanada ko’payadi deb ishonadi.

Toyota, General Motors va Mersedes kabi kompaniyalar yaqin ikki yil ichida o’z mahsulotlarini keng ommaga namoyish etmoqchi.

Bugunga kelib Chevy Volt rusumidagi elektr-mashina ko’pchilik diqqatiga tushgan.

Brian Murtha
Brayan Murta
Brayan singari elektr ulov shinavandalari mashinani internetdan sotib oladi. Chunki bahosi nisbatan arzon. Toyota Prius, masalan, Brayanga 40 ming dollarga tushdi.

"Mashinaga katta og’irlik ham tushmaydi. Gravitasiya markazi benzinda yuradigan ulovlarnikidan ham yaxshi. Mashinani boshqarish juda oson…”

Mashina ichiga qiyo boqsangiz katta o’zgarishlarni ko’rmaysiz.

"Bu kabi avtomobillar havo yordamida soviydi hamda ko’p issiqlik ishlab chiqarmaydi, y’ani qish uchun sal noqulay. Shu sabab Toyota alohida issiqlik nasoslarini o’rnatdi",- deydi Brayan.

Avtomobil garajga kirgach zaryadga qo’yiladi.

Pedallar orasida kichik infra-qizil nurlar yordamida ishlaydigan tizim bor.

Tomda o’rnatilgan quyosh panellari elektr quvvatini to’plab avtomobilni jonlantiradi. Bir soatda batareyaning chorak qismi to’lib bo’ladi.

Ford concept model
Ford
"Agar har kuni benzinda yuradigan mashinada ishga qatnasam kuniga  8 dollar ishlatgan bo’lardim",- deydi Brayan.

"Elektr mashina bilan kuniga 20-25 kilovat ishlataman. Bu degani uch dollar. Ha deganda buzulmaydi. Juda tejamkor".

Brayan energiya mustaqilligi yo’lida uyini ham quyosh nuri bilan isitadi. Barcha jihoz va uskuna oftobdan quvvatlanadi. Biroq hozirgi batareyalar unchalik katta emas.

"Mashinam uchun elektr quvvati ishlatmaganimda edi, tomimdagi 2200 kilovatlik panellar butun uyimga bemalol yetgan bo’lardi".

Yaqin orada Brayan yana 7 ming kilovatlik panellarni garajining tepasiga o’rnatmoqchi. Shunda u keragidan ortiq miqdorda elekt quvvati olib, barcha ehtiyojlarini qoplagan bo’ladi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Energetik eksportda bir davlatga tayanish mintaqa uchun xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
G'azoda olganlar soni 900 ga yaqinlashmoqda
Muhojir ota-onalar: bolani o'qitish har yerda katta pul
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
BMT rezolyutsiyasiga na Isroil, na Xamas amal qilyapti
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor