Yangi kelishuv imzolandi, lekin Ukraina hamon ta'minotdan mahrum
Rossiya
Yevropaga gaz oqimi mustaqil kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilinadi deb
chiqqach rasmiy Kiyev va Kreml orasidagi aloqalar yanada keskinlashgan edi.
Lekin Gazpromning ma’lum qilishicha, Ukraina bu boradagi bitimga qo’l qo’ygan.
Shu bilan Yevropaga ta’minot tiklanishi tez orada tiklanishi kutilmoqda.
Rossiya
Bosh vaziri Putin va Ukraina Bosh vazirasi Yulia Timoshenko o’rtasidagi
muzokaralarga Yevropa Ittifoqining yangi raisi Chexya Bosh vaziri Mirek Topolanek
vositachilik qilgan.
Yulia
Timoshenkoning qayd etishicha yangi imzolangan bitim doirasida Yevropa Ittifoqi
vakillari Rossiyaning eksport punktlari va Ukrainadagi barcha gaz markazlarini
kuzata oladi.
Rossiya
Ukrainani Yevropaga u orqali uzatiladigan gazni o’g’irlaganlikda ayblab,
eksportni to’xtatib qo’ygan. Natijada Sharqiy Yevropadagi ayrim davlatlar qahraton qishda issiqliksiz qolgan edi.
Lekin
Rossiya Ukrainani hamon gaz bilan ta’minlamayapti. Sabab, deydi Kreml
rasmiylari, Ukraina qarzlarini uzmagan. Rossiya hisobicha Kiyev undan 2 milliard
dollardan ortiq qarz.
Gazprom shuningdek Ukrainaga har ming kubometr gazni 450 dollardan sotmoqchi. Ukarina esa buning
yarim narxiga ko’ngan xolos.
Amerika nazarida Rossiya yonilg'i zaxiralarini ro'kach qilib, xalqaro nufuzini oshirmoqchi
Rossiya
Ukraina hududidan o’tgan quvurlar orqali Yevropaga gaz ta’minotini uzar ekan,
AQSh rasmiylarining ta’kidlashicha, Kreml energetik boyliklaridan siyosiy qurol
sifatida foydalanishda davom etmoqda.
Yevropa mamlakatlarining achchiq bir
haqiqatga ko’zi ochilgan bo’lsa ajabmas, deydi yetakchi diplomatlar, Rossiya resurslariga tayanib
bo’lmaydi. Energiya zaxiralarini G’arbga yetkazishning muqobil yo’llarini
rivojlantirish kerak.
“Rossiyani neft jo’mragini burab, ta’minotni tiklashga majburlab bo’lmaydi”, -
deydi AQSh Davlat kotibi muovini Deyvid Merkel.
“Qo’shma Shtatlar Yevropadagi
ittifoqchilarini necha yillardan buyon yangi quvurlar haqida o’ylash kerak,
tobe’lik yaxshilikka olib kelmaydi, deb ogohlantirib kelgan. Ayniqsa, resurslaridan
siyosiy qurol sifatida foydalanishga tayyor Rossiyaga tobe’lik”, - deydi
Merkel.
Bush
ma’muriyati Ukrainani ham ishonchli hamkor ekanini isbotlashga chaqirmoqda. Ehtimol,
deydi kuzatuvchilar, Ukraina Yevropaga mo’ljallangan tabiiy gazning bir qismini
o’g’irlayotgani haqidagi ayblovlarda jon bor. Yevropa Rossiyadan xarid qiluvchi
gazning 80 foizi shu mamlakat orqali o’tadi.
AQSh
Rossiyaga chegaradosh davlatlarni quvvatlashda davom etyapti. O’tgan hafta AQSh
Ukraina ketidan Gruziya bilan ham strategik hamkorlik to’g’risida bitim
imzoladi.
Hujjat, deydi rasmiylar, Gruziyaning NATOga a’zoligi tomon qo’yilgan
yana bir qadam va iqtisodiyot, siyosat hamda xavfsizlik sohalarini qamrab
oladi.
“Bitim
Rossiyaga qarshi qaratilmagan. Gruziyada AQSh harbiy bazalarini joylashtirish
haqida ham gap ketmayapti”, - deya qayd etadi rasmiylar.
Rossiya
Ukrainaga va buning oqibatida Yevropaga gaz ta’minoti uzilishini iqtisodiy
sabablar bilan izohlaydi. Ammo siyosatdonlar nazarida, bu aslida Ukrainaning
G’arbga moyil prezidenti Viktor Yushenkoga qarshi siyosiy kampaniyadir.
Rossiyaning NATOdagi elchisi Dmitriy Rogozin deydiki, “Yevropa gaz va neft muntazam kelib
turishini istasa, ittifoqchisi Yushenkoga ishonib o’tirishdan foyda yo’qligini
bilsin”.
“Bosh
vazir Vladimir Putin, shubhasiz, Yevropaning Rossiya energetik zaxiralariga
tobe’ligidan foydalanib, imperialistik va G’arbga qarshi siyosat yuritmoqda.
Kremlga munosib javob - muqobil energiya manbalarini qidirish hamda Rossiya
bosim o’tkazayotgan davlatlarni quvvatlashdan iborat”, - deya xulosa qiladi
“Washington Post” tahririy maqolasi.
Qo’shma
Shtatlar Yevropadagi yadroviy bomba va qanotli raketalar arsenalini joyida
qoldirishi va hatto zaxirani yangilashi lozim. Yevroatlantik sheriklik NATO
birligini ta’minlovchi omil, deyiladi AQSh Mudofaa vazirligi hisobotida.
Ma’lumotlarga
ko’ra, NATO a’zolari - Germaniya, Italiya, Turkiya va Britaniyada joylashgan
harbiy bazalarda AQShning 400 ga yaqin B-61 rusumidagi yadro bombalari
saqlanadi.
Yangi
prezident Barak Obama bora-bora barcha turdagi yadro qurollaridan voz kechish
tarafdori, ammo boshqa davlatlar ham bu talabga ko’nishi sharti bilan.