Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Makkeyn yoki Obama? Markaziy Osiyo bilan aloqalar kelajagi


18/09/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

Obama, McCain

AQShda prezidentlikka nomzodlar – respublikachi Jon Makkeyn (John McCain) va demokrat Barak Obama (Barack Obama) tashqi siyosatda ulkan o’zgarishlar va’da qilmoqda. 

Makkeyn, keksa senator, Markaziy Osiyoni kezib, rahbarlar va siyosiy doiralar bilan muloqotda bo’lgan. 

Yosh senator Obama uchun, deydi tahlilchilar, mintaqa hali ochilmagan dunyo.

Oq Uyga saylangan taqdirda Makkeyn yoki Obama dunyoning bu qismiga nisbatan qanday siyosat yuritishi mumkin?

AQSh, qisqacha tasvirlasak, tarixiy saylovlar arafasida. Bu jamiyatda nafaqat mafkuralararo, balki avlodlar va ijtimoiy sinflararo siyosiy kurash avjiga chiqqan damlar. 

Jahon ahli ham Amerika siyosiy maydonini bu qadar qiziqish va hayajon bilan kuzatmagan deydi Vashingtonda doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan yosh olim Alisher Hamidov.

"Amerika tarixida ilk bor qora tanli nomzod ishtirok etmoqda. AQSh aholisining 10 foizdan ziyodini tashkil etuvchi qora tanlilar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan nochor qatlam hisoblanadi. Barak Obama saylansa, ularga ahamiyat oshadi. Yana bir muhim jihati, Obamaning otasi musulmon bo'lgan. Obamaning ismlaridan biri Husayn. Menimcha uning saylanishi Afrika va Yaqin Sharqda ham o'ziga xos aks sado beradi",- deydi u. 

Markaziy Osiyoda "Bizga Makkeyn saylangani yaxshimi yoki Obama"? - deb so'rayotganlarga mintaqa bilan yaqindan tanish professor Piter Sinnott (Peter Sinnott) shunday javob beradi:

"Oq Uyga kim saylansa ham AQShning mintaqa davlatlari bilan aloqalari ko'p jihatdan hukumatlarning qay darajada ildam ekaniga bog'liq. Bizda prezident o'zgarib turadi, u yerda esa yo'q". 

[insert caption here]

Tahlilchi nazarida munosabatlarning mustahkamlanishi va ijobiy o'zgarishlar bo'lishi uchun mintaqa birdamlik bilan harakat qilishi, suv, iqtisod va chegara bilan bog'liq muammolarni o'zaro hal qila olishi va eng muhimi, bu jamiyatlar oshkoralik yo'lini tanlab odamlar erkin fikr almasha olishi lozim. 

"Aks holda Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston Vashington nazarida muammolar makoni bo'lib qolaveradi", - deydi Piter Sinnott . 

Amerika hukumati ham uzoqni ko'zlamay, "keng qamrovli emas, bir yoqlama - yo harbiy, yo iqtisodiy hamkorlikka urg'u berib xato qiladi. Yaqin o'tgan yillar buni isbotladi",- deydi olim.

Sinnott fikricha demokrat Bill Klinton (Bill Clinton) prezidentligi davrida O'zbekiston bilan munosabatlar ko'proq iqtisodiy, respublikachi Jorj Bush (George Bush) davrida esa asosan harbiy hamkorlikdan iborat bo'ldi. Buning ustiga, deydi u:

"Markaziy Osiyoda siyosat hamon eski byurokratik tizimlarga asoslanadi. Mintaqada mas'uliyat tushunchasi haligacha sovetcha, tor, talqin qilinadi. Mas'uliyat bu bir rasmiyning ikkinchisiga javobgarligi emas, mas'uliyat bu xalqqa xizmat qilish, amalda o'tiribsizmi, xalq manfaatlari uchun ter to'kish degani. Davlat ana shu asosda idora qilinishi kerak".

Obama, McCain

Piter Sinnott va Alisher Hamidov ta'biricha Afg'oniston notinch ekan, Vashington Markaziy Osiyoni diqqat markazidan qochirmaydi. 

Ammo  mintaqada diktatorlar hukmron deya bong urib, Karimovni zolimlikda ayblaydigan Jon Makkeyn O'zbekistonga nisbatan agressiv siyosat yuritishi, demokratiya va erkinlik ta'minlansin degan talab qo'yishi mumkin.

"Demokratlar yutsa, Obama mintaqa bilan umuman tanish emas va siyosat ham shunga yarasha bo'ladi. O'zbekiston hukumati uchun balki shu yaxshiroq",- deydi Hamidov. 

Chunki, deydi u, Makkeyn Islom Karimovning ashaddiy tanqidchilaridan. 2005 yilning may oyida, Andijon voqealaridan keyin, Toshkentga borganida Karimov u va AQShning boshqa senatorlari bilan uchrashmagan. Makkeyn Vashingtonga qaytgach, "Islom Karimov o'z xalqini qatliom qildi" deb uning ma'muriyatiga qarshi sanksiya qo'yish taklifi bilan chiqqan.

72 yoshli Jon Makkeyn Rossiya siyosatini qoralab, "Kreml bilan keskin shartlar ostida gaplashish kerak", - deydi. Putin va Medvedevni jahon tinchligi va shu tariqa Amerika xavfsizligi va uning manfaatlariga raxna solayotganlikda ayblaydi. "Prezident sifatida asosiy vazifam AQSh xavfsizligini ta'minlash bo'ladi", - deydi u.

47 yoshli Barak Obama esa dunyo tinchligi, jumladan AQSh xavfsizligi diplomatiya orqali ta'minlanishi kerak deydi.

Uningcha, kuchli davlatlar yosh davlatlarga yordamni oshirishi, o'zaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilishi kerak. Senator sifatida sobiq sovet respublikalarini yadroviy material va chiqindilardan tozalash dasturini yoqlab chiqqan va bu borada raqib partiya, respublikachilar, bilan ishlagan.

Tadqiqotchi Alisher Hamidov Amerika siyosiy sahnasiga Obamadek yangi avlod vakillari kirib kelayotgani Markaziy Osiyoga namuna bo'ladi deydi. 

"Bizda rahbarlar sovet davrida yetishgan, o'sha tuzumdan qolgan odatlarga tayanib ish ko'ruvchi insonlar. Bugun qaysi respublikaga qaramang, yoshlar hukumat ishlariga kirib kelmoqda. Bu yosh siyosatchilar demokratiya va davlatlarni korrupsiyadan ozod qilish yo'lida katta ishlar olib boradi degan fikrdaman". 

Siyosatshunos Piter Sinnott esa Markaziy Osiyo taraqqiyotida AQSh muhim rol o'ynay oladi, "ammo mintaqa oshkora fikrlamas, erkin bahsu-munozara yuritmas va xalqlar birlasha olmas ekan, biror yutuqqa erishish qiyin",- deydi.

Balki, deydi Piter Sinnott, AQShning yangi prezidenti kim bo'lishidan qat'iy nazar, ishni avvalo O'zbekistondek murakkab jamiyatlarda ziyolilarni, oldinga siljishni istagan insonlarni qo'llab-quvvatlashdan boshlashi kerak.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Makkeyn va Obama Markaziy Osiyo haqida nima biladi?
 
  Bosh mavzu
Energetik eksportda bir davlatga tayanish mintaqa uchun xatarli

  Boshqa xabarlar
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
G'azoda olganlar soni 900 ga yaqinlashmoqda
Muhojir ota-onalar: bolani o'qitish har yerda katta pul
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
BMT rezolyutsiyasiga na Isroil, na Xamas amal qilyapti
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor