Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O'zbekistonda huquq faoli A'zam Turg'unov 10 yilga qamalgan


24/10/2008

Qariyb uch oy ilgari pora talab qilishda ayblanib, Nukusda hibsga olingan huquq faoli, «Mazlum» inson huquqlari tashkiloti rahbari A`zam Turg`unov 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, 10 yarim yilga qamalgan yana bir faol, muxolifatdagi “Serquyosh O`zbekistonim” koalitsiyasi rahbari Sanjar Umarovning esa salomatligi o`ta og`irlashgani ta`kidlanmoqda.

A’zam Turg’unovning jamoatchi himoyachisi Robiya O`tamurodova so’zlariga ko`ra, sud hay’ati jarayonda keltirilgan biror dalilni inobatga olmagan.

“Qonun jihatidan aybsizligini to`liq isbotlab berdi, leikin inobatga olinmadi. 10 yil qamoq jazosi berildi. Bu umumiy koloniyami yoki qattiq tartibdagi koloniyami, hech kim e`tibor qilmayapti. Dushanba kuni sud qarorini olamiz, aniq bo`ladi”, - deydi Robiya O`tamurodova. 

A’zam Turg’unovning advokati Rustam Qoraboyevning aytishicha, hukm adolatsiz, Turg’unov kasbiy faoliyati uchun jazolanmoqda.

“Birovni aldash, majburlash yoki jinoiy guruhga a’zo bo’lish, qurol ishlatish tovlamachilik bo`ladi. Bu yerda esa bunday harakatlar yo`q, faqat fuqarolik ishidan kelib chiqqan. A’zam faqat inson huquqlari himoyachisi bo`lgani uchun qamalayapti”, - deydi advokat.

Biroz avval Qoraqalpog`istonda yana bir huquq himoyachisi va jurnalist Solijon Abdurahmonov giyohvand moddalar savdosida ayblanib, 10 yilga qamalgan edi.  A’zam Turg’unovga ham 10 yil qamoq jazosi belgilanmoqda.

“Qoraqalpog`istonda bo`layotgan ishlar, huquqbuzarliklar haqida jamoatchilikka ma`lumot tarqatayotgan ikki kishi bor edi. Bular Solijon Abdurahmonov va A`zam Turg`unov. Solijonga 10 yil, A’zam Turg’unovga 10 yil. Bu degani, biror “yalt” etgan, umidi bor odam bo`lsa, o`sha umidini ham o`chirsin degani. Men Turg`unov ustidan o`tgan jarayonning hammasida qatnashdim. Sinchiklab yozib bordim, aniq aytamanki, unga qo’yilgan ayblarni tasdiqlovchi birorta xatti-harakat bo`lmagan”,  - deydi “Birdamlik” harakatining O`zbekistondagi rahbari Dilorom Is’hoqova.

Yaqinda huquq himoyachilari Dilmurod Muhiddinov va Mamarajab Nazarovlar qamoqdan ozod etildi, biroq qamoqdagi siyosiy mahbuslar kamayayotgani yo`q.  Ma`lumotlarga ko`ra, qamoqdagi faollarga nisbatan qiynoqlar davom etmoqda. Muxolifatdagi “Serquyosh O`zbekistonim” koalitsiyasi rahbari iqtisodiy jinoyatlarda aybalanib, 10 yarim yilga qamalgan Sanjar Umarovning salomatligi og`irlashgani ta`kidlanmoqda.

“Yaqinda Sanjar Umarovning rafiqasi u bilan qamoqda uchrashdi. Sanjarning ahvoli juda yomonligiga guvoh bo`ldi. Ozib ketgan, ezilgan, gapirishi sekin, odatda, odamda ovqat yeyish refleksi bo`ladi, unda ana shu refleks ham qolmagan”, - deydi muxolifatdagi “Ozod dehqonlar” partiyasi markaziy kengashi a`zosi Bahodir Namozov.

Huquq himoyachilari A’zam Turg’unov va Solijon Abdurahmonovga nisbatan 10 yil qamoq jazosi belgilanishi Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston o`rtasida inson huquqlari bo’yicha muloqot faollashgan bir paytda kuzatilmoqda.

“Muloqot kerak, albatta. Lekin hukumat katta bir devor bo`lsa, bu devorga boshingizni uraversangiz, eshik ochilmasa, bu muloqotning nima keragi bor?” - deydi Bahodir Namozov.

Faollarning aytishicha, bugun Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston hukumati o’rtasida inson huquqlari bo’yicha kechayotgan muloqot samara berishi gumon.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
 
  Bosh mavzu
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor