VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda

21/11/2008

Health insurance costs are now rising faster than wages, and heath care costs are rising rapidly too. Individuals, government agencies are all finding these costs unaffordable
AQShda surunkali kasalliklarga duchor bo’lgan odamlar qator muolajalardan voz kechmoqda. Sabab oddiy – tibbiy xizmat juda qimmat.  

Kompyuter tomografiyasi Betti Korbut uchun suv va havodek zarur.  

Shifokorlarga ko’ra, busiz uning bachadon raki qanday davolanayotganini aniqlash qiyin.

Biroq Korbut xonim “topganim ro’zg’ordan ortmayapti” deydi. Tibbiy xarajatga pul yo’q.  

"Lekin sog’lig’imga qarash uchun haqqim bor-ku axir", - deydi u.

Aksariyat amerikaliklarning ahvoli shu.

Betti Korbut ish joyidan yordam oladi, ammo tibbiy xarajatlarining aksariyatini o’zi to’laydi.

"Avvalari bu muammo emas edi. Har doim to’lab kelganman", - deydi Betti.

Yaqinda dunyoning sakkiz rivojlangan mamlakatida 7500 bemorning ahvoli tekshirildi.  

Natijalarga ko’ra, amerikaliklar uchun sog’liqni saqlash eng oxirgi o’rindagi masala. Sabab moliyaviy vaziyatga borib taqaladi.  

Bemorlarning 40 foizga yaqini dori-darmon sotib olishga qurbi yetmasligini aytgan. Dorini ayab ishlataman deb muolojaa tartibini buzadi.  

30 foiziga yaqini esa umuman shifokorga bormaydi.

Yana 30 foizi esa maslahat qilingan muolaja yoki dorilarni olmaydi. Hamma narx-navodan shikoyat qilmoqda.  

Jin Mitchel Vashingtonda tanilgan siyosiy tahlilchilardan.  

"Tibbiy sug’urta sotib olgan odamlar ham muolajaa uchun xarajatni o’z hamyonidan to’lashgan majbur bo’lmoqda", - deydi u.

Sug’urtalar aksariyat hollarda dorilarni qoplasa-da, buning o’zi kifoya emas.

Masalan Jorjianna Ikman qand kasaliga chalingan. Insulin uning hayot manbaidir.

Biroq o’sha manbasiz ham yashashga majbur bo’lmoqda.

"Doriga to’lasam, uyga yetmaydi, uyga to’lasam doriga. Boshpana eng muhimi hozir", - deydi bemorlardan biri.  

Rivojlangan davlatlar orasida Amerika sog’liqni saqlash bo’yicha eng murakkab va qimmat tizimga ega mamlakat.  

Biroq boshqalardan ustun tomoni shuki AQShda bemorlar shifokor qabuliga kirish uchun o’zga davlatlardagilarga nisbatan kamroq vaqt sarflaydi.

Yana bir ustun jihati – muolaja sifati. Amerikaliklar aksariyat hollarda kasalxona va shifokorlardan rozi, muolaja haqini hisobga olmaganda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Energetik eksportda bir davlatga tayanish mintaqa uchun xatarli

  Boshqa xabarlar
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
G'azoda olganlar soni 900 ga yaqinlashmoqda
Muhojir ota-onalar: bolani o'qitish har yerda katta pul
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
BMT rezolyutsiyasiga na Isroil, na Xamas amal qilyapti
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor