Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Oq Uy uchun kurash murakkab, ammo demokratik jarayon


03/11/2008
Lavhani tinglang - Download (MP3) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (MP3) audio clip

Saylov jamiyat negizida o'tadi

[insert caption here]
Amerika yangi prezident tanlamoqda. Saylov bu mamlakatda odatda noyabr oyining ikkinchi seshanbasida o'tkaziladi. Ammo fuqarolar istasa, erta ovoz berishi mumkin.

300 milliondan ziyod aholiga ega AQShning deyarli yarmi ovoz berish huquqiga ega. Ularning qariyb 70 foizi saylovoldi ro'yxatidan o'tadi. Saylov kuni esa, o'tgan yillardagi ma'lumotlarga ko'ra, fuqarolarning 50-60 fozi ovoz beradi.

2004 yilgi prezident saylovchilarning 56 foizi ovoz bergan. 2008 yilgi tanlovda omma misli ko'rilmagan sonda saylov uchastkalariga boradi deya taxmin qilinmoqda. 150 milliondan oshiq amerikalik ovoz berish niyatida ekanini bildirgan. 

[insert caption here]
Saylov tizimi bir qarashda juda murakkab, ammo fuqaro uchun eng muhimi o’z burchini o’tash. Hukumat esa jarayon oshkora va adolatli o’tishini ta’minlashi shart.

Dunyo saylov tizimlari bo’yicha tashkilot (IFES) vakili va xalqaro kuzatuvchi Antoni Boyer (Anthony Bowyer) fikricha Amerikada saylovlar juda qimmat, ko’p-bosqichli, uzoq, lekin ancha mukammal jarayon. Saylov juda mahalliy va jamiyat negiziga borib taqaladigan masala, deydi u.

“Jahondagi hech bir saylov tizimini a’lo deya baholay olmaymiz. Hammasining o’ziga yarasha kamchilik va zaif jihatlari bor. 2000 yildagi saylov natijasini bir necha ovoz hal etgani va uni aniqlash uchun ancha kutishga to’g’ri kelgani AQSh xalqi uchun katta saboq bo’lgan va bu davlat demokratiyasini sinovdan o’tkazgan. Nomzodlar murosa qilolmagach, masala Oliy Sudga oshirildi. Shu tariqa g’olib kim ekani aniqlandi. Hukm hammani xursand qilmadi, ammo qonun ustuvor ekaniga guvoh bo’ldik. Konstitutsiyaga binoan ish tutildi”,- deydi Boyer.

Uzoq va qimmat protsess 

[insert caption here]
AQShda prezidentlik uchun poyga 2006 yil oxiri, 2007 yilning ilk oylaridaboshlandi. Saylov kunidan deyarli ikki yil oldin. Bu ajablanarli hol emas, chunki nomzodlar tanlanguncha oylab vaqt o’tadi. Da’vogarlar partiya ichidan va oddiy xalq orasidan sodiq tarafdorlar to’plashi kerak.

Moliya eng asosiy omillardan biri; pulsiz biror idoraga saylana olmaysiz, deydi Antoni Boyer.

Amerikada Oq Uy yoki Kongressga saylanishni ko’ngliga tukkan odam 5000 dollar yig’ishi bilanoq Federal Saylov Komissiyasiga zarur hujjat va formalarni yo’llab, kampaniya tashkil etayotgani haqida ma’lumot berishi shart. Nomzod komissiyaga ommadan olingan har bir dollar haqida hisobot berib turadi.

Tarafdor nomzodga 1200 dollardan ziyod pul hadya eta olmaydi. Bu qonunan man etilgan.

Nomzod boy bo’lsa, yomon emas, ammo katta siyosiy kampaniya yuzlab million dollar talab qiladi. 2008 yilgi prezidentlik kampaniyasida, masalan, nomzodlar aholidan jami 1 milliard dollardan ziyod pul yiqqan. Shuning deyarli 700 million dollari Barak Obama uchun berilgan.

“O’zingizga ma’qul nomzod saylansin desangiz, unga moliyaviy yordam berasiz",- deydi Boyer. "Jamoatchilikdan tushgan pul asosan kampaniya xodimlari, saylovoldi uchrashuvlarini tashkillashtirish, transport va siyosiy reklamalar uchun sarflanadi. Nomzod mablag’ni davlatdan olsa, xalqdan pul so’rashi cheklangan. Shu bois nomzodlar moliyani o’zim topaman deydi ”.

[insert caption here]
Saylov yili saralash musobaqalari bilan boshlanadi. Shtatma-shtat partiyaviy saylovlar o’tadi. O’nlab da’vogarlar elakdan o’tkaziladi. Har bir shtat o’ziga xos tanlov usuliga ega. Partiyaviy kengash va ovoz berish eng keng tarqalgan metodlardan.

Yozga borib, deydi Antoni Boyer, partiyalar bir nomzod ustida kelishadi va qurultoyga yig’ilib, ularni rasman kandidat deb tan oladi.

“Bu yil demokratlar orasidagi poyga juda kech tugadi va Xillari Klinton Barak Obamaga boy berganini tan olmaganida, balki qurultoy katta tortishuv maydoniga aylangan bo’lardi. Qurultoyda, siyosiy odat shuki, har bir shtat o’zi tanlagan nomzodni aytadi”,- deydi Antoni Boyer.

AQShda siyosiy partiyalar ko’p, ammo asosan ikki partiya hukmron. Nega?

[insert caption here]
“Amerikaliklarning aksariyati shu ikki partiyaga ergashadi, chunki ular mafkura va siyosatda tanganing ikki tomoni",- deydi saylov tizimlari bo'yicha mutaxassis Antoni Boyer.

"Bu ikki partiya bugungi jamiyat ko’zgusi desak xato qilmaymiz. Qolgan partiyalar siyosiy targ’ibot, aholi bilan bog’lanish va moliyaviy imkoniyatlar bobida demokrat va respublikachilarga yetolmaydi”.

Qonunga ishonch baland; matbuot - kuzatuvchi, oshkoralik - asosiy talab

Yuzma-yuz debatlar saylovchini nomzod bilan yaqindan tanishtiradi. Bahslarda kandidatlar odamlar esida qoladigan bayonotlar qiladi. Har bir saylovchi bebaho, har bir ovoz g’animat, deydi Antoni Boyer. Saylovda matbuotning roli beqiyos.

“Amerikaliklar qonunga ishonadigan xalq. Demak, bergan ovozingiz hisobga olinishini ham bilasiz. Axborot vositalari saylov kampaniyasini ipidan ignasigacha yoritadi. Nomzod har bir so’zi va qadami yuzasidan savolga tutiladi”.

[insert caption here]
Saylovning qanday kechishi xalq bu jarayon haqida qanchalik bilishiga bog’liq. Saylov komissiyasi har bir fuqaroni zarur ma’lumot bilan ta’minlashi, ularni ovoz berishga undashi, ayniqsa yoshlar bilan yaqindan ishlashi kerak. Toki ovoz berish yoshiga yetguncha fuqaro bu uning uzviy huquqi va burchi ekanini bilsin.Protsessni tushunmaslik AQShda ham muammo, deydi Antoni Boyer.

Prezident bevosita emas, bilvosita saylanadi

The US Electoral Map as of 24 Oct 2008
Amerikada prezident uchun to’g’ridan-to’g’ri emas, Saylovchilar Kollegiyasi orqali ovoz beriladi. Bu 538 a'zolik kengash rahbar kim bo'lishini, odamlarning ovoziga qarab oydinlashtirib beradi. Har bir shtat Kongressda qancha vakilga ega bo’lsa, Saylovchilar Kollegiyasida ham shuncha ovozga ega.

Qo'shma Shtatlarning yarmi kompyuterda ovoz bersa, qolgan joylarda hamon byulletenlar ishlatiladi.

Elektronik tarzda ovoz berilsa, kompyuterda kimdir ularni o’g’irlashi yoki o’zgartirib qo’yishi mumkin deya xavotirlanadiganlar ko’p.

Ammo, deydi Antoni Boyer, odamlar zamonaviy texnologiyaga ancha o’rganib ketgan. “Elektronik ovoz berish juda oson. Bu odamlarga yoqadi. Jarayon oshkora o’tkazilsa bas”,- deydi u.

Saylovlarga ishonmaydigan, ularni sahnalashtirilgan siyosiy tomosha deb biladigan odamlar, qolaversa, rahbarlarni demokratik saylashga qiynalib kelayotgan xalqlar Amerika saylov sistemasidan nimani o’rganishi mumkin?

“Amerikaliklar “biz rahbarlarni qanday saylashni yaxshiroq bilamiz” deya maqtanmagan, bunday qilmaydi ham. Saylovlarni qanday o’tkazishga har bir jamiyat o’zi o’rganishi kerak. Muhimi, u qonunan, adolatli va oshkora o’tsin. Fuqarolar faol qatnashsin. Saylovda xalq o’z kelajagi uchun ovoz beradi. Odamlarga shuni uqtirish kerak”,- deydi xalqaro kuzatuvchi Antoni Boyer.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Makkeyn yoki Obama? Markaziy Osiyo bilan aloqalar kelajagi
Makkeyn yo Obama? O'zbekiston uchun kim ma'qul? audio clip
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi audio clip
 
  Bosh mavzu
Energetik eksportda bir davlatga tayanish mintaqa uchun xatarli

  Boshqa xabarlar
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
BMT G'azoda urushni bas qilishni talab qilmoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Rossiya qarorlari G'arbda keskin tanqid ostida
Jorj Bush Oq Uyda so'nggi bor matbuot anjumani qildi
G'azoda olganlar soni 900 ga yaqinlashmoqda
Muhojir ota-onalar: bolani o'qitish har yerda katta pul
Isroil G'azoda kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
Yevropa -O'zbekiston:  Afg'oniston va energetika bosh mavzu
BMT rezolyutsiyasiga na Isroil, na Xamas amal qilyapti
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
G'azoda parokandalik, Misrda esa sulh muhokamada
Obama iqtisodiy tanazzulga qarshi choralar taklif qilmoqda
Afg'onistonda bu yil yanada og'ir kechishi mumkin
O'zbekiston: Isroil-Xamas mojarosi muzokara orqali hal qilinsin
Aloqalar sovuqlashgan paytda Medvedev Toshkentga otlanmoqda
G'azodagi urush O'zbekistonda ham xavotir uyg'otmoqda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor