Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
AQSh O'zbekistonga strategik hamkorlik shartlarini eslatmoqda


14/03/2007
Suhbatni tinglang audio clip
Suhbatni tinglang audio clip

Feygenbaum
Evan A. Feygenbaum AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatiga javobgar diplomat
AQShning yaqinda Toshkentda bo’lib qaytgan bosh diplomatlaridan biri O’zbekiston bilan aloqalar yaqin kelajakda iliqlashadi degan umidda.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovoni Richard Baucher "O’zbekiston bilan munosabatlar olg’a siljimayapti",- deydi. 

Biroq Baucherning o’rinbosari Evan Feygenbaum (Evan A. Feigenbaum) O’zbekistonga uch kunlik tashrifini “juda samarali” deb ta’riflamoqda. 

“Bu mening darajamda AQShdan o’tgan olti oy ichida qilingan ilk tashrif bo’ldi. O’zbekiston tashqi ishlar vaziri, mudofaa vaziri va prezidentning xavfsizlik bo’yicha maslahatchilari bilan uchrashdim”,- deydi Feygenbaum.

AQSh O’zbekistonni asosan inson huquqlari ahvoli yomonligi va islohotlar sur’ati pastligi borasida tanqid qiladi. AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Nikolas Byorns “Vashingtonning O’zbekistonda ijobiy o’zgarish bo’lishi uchun ta’sir o’tkazish imkoniyatlari cheklangan”,- deydi.

Feygenbaumning aytishicha esa AQSh "O’zbekistonni islohotlar qil, huquq ahvolini yaxshila" deya majburlamoqchi emas.

"O’zbekiston hukumatini hech narsa qilishga majburlamoqchi emasmiz. Biroq ko’p-qirrali hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun cheksiz imkoniyatlar bor. Bu yangilik emas. AQSh O’zbekistonda elchixona ochganiga 15 yil bo’lyapti. AQSh-O’zbekiston o’rtasida strategik hamkorlik imzolanganiga esa besh yil. O'zbekiston rasmiylari 2002 yilgi strategik bitimda nimalarga kelishilganini yodda tutmog'i lozim. Bu hujjat chuqur munosabatlarga zamin yaratadi: xavfsizlik, savdo, yonilg’i, demokratik islohotlar va inson huquqlari, tabiat muhofazasi, suv xo’jaligi, ta’lim sohasi va hokazo. To’g’ri, aloqalarimiz o’tgan ikki yil ichida juda qiyin ahvolga tushib qoldi. Lekin vaziyatdan chiqishning yo’llari bor. Qaytaraman, biz O’zbekistonga bosim o’tkazmoqchi emasmiz. Kelishmovchiliklarni tan olamiz, biroq maqsad amaliy, real hamkorlik. Farqlarni hisobga olgan holda, oldinga intilish. Toshkentga shu sabab bordim. O’zbekiston hukumati oldida ham shu vazifa turibdi",- deydi Feygenbaum. 

AQShning inson huquqlari dunyo bo’ylab qay ahvolda ekani haqidagi xulosalari va O’zbekistondagi holatni keskin tanqid qilgani rasmiy Toshkentda norozilik uyg’otgan. O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nazarida AQSh mamlakatni ko’r-ko’rona nishonga olmoqda. Amerika diplomatlari, jumladan Feygenbaum bu kabi qarshilikdan hayron emas.

"Inson huquqlari bobida bir fikrda emasmiz. Toshkentdan kelayotgan bayonotlarni o’qidik. Hisobotimiz qoralanayotganidan ajablanmayapmiz. Lekin tahlilnomamiz Toshkentdagi hamkasblarimizni ham ajablantirmagan bo’lsa kerak",- deydi Feygenbaum. 
"Dunyoda hech bir davlat boshqa bir davlat bilan har jihatdan kelisha olmaydi.  O’zbekiston va AQSh hamkorlikka bel bog’laganmi, demak, qog’ozdagi bayonotlarni voqelikka aylantirish lozim. Inson huquqlari bobida bir fikrda emasmiz. Toshkentdan kelayotgan bayonotlarni o’qidik. Hisobotimiz qoralanayotganidan ajablanmayapmiz. Lekin tahlilnomamiz Toshkentdagi hamkasblarimizni ham ajablantirmagan bo’lsa kerak.  Inson huquqlari borasida muloqotni davom ettirish kerak",- deydi Feygenbaum.

AQSh Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik, mintaqani Janubiy Osiyo bilan yaqinlashtirish haqida ko’p gapiryapti. Afg’oniston qo’shni, biroq mintaqada hech bir davlat uni yaqin hamkor deb bilmaydi. Hamma Rossiya va Xitoyga katta umid bilan qaraydi. Shunday ekan, Markaziy Osiyo AQSh tashabbuslariga ijobiy javob beradi deb o’ylashga nima asos bor, deya so’raymiz bosh diplomat Evan Feygenbaumdan.

"Markaziy Osiyoda AQShning integratsiya g’oyalariga ishonqiramay qarashlarini bilamiz. Chunki bu borada 15 yildan beri gapirib kelyapmiz. Biz uchun mintaqa davlatlarining o’zaro hamkorlarga aylanishi muhim. Bu iqtisodni, tinchlikni mustahkamlaydi. Biz integratsiya deganda shimol, janub, g’arb va sharq bilan hamkorlikni nazarda tutamiz. To’g’ri, janub, xususan Afg’oniston bilan ishlashga chorlab kelyapmiz. Chunki, mamlakatda yangi imkoniyatlar paydo bo’lmoqda",- deydi Feygenbaum.

AQSh tashqi siyosatini respublikachi prezident Bush va Davlat kotibasi Kondoliza Rays belgilaydi. Bu boshqaruv nazarida xavfsizlik, terrorga qarshi kurash, inson huquqlari va demokratik islohotlar juda muhim. Endilikda Kongressda hukmron demokratlar respublikachi prezident bilan tashqi siyosatda hamfikr emas.

Kongress o’zgardi, O’zbekistonga, qolaversa butun Markaziy Osiyoga nisbatan strategiya o’zgarishi mumkinmi?  

"Savolingiz qiziq bir haqiqatni ko’taradi. Bilasizmi, AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati o’tgan 15 yildan beri deyarli o’zgargani yo’q. Boshidan nimani xohlagan bo’lsak, hozir ham shu. Biz mintaqada haqiqatdan mustaqil, suveren davlatlarni ko’rishni istaymiz. Toshkentda bo’lganimda, O’zbekiston rasmiylariga 2002 yilda imzolangan strategik hamkorlik shartnomasini eslatdim. Unda har ikki tomon ko’p-tomonli aloqalarni rivojlantirishni va’da qilgan. AQShda respublikachilar hukmronmi, demokratlarmi, bu hukumatmi, kelgusi hukumatmi, kim bo’lishidan qat’iy nazar ana shu maqsadlar yo’lida harakat qilishimizga shubham yo’q. Fikrimcha, yangi Kongress bilan, hatto 2009 yilda Oq Uyga yangi boshqaruv kelganida ham bu siyosat o’rgarmaydi",- deydi Feygenbaum.

O’zbekistonda islohotlar qanchalik zarur ekani bo’yicha demokratlar ham, respublikachilar ham bir fikrda. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
AQSh O'zbekiston bilan aloqalar olg'a siljimayotganidan afsusda
AQSh: O'zbekistonda saylov bo'lsin, bo'lganda ham adolatli saylov
AQSh diplomati Vashington-Toshkent aloqalarini tiklashga chaqirmoqda
 
  Bosh mavzu
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor