|
Jahon Banki Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekistonda qon topshirish-olish tizimlari ishonchsiz ekani haqida ogohlantirmoqda. Hukumatlar ahvol og'ir ekanini biladi deydi mutaxassislar.
|
Jahonda bugun qariyb 35 million kishi immunitet
taqchilligi virusi bilan yashayotgan bo’lsa, ularning 10 foizga yaqini
kasallikni qon orqali yuqtirgan. Qashshoqlikka qarshi kurashni asosiy maqsad
deb biluvchi Jahon Banki nazarida Markaziy Osiyoda bu boradagi vaziyat og’ir.
O’tgan yillar ichida, deydi mutaxassislar, Qozog’iston, Qirg’iziston va
O’zbekistonda yuqumli kasalliklarning aynan qon quyilishi oqibatida o’tishi
aholi hayotiga bevosita tahdid solayotgan muammolardan biri.
, sog'liqni saqlash vazirliklari va
xalqaro mutaxassislar tomonidan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tekshiruv
shundan darak beradiki, Markaziy Osiyoda qon olish va quyish tizimi juda
eskirgan va har bir inson hayoti jiddiy xavf ostida.
|
Patrisio Markez Jahon Banki
bosh tibbiyotchilaridan biri. Markaziy Osiyoda donor qoni
tarkibini tekshirish ishlariga rahbarlik qilgan. |
Patrisio Markez (Patricio Marquez) Jahon Bankining bosh tibbiyotchilaridan
biri. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan. Qozog’iston,
Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonda 7500 kishidan olingan qon tarkibi
sinchiklab tekshirilganda, deydi Markez, undan SPIDga yetaklovchi virus,
gepatit B, gepatit C, sifilis, ya’ni zahmga olib boruvchi viruslar
aniqlangan.
“2006-2007 yillarda Qozog’iston va Qirg’izistonda
infeksiyalangan qon va ignalar ishlatilgani sabab yuzlab odamlar kasallangani,
ularga xususan immunitet taqchilligi virusi yuqqani aniqlangan edi. Qozog’iston
shundan keyin bu muammoga qarshi kuchli choralar ko’ra boshladi”,- deydi Merkez.
Qozog’iston va Qirg’izistonda o’nlab tibbiy xodimlar
javobgarlikka tortildi va ba’zilarining ishi hamon sud e’tiborida.
Jahon Banki tibbiyotshunoslarining aytishicha,
O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston rahbariyatlari ham qon orqali xavfli
viruslarni yuqtirish hollari ko’p ekanini yaxshi biladi.
Muammo rasmiylar
orasida, qolaversa yordam berishga urinayotgan xalqaro mutaxassislar bilan keng
muhokama qilinmoqda, deydi Patrisio Markez.
“Qon infeksiyalanishi va shu tariqa odamlar kasallanayotgani
Markaziy Osiyoda sog’liqni saqlash tizimi naqadar zaif ekanidan dalolat. Buni
mintaqa hukumatlari anglab yetgan”.
Nafaqat kasalxona va boshqa turdagi tibbiy xizmat
muassasalari, balki qon yig’iladigan va saqlanadigan laboratoriyalar va
markazlar ham eski uskuna va texnologiyalar asosida ishlaydi. “Aksariyat qismi
yaroqsiz ahvolda. Ularni yangilash uchun esa mablag’ va yordam kerak”,- deydi
Jahon Banki mutaxassisi.
“Birinchidan, hammaning hayoti xavf ostida. Kimdir
to’satdan operatsiya qilinishi kerak bo’lsa yoki halokatga uchrab, ahvoli og’ir
bo’lsa, unga qon kerak. Demak, odamlar shu, infeksiyalangan qonga tayanishga
majbur”,- deydi Patrisio Merkez.
“Hukumatlar shu bois xalqaro jamoatchilik ko’magidan
bu muammoga qarshi darhol chora ko’rishi lozim. Tibbiy xizmat sifatini
oshirish, tozalik qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash kabi choralar shular
jumlasidandir. Ikkinchidan, qon kerakligini xalq bilsin. Odamlar insonparvarlik
maqsadida qon topshirishni o’rgansin”.
Markez deydiki, hozir odamlar pul uchun
topshiradi, ya’ni qonini sotadi. Axborot vositalari va hukumat hamkorlikda
jamiyatda sog’lom qon – sog’lom tan degan shior ostida kampaniyalar olib
borishi lozim deydi mutaxassis.
“Qon laboratoriyalarini zamonaviylashtirish - davr
talabi. Markaziy Osiyoda ular o’tgan 20 yildan beri e’tibordan chetda qolgan.
Umuman qon olish-topshirish maskanlari, u yerda ishlatiladigan asboblar,
qolaversa butun tibbiy xizmat ko’rsatish tizimi juda orqada qolib ketgan.
Ularni yaxshilash uchun juda oz mablag’ ajratiladi. Bunda, bizningcha, tashqi
dunyo ancha yordam bera oladi”,- deydi Merkez.
Qon quyilgani oqibatida biror xavfli kasallikni yuqtirgan
odamlarga yordam ko’rsatish ham tegishli idora va rasmiylarning oliy
vazifasidir deydi vaziyatni tekshirgan olimlar.
Jahon Banki, AQSh Kasallikni
Nazorat Qilish Markazi va boshqa xorijiy muassasalar hukumatga maslahat berishi
va ko’maklashishi mumkin xolos. Infeksiya va falokat jon tanlamaydi. Demak,
deydi tibbiyotchi olim Patrisio Markez, bu muammoga qarshi kurash barcha mas’ul
idora va amaldorlarning o’z xalqi oldidagi burchi.