Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Jon Makkeyn: AQSh siyosati tubdan o'zgaradi

22/09/2008

U.S. Sen. John McCain and Alaska Gov. Sarah Palin stand on stage on day three of Republican National Convention in St. Paul, Minnesota, 03 Sep 2008

AQShda respublikachi Jorj Bush (George Bush) prezidentlik muddatini yakunlash arafasida ekan, Oq uyga saylanish uchun bel bog’lagan yana bir respublikachi Jon Makkeyn (John Makkeyn) xalqqa ulkan o’zgarishlar va’da qilmoqda. 

Lekin uning raqibi Barak Obama (Barack Obama) fikricha Makkeyn Bushning siyosatini davom ettiradi. 

"Yetadi shu sakkiz yillik Bushcha siyosat”, - deydi Obama saylovchilarni demokratlarga ovoz berishni undar ekan.  

Makkeyn esa o’zini va vitse-prezidentlik uchun tanlagan Sara Peylinni (Sarah Palin) islohotchi arbob deb atab, “meni Bushga qiyoslamang”,- deydi.

"Respublikachilar partiyasi nomzodlikka meni tanlab, o'zgarishga tayyor ekanini isbotladi",- deydi u. "O'tmishdan saboq olgan holda Vashingtondagi siyosiy muhitni yangilash kerak".

Lekin respublikachilar yaqingacha ham "o'zgarish" degan so'zni tilga olmayotgan edi. Prezident Bushni quvvatlovchi fuqarolar kun sayin kamaymoqda. Yana bir respublikachining va'dalariga ishonish qiyin. Makkeynga oson emas, deydi tahlilchi Jon Saydes. 

Barack Obama, right, and Joe Biden campaign together in Pennsylvania (29 Aug 08)

"Xalqning aksariyat qismi amaldagi prezidentning siyosatidan norozi. Bu saylovlar katta o'zgarishga turtki berishi tayin. Makkeyn odamlarga qarab, "Men o'zgarish qilaman, chunki buning uchun tajribam yetarli" desa, Obama "Yo'q, Makkeyn hech narsani o'zgartirmaydi, chunki xato siyosat olib borgan Bush bilan tili va qarashlari bir" deya uni qoralab chiqmoqda",- deydi Saydes.

Jon Makkeyn Kongressga uzoq yillardan beri a'zo. 1936 yilda admiral  oilasida dunyoga kelgan. Harbiy uchuvchi bo'lgan. AQShning Vyetnamda olib borgan urushida xizmat qilgan.

1967 yilda Shimoliy Vyetnamda samolyoti urib tushiriladi va asirga tushib, besh yarim yil qamoqda o'tiradi. Qiynoqlardan tirik qolib, vataniga qahramon sifatida qaytadi.

Kongressga 1982 yilda saylangan. Chorak asrdan beri senatorlik qiladi. Mudofaa va tashqi siyosat ortida turgan arboblardan.

Saylov kampaniyasida o'zini o'tkir siyosatchi, qonunchilik va dunyo ishlarini yaxshi tushunadigan inson deb tanishtirmoqda.

"Dunyo notinch. Har tarafda tahdid. Lekin men ulardan qo'rqmayman. Ularni yengishga tayyorman",- deydi Makkeyn.

AQSh tarixda harbiy tajribaga ega arboblarni prezidentlikka bir necha bor saylagan. Jumladan Ikkinchi Jahon Urushida qo'mondonlik qilgan Dvayt Ayzenxauer. Biroq, deya ogohlantiradi siyosatdon Stiven Xess, Makkeynning omadi chopmasligi mumkin.

"Makkeyn vatan qahramoni, ammo uni Jorj Vashington, Yulissis Grant yoki Dvayt Ayzenxauerga qiyoslay olmaysiz. Shuning uchun, armiyada xizmat qilganman, prezidentlikka meni saylang deyolmaydi",- deydi Xess.

Respublikachilar nazarida esa Makkeynni saylashda Sara Peylinning roli katta bo'ladi. Alyaskaning Respublikachi gubernatori, besh bolaning onasi bo'lmish bu ayol islohotchi sifatida ko'riladi va bu borada o'z partiyasini ham tanqid qiladigan arbob. 

Sara Peylin demokratlarni va'daboz, manman, xalqparvarlikdan yiroq siyosiy guruh deb atab, tanqidga zo'r bermoqda. 

"Saylov bu tanlov. Oldingizda bir-biridan tubdan farq qiluvchi nomzodlar: bir tomon o'z nufuzini oshirish uchun o'zgarish va'da qilmoqda. Ikkinchi tomon – Jon Makkeyn - nufuz va tajribasiga tayanib, o'zgarish qilmoqchi",- deydi Peylin.

Ammo, Sara Peylin Barak Obama singari yosh va katta siyosatga endigina qadam qo'ymoqda. Obama muovinlik uchun Jo Bayden (Joe Biden), nufuzli senatorni tanlagan. Buning ustiga, odatda amerikaliklar prezidentga uning o'rinbosariga qarab ovoz bermaydi, deydi tahlilchi Stiven Xess. 

"Hozircha hamma Sara Peylin kim ekan o'zi deb qiziqib qolgan. Ammo bu vaqtincha. Tarixga qarasak, saylov natijasi hamisha aynan prezidentlikka nomzodning kimligiga bog'liq bo'lib kelgan". 

Vitse-prezidentlik Amerikada passiv lavozim hisoblanadi. Ammo Bushning muhim qarorlari ortida vitse-prezident Dik Cheynining (Dick Cheney) turgani ayon, demak, odamlar nazarida bu amalning ham ahamiyati oshgan.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
AQSh qora tanli prezidentga tayyormi?
Jon Makkeyn: AQSh xavfsizligi birinchi o'rinda
Barak Obama - demokratlardan prezidentlikka nomzod
Makkeyn yoki Obama? Markaziy Osiyo bilan aloqalar kelajagi
Obama va Makkeyn o'rtasida yangi jang maydoni - iqtisodiyot
 
  Bosh mavzu
Amerika inauguratsiya kayfiyatida, irqiy tenglikni tantana qilmoqda

  Boshqa xabarlar
Ziyolilari fikricha Obama aloqalarda katta o'zgarish qilmaydi
Martin Lyuter King - Amerika xalq qahramoni
Isroil va Xamas tinchlik tarafdori ekanini isbotlashi kerak
AQSh-O'zbekiston munosabatlarida Afg'oniston muhim omil
G'azo: Isroil va Xamas sulhga ko'ndi, ammo vaziyat qaltis
Barak Obama Avraam Linkoln izidan ketmoqda
Turkiya vaziri Bryusselda Yevropa tanqidlariga javob beradi
Obama uchun Kreml bilan til topishish oson kechmaydi
8 yillik prezidentlik ketidan Jorj Bush Texasga qaytmoqda
Madaniyatlar to'qnashuvi - oddiy nazariyami yoki haqiqat?
Amerikada o'tish davri - Jorj Bushdan Barak Obamaga
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
AQSh huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan
Obama Al-Qoida yanchiladi desa, guruh uni kofir demoqda
Barak Obama AQShning 44-prezidenti bo'lishga tayyor
Prezident inauguratsiyasi  Amerikada qanday o'tadi?