VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

20 Yanvar 2009 

Today at VOA:

45 tilda xabarlar
G'azoda olganlar soni 900 ga yaqinlashmoqda

12/01/2009
Palestinians run from the area during an Israeli airstrike in Rafah, southern Gaza Strip, 12 Jan 2009

Isroil harbiylari G’azoda Xamas punktlarini nishonga olib, Misr chegarasidagi tunnellarni bombardimon qilishda davom etmoqda.

So’ngi xabarlarga ko’ra, Isroil askarlari hozir G’azoning markaziy qismlariga kira boshlagan. Isroil hududga jurnalistlarni kiritmayotgani sabab G’azodagi to’qnashuvlar borasida aniq malumot olish qiyin. 

Lekin G’azodagi urushda bugungacha 900 ga yaqin falastinlik halok bo’lgani ma’lum. Ularning yarmi tinch aholi vakillari. Isroil esa 10 askarini yo’qotgan va Xamas xurujlarida uch fuqarosidan ayrilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan o’tgan hafta ma’qullangan rezolyutsiya urushni darhol to’xtatishni talab qiladi, ammo Isroil ham, Xamas ham bunga amal qilmayapti.

[insert caption here]
Isroil Bosh vaziri Yahud Olmert Xamas yer tishlamaguncha harbiy harakatlar davom etadi deya ta’kidlagan.

Yahud Olmertning aytishicha maqsad Xamasni harbiy salohiyatdan ayirish. Toki yahudiy davlatiga qarshi hujumlar qila olmasin. Isroil o’z xavfsizligi uchun kurashmoqda, deydi Olmert.

Askarlar Xamasga qarshi havo, dengiz va quruqlikdan hamla qilishda davom etadi. Lekin Isroil diplomatik choralar haqida ham gaplashishga tayyor, deydi Olmert.

Isroil harbiy samoliyotlari va tanklari G’azoni qattiq bombardiman qilar ekan, qo’shinlar sektor ichkarisiga kirib bormoqda.

Khaled Mashaal (file photo)
Xamasning Damashqda surgunda yashayotgan rahbari Xolid Mash’al deydiki, Isroil hujumlari tugatilib, uning kuchlari Ga’zoni tark etmaguncha uning guruhi jangni to’xtatmaydi. 

Lekin Isroil nazarida Xamas allaqachon qattiq zarba yegan va jangarilar baribir olishuvni to’xtatishga majbur bo’ladi.

Iordan daryosining g’arbiy sohilidagi Falastin mamuriyati esa G’azodagi notinchliklar bu yerda ham tarqaladi, Xamas tarafdorlarining g’azabi oshib, butun hudud urush maydoniga aylanadi degan xavotirda.

Xamas tarafdorlari Falastin prezidenti Mahmud Abbos va uning Fath guruhini Isroilga yon berganlikda ayblaydi.

Palestinians pray over bodies of 7 members of one family killed in an Israeli airstrike on their house in Gaza, 09 Jan 2009
Xamasni yoqlab chiqayotgan siyosatchi Ayman Darag’ma fikricha Falastin ma’muriyati Isroilni G’azodagi urushda ayblashga qo’rqyapti. Holbuki masalaning negizi Isroilning Falastin tuprog’ini ishg’ol qilib turishida, deydi u.

Isroilning Ga’zodagi harbiy amaliyotlariga nisbatan noroziliklar nafaqat Yaqin Sharqda, balki London, Parij, Madrid, Brussel kabi Yevropaning yirik shaharlarida ham kuzatilmoqda. AQShda o’tgan namoyishlarda ham Isroil siyosati qoralangan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar