Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi


11/07/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

fohishalik
Inson savdosi qurbonlarining aksariyati qiz-juvonlar
O’zbekistonda, hukumat berayotgan ma’lumotlarga ko’ra, o’tgan 3 yil ichida inson savdosi bilan bog’liq 700 dan ortiq
jinoiy ish qo’zg’atilgan.

Bugungi dunyoda har yili qariyb 800 ming kishi qullikka sotiladi. 

Muammoga qarshi keskinroq choralar ko’rishga undayotgan Xalqaro Migratsiya Tashkiloti nazarida Markaziy Osiyo - “inson bozori”. Bunga barham berish esa hukumatlar zimmasida.

Yiliga mintaqa davlatlaridan minglab qiz-juvonlar g’arbu-sharqqa yolg’on va’dalar ostida olib ketiladi.

BMT va Xalqaro Migratsiya Tashkilotining qayd etishicha inson savdosi hozir jahondagi eng yirik uyushgan jinoyatchilik tizimi. Uni kim boshqarayotganini bilish qiyin, ammo tizim bir necha qatlamdan iborat: chet elda ish bor deya odamlarni ishontirishga urinayotganlar, buni hujjatlashtirib beruvchi firmalar, rasmiy yoki jinoyatchilar, qiziqqan odamlardan yig’ilgan pulning huzurini ko’rayotganlar, dallollar va hokazo.

“Inson savdosi negizida korrupsiya, mas’uliyatsizlik va nochorlik yotadi”, - deydi Bermet Moldobayeva, Xalqaro Migratsiya Tashkilotining Bishkekdagi xodimasi. 

Texnologiya rivoji bilan, deydi mutaxassislar, odamlarni bir davlatdan ikkinchisiga soxta hujjatlar bilan olib o’tish va qalbaki ism-shariflar ostida noqonuniy ishlarga majburlash ham osonlashgan. 

fohishalik
Inson savdogarlari to'riga ilinayotganlarning ko'pi savodli odamlar - ishsizlik va imkoniyatsizlikdan qiynalib, nima qilib bol'sa-da xorijga chiqib olishga tayyor shaxslar
Imkoniyatlar cheklangan jamiyatda chet elga borib ishlashni kim ham xohlamaydi. Mamlakatdan chiqib olsam bir ilojini topaman deya yurganlar juda ko’p. 

"Inson savdogarlari uchun ularni bu jinoyat to’riga ilintirish juda oson",- deydi Bermet Moldobayeva. "Bu to’rga ilinayotganlar orasida savodli va oliy ma’lumotli insonlar ham bor. Qirg’izistonlik o’rta yoshli ayollarning Dubaydek tijorat markazlariga fohisha sifatida yuborilayotgani ma’lum".

Mutaxassis nazarida hukumat inson savdosiga qarshi qanday kurashayotgani haqida matbuotga va shu tariqa jamoatchilikka hisobot berib turishi, jinoyatchilarni tutishda va aholi manfaatini himoya qilishda axborot vositalari va matbuot yordamidan foydalanishi kerak. Avvalo xalqni bu jinoyat turidan boxabar qilish kerak. Muammoni tan olish kerak.

"Tergov va sud ishlari inson savdosi aybi asosida boshlanib, oxir-oqibat ayblanuvchilar moliyaviy jinoyat qilgan yoki yolg’on va’da bergan deb topilyapti. Qabih jinoyatlar nega yengil qilib ko’rsatilayapti? Adliya tizimi nega inson savdosiga ko’z yummoqda? Hamma narsa tizimning korrupsiyaga botib ketganida. Bo’lajak qullar – voyaga yetmagan qizlar chegarama-chegara olib o’tilar ekan, nega ularni olib ketayotgan jinoiy to’dalar tutilmayapti”?

Марк Лагон
Mark Lagon                                  AQSh Inson savdosiga qarshi idora rahbari
Xalqaro Migratsiya Tashkiloti Markaziy Osiyoning, O’zbekistondan tashqari, barcha davlatlarida klinika va markazlar yuritadi. Ular jabrdiydalarni aniqlab, tibbiy va ruhiy yordam ko’rsatadi. Maqsad odam trafigi qurbonlarini normal hayotga qaytarish. 2007 yilda Qirg’izistonda 127 kishi qullikdan ozod etilgan.

O’tgan yillar ichida Osiyoning ko’plab davlatlarida, jumladan Hindiston,

Malayziya va Tailandda o’zbekistonlik o’nlab xotin-qizlar fohishalikda ayblanib, qamoqqa olingan va ko’pi hali ham panjara ortida. Aksariyati xorijga qalbaki hujjat va ism-shariflar bilan chiqqan.

AQSh Inson savdosiga qarshi kurash idorasi rahbari Mark Lagon fikricha Qozog’iston va O’zbekiston tegishli qonunlar qabul qilgan va masalaga dolzarb muammo sifatida qaray boshlagan. “Ammo amalda unga nisbatan samarali kurash ketayapti deya olmaymiz”,- deydi Mark Lagon.

“Inson savdosi chuqur ildiz otgan Rossiya ham bu illatga xalqaro tashkilotlar muammosidek qarab keladi. Vaholanki hukumatlar unga qarshi kurashuvchi mustahkam tizimlar yaratishi va ular uchun mablag’ ajratishi kerak. Bu muammo avvalo mahalliy balo”,- deydi Mark Lagon.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda audio clip
 
  Bosh mavzu
Amerika inauguratsiya kayfiyatida, irqiy tenglikni tantana qilmoqda

  Boshqa xabarlar
Ziyolilari fikricha Obama aloqalarda katta o'zgarish qilmaydi
Martin Lyuter King - Amerika xalq qahramoni
Isroil va Xamas tinchlik tarafdori ekanini isbotlashi kerak
AQSh-O'zbekiston munosabatlarida Afg'oniston muhim omil
G'azo: Isroil va Xamas sulhga ko'ndi, ammo vaziyat qaltis
Barak Obama Avraam Linkoln izidan ketmoqda
Turkiya vaziri Bryusselda Yevropa tanqidlariga javob beradi
Obama uchun Kreml bilan til topishish oson kechmaydi
8 yillik prezidentlik ketidan Jorj Bush Texasga qaytmoqda
Madaniyatlar to'qnashuvi - oddiy nazariyami yoki haqiqat?
Amerikada o'tish davri - Jorj Bushdan Barak Obamaga
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
AQSh huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan
Obama Al-Qoida yanchiladi desa, guruh uni kofir demoqda
Barak Obama AQShning 44-prezidenti bo'lishga tayyor
Prezident inauguratsiyasi  Amerikada qanday o'tadi?