Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Tadqiqotchilar uchun AQShda izlanish imkoniyatlari


15/09/2008
Lavhani tinglang - Download (MP3) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (MP3) audio clip

[insert caption here]

AQSh oliygohlarida har yili minglab xorijlik olimlar malaka oshiradi. 

Masalan, "Fulbrayt" (Fulbright) ta’lim dasturi orqali kelgan olimlar bir yil davomida Amerika  ta’lim dargohida izlanadi va tajriba almashadi.

O’zbekistondan bu yilgi tanlov g’oliblari aniqlab bo’lingan, ular sekin-sekin Amerikaga yetib kelmoqda.

Olim deganda odamning ko'z oldida kim gavdanaladi? To'rt devorning ichida qulflanib, kitoblarga ko'milib o'tirgan kamgap qo'shni akademikmi? 

Bundaylar bor bo'lsa ham safi ancha siyraklashib qolgan. "Sababini bilamiz, hozir kim ham fan bilan shug'ullangisi kelardi? Yoshlarning hammasi o'zini daromadbop sohalarga urgan. Olimlar kamaymasdan kim kamaysin", - dersiz. 

E'tiroz o'rinli. Keling vaziyatga faqat O'zbekiston doirasida emas, kengroq, dunyo miqyosida qaraylik. Haqiqiy, zamonaviy olim dunyo kezadi, chet ellik hamkasblari bilan birga ishlaydi, yaxshigina maosh ham oladi.

Janubiy koreyaliklarni oling. G'arbiy Virjiniya Universitetidagi Regional Tadqiqotlar Institutida har yili kamida 2 nafar koreyalik olim malaka oshirib ketadi. 2003 yildan beri O'zbekistondan nechta olim kelgan deb so'rang. Bitta. Kamolxon Inomxo'jayev - O'zbekiston Iqtisodiyot vazirligi xodimi 2006-2007 yillarda shu institutda izlangan.

"Kamolxonning tadqiqot mavzusi – O'zbekistonda Soliq siyosatini takomillashtirish edi", - deydi institut rahbari Rendall Jekson (Randall Jackson).

"Tadqiqot natijalarini amalda tadbiq etgan-etmaganini bilmaymanu, lekin ilmiy izlanishlari ish berayotgan edi. Kechagina undan xat oldim. Institutda o'tgan bir yilni ko'p eslar ekan, yana Amerikaga kelish niyati bor".

Yaxshi niyat yarim mol. Shunaqa niyatli olimlar kam emasdir O'zbekistonda?

Fulbraytning olimlarga atalgan dasturidan (J. William Fulbright Scholarship Program) o'ta oladiganlari ham topiladi, bu aniq. Dasturning talab va shartlari quyidacha: kamdia 15 yillik tajriba, nomzodlik darajasiga egalik va ingliz tilini bilish. Izlanish sohalari adliya, ta'lim, jurnalistika, siyosat, biznes, moliya, sotsiologiya, ekologiya va san'at kabi mavzularni o'z ichiga oladi. 

O'zbekiston Fanlar Akademiyasiga ko'ra, mamlakatda tilshunoslik, fizika, matematika, lazer fizikasi, toksinlar kimyosi, huquq, tarix, genetika, xullas, istalgan sohada o'nlab akademik va olimlar bor.

"Odatda Fulbraytga hujjat topshirgan olim shu-shu universitetlardan ishlagim bor deb aytadi. Keyin Fulbrayt rasmiylari ana shu universitetlar rahbariyati bilan bo'glanib, chet ellik olimni qabul qilasizmi deb so'raydi. Kelishib olishsa, muammo yo'q. O'zbekistonlik olimlar kelsa, jon deb kutib olardik."

Moliyaviy jihatdan AQSh hukumati tomonidan quvvatlanuvchi Fulbrayt  olimlar dasturi rasmiysi  Erin Rasselning aytishicha bu yil O'zbekistondan tanlab olingan 3 nafar olim Amerikaga yetib kelgan va tez kunda ishga kirishadi. 2009-2010 yil uchun esa tanlov davom etmoqda. 

Hujjatlar 3 noyabrga qadar AQShning O'zbekistondagi elchixonasida qabul qilinadi. Nomzodlar o'z ilmiy taklif va loyihalarini ingliz tilida puxta yozma bayon shaklida topshirishi kerak. 

AQShning 1940-yillardagi senatori Vilyam Fulbrayt nomiga qo'yilgan bu dastur haqida elchixona veb sahifasida batafsil o'qishingiz mumkin. Elchixona manzili: www.usembassy.uz.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli

  Boshqa xabarlar
AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor