VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

20 Yanvar 2009 

Today at VOA:

45 tilda xabarlar
AQSh huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan


15/01/2009

[insert caption here]
Human Right Watch
inson huquqlari tashkiloti nazarida, prezident Jorj Bush davrida Qo’shma Shtatlar huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan.

Yangi prezident Barak Obama, deya tavsiya qiladi tashkilot, ichki va tashqi siyosatda inson huquqlari mayog’ini baland ko’tarib, yetakchilikni qayta qo’lga olishi zarur.

Markazi Nyu-Yorkda joylashgan Human Right Watch tashkiloti rahbari Kennet Rot deydiki, so’nggi 8 yil mobaynida Bush ma’muriyati qabul qilgan qarorlar natijasida Amerika huquqni poymol etuvchi davlatlar qatoriga qo’shilib qoldi.

Natijada bugun xalqaro sahnada huquq himoyasiga bo’lgan munosabat va me’yorlarni Xitoy, Pokiston, Rossiya va Misr kabi erkinlik keskin cheklangan davlatlar belgilab bermoqda. Chunki Amerika huquqni e’zozlovchi hukumat sifatida namunalikni boy bergan, deydi xalqaro tashkilot rahbari.

[insert caption here]
“Qo’shma Shtatlar terrorga qarshi urushni boshlashi bilanoq huquq nimaligini unutdi. Boshqalarga o’rnak bo’lish u yoqda tursin, repressiv hukumatlar bilan til biriktirib mahbuslarni qiynoqqa solish, sudlashdan bosh tortish haqida maxfiy qarorlar chiqardi”, - deydi Kennet Rot.

Human Right Watch yangi bo’lajak prezident Barak Obamadan AQShning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasini yopish, u yerdagi terrorda gumon shaxslarni sudlash yoki erkinlikka chiqarishni so’ragan. Ular taqdirini hal qilishda boshqa davlatlar ham ko’maklashsin, deydi Rot.

“Prezident Bush Oq uyni tark etar ekan, AQShning ittifoqchilari Obamaga Guantanamoni tezda yopishga yordamlashishi zarur”.

Tashkilot so’nggi hisobotida G’azodagi vaziyat bilan bir qatorda huquq ahvoli o’ta qoniqarsiz mamlakatlar nomini ham keltiradi, jumladan Birma, Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, O’zbekiston va Zimbabve.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Guantanamodagi o'zbek mahbus ishi amerikalik advokat qo'lida
Amerika yaqin kelajakda global nufuzini boy berishi mumkin
AQSh Guantanamodagi mahbuslar taqdirini hal etishga urinmoqda
Qiynoqlarni aks ettirgan videokasseta yo'q qilingan
AQSh yana qiynoqlarda ayblanmoqda
 
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar