Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas


21/12/2007
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

US Capitol, Washington DC
AQSh Kongressi 2008 yilda chet davlatlarga 20 milliard  dollardan oshiq yordam puli ajratmoqda. Sobiq Sovet davlatlariga sarflash uchun Davlat departamenti ixtiyoriga jami 351.6 million dollar beriladi.
Tashqi yordam har qanday jamiyat uchun suyanchiq, lekin Qo’shma Shtatlar dollari har doim ham ezgu maqsadlarda va xalq farovonligi uchun ishlatilavermaydi.

AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati uch ustuvor maqsadni ko’zlaydi: xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo’shish hamda jamiyatlarni erkinlik va demokratiya yo’lida quvvatlash.

Huquq faollari va nohukumat tashkilotlar “AQSh bizga yordam bermayapti” deya shikoyat qiladi.

Mintaqa hukumatlari esa AQShning “demokratiyalashtirish” siyosatiga qat’iyan qarshi.

Markaziy Osiyoda inson huquqlari, erkinliklar va qonun ustuvorligi uchun kurashayotgan nohukumat tashkilotlar, xoh xalqaro, xoh mahalliy bo’lsin, Amerikadan pulni mintaqada harbiy maqsadlarda emas, fuqaro jamiyati yo’lida sarflashni so’rab keladi.

Kimni quvvatlash nozik masala, deydi siyosatshunos Olga Oliker, RAND tadqiqot korporatsiyasi ilmiy xodimi.

Prezident Jorj Bush tashqi siyosatni tushuntirmoqda. Oq Uy, Vashington, 20 dekabr, 2007
Prezident Jorj Bush tashqi siyosatni tushuntirmoqda     Oq Uy, Vashington                 20 dekabr, 2007
“Birini quvvatlasangiz, ikkinchi tomon buni dushmanona harakat deb biladi. AQSh muxolifatni quvvatlasa hukumatni ag’darishga urinayotganlikda ayblanadi, boshqa davlatlar ishiga aralashayotganlikda tanqid qilinadi”.

Olga Oliker tahlilicha AQSh moddiy yordam bilan insonparvarlik qilishni; doim ham ijobiy natijalarga olib bormasa-da, demokratik va iqtisodiy islohotlarni quvvatlashni hamda ta’sir kuchini mustahkamlashni istaydi.

Lekin moddiy yordamni olib, AQShga minnatdorchilik bildirmayotgan davlatlar juda ko’p. “Shu sabab”,- deydi bu borada izlanishlar olib borgan olima, “AQSh mablag’ni bugun nimani o’zgartiramiz deya konkret natijalar uchun sarflashi kerak”.

Tashqi yordamdan qanday foydalanish hukumat va xalqqa bog’liq deydi siyosatdonlar.

Mablag’ berayotgan davlat uning nimaga sarflanayotganini tekshirishi, hisob qilishi shart, lekin AQSh tanishtirgan loyihalarni fuqarolar davom ettira oladimi?

Olga Oliker

Olga Oliker                              Siyosiy tahlil bo'yicha RAND Korporatsiyasida Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha izlanadi 

"Hamma narsa shunga bog’liq. Yordamga yordam sifatida qarash kerak",- deydi Olga Oliker.

“Ayrim hukumatlarga yordam bersang ham yoqmaysan, bermasang ham.  Insonparvarlik dasturlari, demokratiya targ’ibotini ko’zlagan loyihalar ish bermasa, albatta vaqti kelib yopiladi. Sobiq Sovet davlatlarini yadroviy chiqindi va uskunalardan tozalash dasturi katta samara bergan. Dasturni AQSh moliyalagan”.

AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligining Markaziy Osiyodagi dasturlariga mas’ul Bob Vollin (Bob Wallin) esa asosiy diqqat oliy ta’lim, sog’liqni saqlash va aholi turmush darajasini ko’taruvchi dasturlarda deydi.

“Biz hech bir hukumatning cho’ntagiga pul solayotganimiz yo’q. Texnik yordam ko’rsatamiz, mutaxassislarning malakasini oshiramiz va maslahat beramiz. Maqsad davlat tizimi rivojlansin, jamiyat kuchaysin. Keyinchalik ular bizning yordamimizga muhtoj ham bo’lmaydi”.

Bob Wallin
Bob Vollin                                  AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligining Markaziy Osiyo bo'yicha loyihalarini boshqaradi
O’zbekistondagi ahvol bilan yaxshi tanish tahlilchilardan, Vashingtondagi Jorjtaun Universiteti professori, Shon Roberts (Sean Roberts) respublika iqtisodiy jihatdan qiynalmoqda deydi. Uningcha asosan iqtisodiy islohotlarni quvvatlash kerak.

"15 yil oldin hamma O’zbekiston mintaqada yetakchi bo’ladi der edi. Xalqaro tashkilotlar va bizneslar Toshkentda o’z idorasini ochgan edi. Bugun ularning hammasi Almatiga ko’chgan. O’zbekiston tabiiy resurslarga boy, lekin iqtisodiy siyosat pand berayapti",- deydi Roberts.

AQSh siyosati, bu tahlilchi nazarida, hech qachon aniq va ravshan bo'lmagan. 

"Amerika hukumati ko’zbo’yamachilikda ayblanadi chunki bu hukumatni siyosiy manfaatdor guruhlar tebratadi va Kongress jamoatchilik fikriga qarab ish yuritadi",- deydi olim. 

Sean Roberts
Shon Roberts                          Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha Vashingtondagi Jorjtaun Universitetida dars beradi
"Amerika hukumatidagi har bir organ tashqi siyosat bobida o’z qarashiga ega. O’zbekistonda odamlar nega Amerika rasmiylari faqat tanqid qiladi, bitta narsaga yopishib olgan, nega boshqacha yondashmaydi deb hayron bo’ladi. Lekin bilishmaydiki, Amerika hukumati har bir siyosati uchun o’z xalqi tomonidan siquvga olinadi, tanqid qilinadi".

Masalan, deydi Roberts, Andijondagi namoyishlarni bostirishda AQSh tomonidan malakasi oshirilgan qurolli kuchlar ishga solingan degan taxmin Vashingtonda katta bahslarga sabab bo’lgan. 

AQSh davlat xavfsizligi va manfaatlari bilan bog'liq hujjatlarda yer yuzidagi deyarli har bir davlatning biror strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etiladi.

Siyosiy tahlilchilar izohicha Markaziy Osiyo haqida Amerika ma’muriyatida ko’pchilik yaxshi bilmaydi.

AQSh rasmiylari mintaqa bilan hamkorlik qilishda yoki sarmoya kiritish bobida Rossiya va Xitoydek yaqin davlatlar bilan tenglashish qiyinligini tan oladi.

Vashington yordam berishga, o’zaro manfaatli sohalarda birga ishlashga tayyor, deydi ular, ammo pirovardida har bir xalq taraqqiyoti uchun uning o’z hukumati javobgar. Xuddi AQShning o’z tashvish va yumushlari bo’lganidek.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbek ziyolilari Afg'onistondagi saylovoldi vaziyatni sharhlaydi

  Boshqa xabarlar
Turkiya-Armaniston chegarasi ochilishi mumkin
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi  Audio Clip Available
Pokistonga noharbiy yordam berish masalasi muhokamada
Hamid Karzay ikkinchi muddatga saylanmoqchi
Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman
Obama soliq kodeksini isloh qilmoqchi
Mintaqaviy ziddiyatlar Almati sammitida namoyon bo'ldi
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Grippga qarshi kurashga millionlab ko'ngilli safarbar etilmoqda
Gripp pandemiyasi xavfi: vaksina topish ishlari avjida
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat  Audio Clip Available
Cho'chqa grippi pandemiyaga yetaklashi mumkin
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan
Kreml Markaziy Osiyodagi siyosiy nufuzini boy bermoqchi emas
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Cho'chqa grippi tarqalarkan, asosiy talab - ogohlik
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar  Audio Clip Available