VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Iqtisodchi olimlar Obamaga maslahat bermoqda

15/11/2008

Oq Uy
Oq Uy uchun kurash odatda shiddatli, mashaqqatli jarayon. Ammo yangi saylangan prezident g’alaba huzurini ko’raman deb orzu qilmasa ham bo’ladi. 

AQShning 44 prezidenti sifatida lavozimiga kirishayotgan Barak Obama, birinchi navbatda iqtisodiyotni oyoqqa turg’azaman deydi. 

Prezident Bush davrida qabul qilingan qator qarorlar ham bekor qilinishi mumkin.  

“Amerika Ovozi” Obamaga qanday masalahat bergan bo’lardindiz deya qator iqtisodchi va mutaxassislarga murojaat etdi.

Obama oldida murakkab vazifalar turibti. So’nggi yarim asr ichida AQShning hech bir prezidenti bunday og’ir vaziyatga duch kelmagan.

Obamaga zaif iqtisodiyot va soliq to’lovchilardan olingan 700 milliard dollarga teng qarz o’tmoqda. 

Bundan tashqari mamlakat tashqi qarzi ham 10 trillion dollardan oshgan.

[insert caption here]
Qo’shma Shtatlarning Iroq va Afg’oniston urushidagi harbiylariga oliy qo’mondonlik qilishdan tortib, AQShga nisbatan salbiy qarashda bo’lgan dunyo rahblari bilan yuzlashish kabi vazifalar ham yuklanmoqda.

“Amerikani hozirgi tanazzuldan olib chiqish oson va tez kechmaydi. Biroq biz kuchli va bardoshli xalqmiz, albatta muvaffaqiyat qozonamiz “, - deydi Obama.

Tahlilchi Brayan Darling nazarida endi Obama unga bog’langan umid va ishonchni oqlashi lozim.

“So’rovlardan bilamizki, konservativ siyosatni yoqlovchilar Amerikada ko’pchilikni tashkil etadi. Shu sabab Obama birdaniga ularga ma’qul kelmaydigan qarorlar bilan chiqa olmaydi. Jumladan qurol saqlashni ma’n qilish yoxud bir jinsli oilalar qurishga ruxsat berish kabi…”

Kennet Dubershteyn prezident Ronald Reygan davrida Oq Uyni boshqargan. Uning aytishicha, yangi prezidentning birinchi ishi respublikachilarni Kongressga yuborish bo’lgan. 

[insert caption here]
Raqib demokratlar bilan til topib, hamjihatlikda ishlash uchun.

“Sabab iqtisodiy muammolarni bir tomonlama yechib bo’lmaydi. Hamkorlik juda muhim omil”, - deydi Dubershteyn.

Biroq Obamaning Reygandan ustun tomoni shundaki, deydi tahlilchi Stiven Xess, hozirda Kongressni demokratlar, ya’ni partiyadoshlari boshqarmoqda.

“Bu esa unga har bir qarorni ortiqcha to’siqsiz, Kongressda ko’pchilik ovoz bilan o’tkazishga yordam beradi”, -  deydi Xess.

Eslatib o’tamiz Barak Obama 20-yanvar kuni Kapitoliy binosi oldida qasamyod keltirib, rasman vazifasiga kirishadi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Energetik eksportda bir davlatga tayanish mintaqa uchun xatarli

  Boshqa xabarlar
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
G'azoda olganlar soni 900 ga yaqinlashmoqda
Muhojir ota-onalar: bolani o'qitish har yerda katta pul
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
BMT rezolyutsiyasiga na Isroil, na Xamas amal qilyapti
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor