Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Barak Obamadan butun dunyo umidi katta

06/11/2008

[insert caption here]
Barak Obama AQShning 44-prezidenti etib saylanar ekan, Oq Uyga ilk bora qora tanli yosh arbob munosib topilgani tarixiy o’zgarish.

Turli davlatlar rahbarlari AQShga tabrik yo’llab, Obama bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Barak Obama hozircha g’alaba nashidasini surmoqda, ammo yaqin kunlarda yengni shimarib, belni mahkam bog’lashga to’g’ri keladi. Chunki unga Bush ma’muriyatidan boshqa ko’plab muammolar qatori ikki urush va moliyaviy tanglik meros bo’lib qolmoqda.

Rossiya rahbari Dmitriy Medvedev “Gruziya bilan urush va global moliyaviy inqirozga Amerika sababchi” deya ta’kidlab keladi. Biroq, deydi u, Rossiya yangi prezident Barak Obama bilan konstruktiv muloqotga tayyor.

Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barrozo fikricha esa iqtisodiy tanazzulni AQSh yordamisiz hal qilish mushkul. “Obamaning ko’magiga umidvormiz”,  - deydi Barrozo.

Turkiya Bosh vaziri Rajap Toyib Erdog’an qora tanli arbobni qutlasa-da, shubha-gumonlarini yashirmadi. Saylov kampaniyasi davomida yangragan ayrim bayonotlar Turkiyaning asabiga tekkan. Xususan, kampaniya chog’ida Obama “prezident bo’lsam, armanlar qatliomini tan olaman” deb va’da berdi.

XX asr boshida usmoniy turklar davrida, turli hisoblarga ko’ra, o’n minglab arman qirilgan. Turkiya nazarida bu yalpi qatliom emas, balki usmoniylar imperiyasining yemirilishi bilan bog’liq.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay “Obama davrida Amerika afg’onlarga yordam beradi, mamlakatda tinchlik qaror topadi,” - degan umidda.

“Qo’shma Shtatlar va jahon tarixida yangi sahifa ochilmoqda; irqchilik barham topib, xalqlar birlashadigan davr keldi,” - deydi Hamid Karzay.

Saylov kampaniyasi davomida Afg’oniston va Pokiston dolzarb mavzu bo’lgani sir emas. Obama fikricha Pokiston-Hindiston mojarosi, xususan Kashmir taqdiri hal etilishi kerak. Pokiston, deydi Obama, al-Qoida va Tolibonga qarshi qattiqroq choralar ko’rishi lozim.

Pokiston sobiq tashqi ishlar vaziri Humoyun Xon nazarida Obama Janubiy Osiyodagi vaziyatni yaxshi tushunadi.  Pokiston rahbariyati va xalqi Obama taklif qilgan yo’ldan borishi mumkin, deydi u.

Iordaniyalik siyosatshunos Uraib Rantavi fikricha, Obamaning g’alabasi ayrim arab davlatlari, xususan Falastin, Suriya va Livanda yaxshi qabul qilingan.

Biroq, deydi u, Bush oilasi bilan do’st tutingan, respublikachilar siyosatidan manfaatdor Saudiya Arabistoni uchun bu noxush xabar. Sabab – demokratlar hukmron AQSh inson huquqlari va so’z erkinligi bobida Misr va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarni zir titratishi mumkin.

Misrda taqiqlangan Musulmon Birodarlar  tashkiloti ham Obama g’alabasiga umid bilan qaramoqda. Guruh yetakchisi Isam al-Aryan, “bu nafaqat Amerika xalqi, balki erkinlik va demokratiya istagan dunyo xalqlari g’alabasidir” degan.

20 yanvarda rasman prezidentlikka kirishadigan Barak Obama dunyoda vaziyat og’ir ekanini tan oladi va o’tkir siyosatchilardan iborat vazirlar mahkamasi tuzish niyatida. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Oq Uy uchun kurash murakkab, ammo demokratik jarayon
Amerika prezidentlikka Barak Obamani tanladi
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
47 yoshli, qora tanli Barak Obama Amerika ishonchini qozondi
 
  Bosh mavzu
Energetik eksportda bir davlatga tayanish mintaqa uchun xatarli

  Boshqa xabarlar
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
G'azoda olganlar soni 900 ga yaqinlashmoqda
Muhojir ota-onalar: bolani o'qitish har yerda katta pul
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
BMT rezolyutsiyasiga na Isroil, na Xamas amal qilyapti
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor