VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan

22/11/2008

[insert caption here]
Amerikalik yoshlar bu yilgi saylovlar taqdirini hal qilgan bo’lsa ajabmas. 

Ular jarayonda boshdan oxirigacha faol qatnashdi, siyosiy irodasini namoyish etdi.

Ovoz bergan yoshlar shu qadar ko’pki, odamlar hayron, AQSh tarixida hali bunaqasi bo’lgan emas. Yosh fuqarolarda Amerika taqdiri uchun javobgarlik hissi uyg’ongan.

Kattalar odatda yoshlarni mamlakat taqdiriga befarqlikda, mas’uliyatsizlikda ayblab tanqid qiladi. 

Biroq 2008 yilgi saylovlar buning aksini ko’rsatmoqda. Yoshlar saylov natijasini hal qilgani ayon bo’lmoqda.

18-29 atrofidagi yoshlar, jami 24 million kishi ovoz bergan. “2004 yilga qiyoslaganda 2 million ko’p”, - deydi yoshlarni siyosiy jarayonga jalb qiluvchi “Campus Progress” guruhi vakilasi Erika Vilyams.

Saylov kuni minglab yoshlar qachon ovoz berar ekanman deb soatlab navbatda turdi. Vanderbilt Universiteti talabasi Annabell Gould “8 yil oldin maktabda o’qituvchim bergan o’gitni unutmadim”, deydi.

“2000 yil prezident saylovlari payti edi. Muallim jarayonni tushuntirib, fuqarolik burchi, vatan oldidagi mas’uliyat kabi tushunchalarni qulog’imizga quydi. Shundan beri siyosatga qizib qolganman. Ayniqsa, oxirgi 2 yilda o’zgarish istab, qo’zg’algan yoshlarni ko’p ko’rdim. 18-24 yoshdagi fuqarolar”, - deydi Annabell.

Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, shularning uchdan ikki qismi Barak Obamaga ovoz bergan.

Kaliforniya Universiteti talabasi Kameron Kukka Obamaning qarashlari ma’qul. Boshqalarga o’xshamagan, yangi davr kishisi, yangi rahbarni ko’rdim unda, deydi Kameron. 

Stefani Yang faol yoshlar tashkiloti vakilasi. Bu yilgi saylovda iqtisodiyot bosh mavzu bo’ldi, deydi u.

“Universitetni bitirayotgan yoshlarga ish yo’q. Diplomi bor, lekin turar-joy, sog’liqni saqlash, yegulikka puli yo’q odam kayfiyatini tasavvur qiling. Ba’zi yoshlar o’qishga kirmoqchi, lekin qimmat, ota-onasining to’lashga qurbi yetmaydi. Iroqdagi urush yana bir g’alva. Yoshlar yangi hayotga muhtoj”, - deydi Stefani Yang.

Stefani Yang fikricha, Obama yosh qatlamning dil torini cherta oldi. Tengiday gaplashdi ular bilan. Internetdagi Facebook, My Space va boshqa tarmoqlarda odamlar bilan bog’lana oldi. Kollej jamoalari bilan til topishdi. Qarabsizki, Obamadan a’lo nomzod yo’q ular uchun.

Tahlilchi Deyvid Medlend nazarida hali hammasi oldinda:

“Amerikada yoshlar ko’p. Bu galgi saylovlar yangi davr tilsimini ochib berdi, keksa qatlam hukumatni yoshlarga topshirdi. Ular hozir g’oliblik hissidan mast, nafaqat siyosat, balki kundalik hayotda ham yurish-turishi boshqa. To’planib qolishsa, siyosat haqida gap ochiladi, gazeta-jurnal o’qiy boshlagan. Bu qiyofa endi-endi shakllanmoqda, kelajakda mana shu insonlar davlatni boshqaradi”.

Kamerun Kuk buni xuddi endi o’qishga kirgan damga qiyoslaydi. Odam xursand, baxtiyor. Amerika yangi, yosh rahbarni sayladi, lekin qilinmagan ish bir talay. Yengni shimaradigan davr.

Erika Vilyams bu fikrga qo’shiladi. Obama qasamyod keltirgan kuniyoq hayot o’zgaradi deb hech kim xomtama bo’layotgani yo’q. 

Prezident Obama bizning ko’magimizga muhtoj va yoshlar uni har jihatdan qo’llab-quvvatlaydi. "Xohlaymizki, ko’proq yoshlar siyosatga kirsin, yuqori lavozimlarni egallab, davlat ishlarini hal qila boshlasin. Mamlakat, xalq ravnaqi yo’lida", - deydi Erika Vilyams.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Energetik eksportda bir davlatga tayanish mintaqa uchun xatarli

  Boshqa xabarlar
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
G'azoda olganlar soni 900 ga yaqinlashmoqda
Muhojir ota-onalar: bolani o'qitish har yerda katta pul
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
BMT rezolyutsiyasiga na Isroil, na Xamas amal qilyapti
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor