Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston yoshlarida tanqidiy qarash yetishmaydi


14/01/2008

2008 yil O`zbekistonda Yoshlar yili deb e`lon qilingan. Mamlakat aholisining 60 foizdan ko`prog’ini yoshlar tashkil etadi. Bugungi yoshlar, ular yashayotgan muhit va imkoniyatlar borasida turlicha mulohazalar bildirilmoqda.

O`zbekistonda 18 dan  35 yoshgacha bo`lganlar yoshlar hisoblanadi. Mamlakatda ularning soni 15 milliondan ko`p.

Suhbatdosh yoshlarga ko’ra, ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, imkoniyatlarning cheklangani ularni qiynayotgan asosiy muammolardan.

Respublikada yoshlar bilan shug`ullanuvchi rasmiy tashkilotlar bayonotiga ko`ra, bugungi kun yoshlarida har doimgidan ko`ra o`ziga ishonch, kelajakka umid mustahkam.

Nodavlat tashkilot vakillari bunday umidbaxsh qarashlarni inkor etadi.

O`zbekiston yoshlari inson huquqlari bo`yicha nodavlat tashkilot rahbari Suhrob Ismoilovning aytishicha, rahbarlar yoshlarga erk berishdan qo`rqadi.

“Rahbarlar fikricha yoshlarga erk berilsa, nazoratdan chiqib ketadi. Aslida unday emas, ana shu qo`rqoqlikdan qutilish kerak”, - deydi Ismoilov.

Uning aytishicha, bugungi yosh avlodda tanqidiy qarashlarning yetishmasligi va mustaqil fikrning yo’qligi zaminida mavjud cheklovlar yotibdi.

“Tanqidiy qarashlarni tarbiyalovchi vositalar bo’lmagandan keyin bu narsa maktabga ham ko`chadi. O`sib kelayotgan o`quvchningi fikrlari bo`g`iladi, hammani bir xil qolipda tarbiyalashga qaratilgan an`ana kuchli rivojlanyapti”, - deydi Ismoilov.

Mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov bugungi yosh avlod haqida mulohaza qilar ekan jurnalist yoshlarni misol tariqasida keltiradi.

“Matbuotga kirib kelayotgan yoshlar bilan gaplashganimizda ularda umumiy bir hafsalasizlikni ko`ramiz. Ular o`zlaridan katta yoshda bo`lgan jurnalistlarning shiddatlari nimalar bilan tugaganidan yaxshi xabardor. Ularning ishi, tajribasiga shubha bilan qarayman, chunki ularni tarbiyalanishi, tajriba orttirishida hozirgi O`zbekistondek yopiq bir jamiyatda ishlab turgan biror mexanizmning o`zi yo`q”, - deydi u.

Abdurahmon Tashnov fikricha 2008 yilni “Yoshlar yili” deb e`lon qilinishi ortida siyosiy sabab bor.

“Mamlakatda uzoq davom etayotgan surunkali huquqsizlik, ommaviy qashshoqlik, turg`unlik yoshlarning shiddatini pasaytirib qo`ydi. “Yoshlar yili” esa shunchaki pozitsiyani mustahkamlash uchun qilingan siyosiy hiyla”, - deydi Tashanov.

Biz bilan suhbatda bo`lgan yoshlardan biri mamlakatda yoshlarga e`tibor berilishini quvonchli hol deydi.

“Kelajak, aytilganidek yoshlar qo`lida. Ilm-hunar doirasida ko`pgina imkoniyatlar, qirralar ochib beriladi degan umid bor, yoshlarda”, - deydi u.

U bugungi kun yoshlari hayotida ko`zga tashlanayotgan shunday holatlarga e`tibor qaratadi.

“Hatto maktabda ham menga falon kitobni olib bermading deb emas, o`rtog`im shunaqa kiyim kiyib kelibdi, menga ham shunaqasini olib ber, degan muammo borligidan tabaqalanish kuchayib borayotgani kuzatiladi. Shuningdek, qo`shimcha ilm olish iqtisodga borib taqaladi. Hozir har kim ham qo`shimcha bilim olish imkoniyatiga ega emas ”, - deydi suhbatdoshimiz.

Kuzatuvchilarga ko`ra O`zbekiston yoshlarining asosiy qismi ko’proq ish izlab chetga chiqib ketayotgan yigitlarga to`g`ri keladi.  

Ko`p oilalarda tirikchilik aynan shu yoshlarning turli davlatlarda boshdan kechirayotgan haqsizliklar evaziga o’tmoqda.  

Bu yoshlarning aksariyati esa allaqachon davlat himoyasiga ishonmay qo`yishganiga urg`u beriladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor