Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Moliyaviy inqiroz – o'zbekistonlik muhojirlar ishsiz, yurtiga qaytmoqda


17/10/2008

[insert caption here]
Jahon Banki tahlilicha global moliyaviy inqiroz Kavkaz va Markaziy Osiyodagi vaziyatga ham jiddiy ta`sir qiladi.

Ayniqsa, aholi daromadi chetdan kelayotgan davlatlar uchun moliyaviy inqiroz jiddiy qiliyinchiliklar tug`diradi.

Sharhlovchilarning aytishicha, keyingi yillarda O`zbekiston aholi turmush darajasining nisbatan ko`tarilishiga xizmat qilgan mehnat muhojirlari Rossiyadagi moliyaviy inqiroz asoratlari tufayli yurtiga qayta boshlagan.

Jahon Banki ma`lumotiga ko`ra, Markaziy Osiyo davtlatlarida inqiroz asoratlari eksport hajmi va chetdan kelayotgan mablag`ning kamayishi bilan kuzatiladi.

Bu ichki bozordagi tanglik, ayniqsa, oziq-ovqat narxining ko`tarilishiga olib kelishi mumkin.

Jahon Bankining Yevropa va Markaziy Osiyo masalalari bo`yicha vitse-prezidenti Shigeo Katsu nomidan bildirilgan bayonotga ko’ra, bir qancha davlatlar uchun chetdan jo`natilayotgan mablag` to`g`ridan-to`g`ri kiritilayotgan investitsiyalardan keyin ikkinchi o`rinda turuvchi moliyaviy manba hisoblanadi.

Sharhlovchilar fikriga ko`ra, Jahon Banki ta`kidlayotgan manba O`zbekistonda aholi turmush darajasini belgilashda birinchi o`rinda turadi.  

“Chunki bizda investitsion muhit shakllanmagan. Bozor iqtisodiga o'tilmadi; sarmoyalar ham davlat tashkilotlari yoki muayyan guruhdagi odamlarga tegishli,  xalqqa aloqasi yo`q. Bir oyda 100 million dollarga yaqin naqd pul haqida gap ketayapti, muhojirlar vataniga yuborayotgan. Bu O`zbekiston iqtisodi uchun juda katta pul”, - deydi “Tezkor guruh” tahlil markazi vakili Suhrob Ismoilov.

O`zbekistonlik mehnat muhojirlarining asosiy qismi Rossiyada va Qozog`istonda. Muhojirlar, asosan, qurulish va xizmat ko`rsatish sohasida ishlab pul topadi.

Mustaqil ekspert Rashid Taymurovning aytishicha, moliyaviy tanglik asorati Rossiya va Qozog’iston iqtisodiyotida kuzatilmoqda. Yaqin kelajakda bu mamlakatlar iqtisodidagi o`sish sekinlashadi.

“Bu O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ehtiyojni kamaytiradi, eksport hajmi sekinlashib, iqtisod o`sishiga ta`sir ko`rsatadi. Bundan tashqari, Rossiya va Qozog`istonda so`nggi yillarda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ko`chmas mulk bozorida investitsiyalar oqimi to`xtaydi. O`z navbatida mehnat kuchiga bo`lgan ehtiyoj yo`qoladi”, - deydi Rashid Taymurov.

[insert caption here]

Suhrob Ismoilovning so’zlariga ko`ra, Rossiya iqtisodida tanglik boshlangan, qurilish kompaniyalari yopilmoqda, bu haqda yurtga qaytayotgan mehnat muhojirlari gapirmoqda.

“Yaqinda qaytgan muhojirlar bilan gaplashdik. Muhojirlar guruh-guruh bo`lib vatanga qaytayapti. Buning ikki sababi bor. Birinchisi - ular ishlayotgan sohalar yopilayapti, ish to`xtagan. Ikkinchi sababi - ularga pul berishi kerak bo`lgan korxonalar, shaxslar pul berishdan bosh tortayapti, chunki iqtisodiy tanglik sezila boshlangan”, - deydi Suhrob Ismoilov.

Jahon Banki moliyaviy beqarorlik munosabati bilan mintaqa davlatlarini kam ta`minlangan aholi qatlamini ijtimoiy homoyalash chora-tadbirlarini kuchaytirishga chaqiradi. Birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilg`i narxi ko`tarilishidan himoyalash nazarda tutiladi.

Hozirgacha mehnat muhojirlari topayotgan daromad o`zbekistonliklar uchun tirikchilikning asosiy manbasi bo`lib kelayotgan edi.

Moliyaviy inqiroz asoratlari o'laroq O`zbekistonda nafaqat muhojirlar daromadi xavf ostida, balki ishsizlar soni ham yanada ko'paymoqda. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Energetik eksportda bir davlatga tayanish mintaqa uchun xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor