Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Qon orqali yuqumli kasalliklar yuqtirish ehtimoli yuqori


18/06/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

Jahon Banki qon topshirish-olish tizimlari ishonchsiz ekani haqida ogohlantirmoqda
Jahon Banki Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekistonda qon topshirish-olish tizimlari ishonchsiz ekani haqida ogohlantirmoqda. Hukumatlar ahvol og'ir ekanini biladi deydi mutaxassislar.
Jahonda bugun qariyb 35 million kishi immunitet taqchilligi virusi bilan yashayotgan bo’lsa, ularning 10 foizga yaqini kasallikni qon orqali yuqtirgan.

Qashshoqlikka qarshi kurashni asosiy maqsad deb biluvchi Jahon Banki nazarida Markaziy Osiyoda bu boradagi vaziyat og’ir.

O’tgan yillar ichida, deydi mutaxassislar, Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekistonda yuqumli kasalliklarning aynan qon quyilishi oqibatida o’tishi aholi hayotiga bevosita tahdid solayotgan muammolardan biri.

Jahon Banki, sog'liqni saqlash vazirliklari va xalqaro mutaxassislar tomonidan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tekshiruv shundan darak beradiki, Markaziy Osiyoda qon olish va quyish tizimi juda eskirgan va har bir inson hayoti jiddiy xavf ostida.

Patricio Marquez
Patrisio Markez                     Jahon Banki bosh tibbiyotchilaridan biri. Markaziy Osiyoda donor qoni tarkibini tekshirish ishlariga rahbarlik qilgan.
Patrisio Markez (Patricio Marquez) Jahon Bankining bosh tibbiyotchilaridan biri. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan. 

Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonda 7500 kishidan olingan qon tarkibi sinchiklab tekshirilganda, deydi Markez, undan SPIDga yetaklovchi virus, gepatit B, gepatit C, sifilis, ya’ni zahmga olib boruvchi viruslar aniqlangan.

“2006-2007 yillarda Qozog’iston va Qirg’izistonda infeksiyalangan qon va ignalar ishlatilgani sabab yuzlab odamlar kasallangani, ularga xususan immunitet taqchilligi virusi yuqqani aniqlangan edi. Qozog’iston shundan keyin bu muammoga qarshi kuchli choralar ko’ra boshladi”,- deydi Merkez.

Qozog’iston va Qirg’izistonda o’nlab tibbiy xodimlar javobgarlikka tortildi va ba’zilarining ishi hamon sud e’tiborida. 

Jahon Banki tibbiyotshunoslarining aytishicha, O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston rahbariyatlari ham qon orqali xavfli viruslarni yuqtirish hollari ko’p ekanini yaxshi biladi. 

Muammo rasmiylar orasida, qolaversa yordam berishga urinayotgan xalqaro mutaxassislar bilan keng muhokama qilinmoqda, deydi Patrisio Markez.

“Qon infeksiyalanishi va shu tariqa odamlar kasallanayotgani Markaziy Osiyoda sog’liqni saqlash tizimi naqadar zaif ekanidan dalolat. Buni mintaqa hukumatlari anglab yetgan”.

Nafaqat kasalxona va boshqa turdagi tibbiy xizmat muassasalari, balki qon yig’iladigan va saqlanadigan laboratoriyalar va markazlar ham eski uskuna va texnologiyalar asosida ishlaydi. “Aksariyat qismi yaroqsiz ahvolda. Ularni yangilash uchun esa mablag’ va yordam kerak”,- deydi Jahon Banki mutaxassisi. 

“Birinchidan, hammaning hayoti xavf ostida. Kimdir to’satdan operatsiya qilinishi kerak bo’lsa yoki halokatga uchrab, ahvoli og’ir bo’lsa, unga qon kerak. Demak, odamlar shu, infeksiyalangan qonga tayanishga majbur”,- deydi Patrisio Merkez.

“Hukumatlar shu bois xalqaro jamoatchilik ko’magidan bu muammoga qarshi darhol chora ko’rishi lozim. Tibbiy xizmat sifatini oshirish, tozalik qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash kabi choralar shular jumlasidandir. Ikkinchidan, qon kerakligini xalq bilsin. Odamlar insonparvarlik maqsadida qon topshirishni o’rgansin”.

Markez deydiki, hozir odamlar pul uchun topshiradi, ya’ni qonini sotadi. Axborot vositalari va hukumat hamkorlikda jamiyatda sog’lom qon – sog’lom tan degan shior ostida kampaniyalar olib borishi lozim deydi mutaxassis.

“Qon laboratoriyalarini zamonaviylashtirish - davr talabi. Markaziy Osiyoda ular o’tgan 20 yildan beri e’tibordan chetda qolgan. Umuman qon olish-topshirish maskanlari, u yerda ishlatiladigan asboblar, qolaversa butun tibbiy xizmat ko’rsatish tizimi juda orqada qolib ketgan. Ularni yaxshilash uchun juda oz mablag’ ajratiladi. Bunda, bizningcha, tashqi dunyo ancha yordam bera oladi”,- deydi Merkez.

Qon quyilgani oqibatida biror xavfli kasallikni yuqtirgan odamlarga yordam ko’rsatish ham tegishli idora va rasmiylarning oliy vazifasidir deydi vaziyatni tekshirgan olimlar. 

Jahon Banki, AQSh Kasallikni Nazorat Qilish Markazi va boshqa xorijiy muassasalar hukumatga maslahat berishi va ko’maklashishi mumkin xolos. Infeksiya va falokat jon tanlamaydi. Demak, deydi tibbiyotchi olim Patrisio Markez, bu muammoga qarshi kurash barcha mas’ul idora va amaldorlarning o’z xalqi oldidagi burchi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
O'zbekiston - silning og'ir turi tez tarqalayotgan mamlakatlardan
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
AQSh: O'zbekistonda siyosat o'zgarishi kerak
 
  Bosh mavzu
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor